Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga EGA bo'lib, ularga quyidagilar kiradi



Yüklə 155,64 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü155,64 Kb.
#117264

Zamonaviy ta'lim axborot jamiyati ehtiyojlariga javob bermaydi. Maktablarda asosiy kompetentsiyalar shakllanmaydi, ular o'quvchilarni o'rganishga va kashfiyotlar qilishga o'rgatmaydi. Tizim hamon ularni izlashga o‘rgatishdan ko‘ra, bilimlarni “o‘tkazish”ga qaratilgan. Bu esa ta’limni isloh qilish, yangi tizimga o‘tish, pedagogik innovatsiyalarni faol joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Pedagogik innovatsiyalar - bu maqsadlarga samarali erishishga yordam beradigan ta’lim sohasidagi yangiliklarni ishlab chiqish, joriy etish, sinovdan o‘tkazish va baholash jarayoni.
Ular orasida: ta'lim jarayoni vaqt o'tishi bilan o'zgaradi, mehnat bozori bo'lajak xodimlarga yangi talablarni qo'yadi va o'qitish o'zgartiriladi, yangi maqsadlarga moslashtiriladi, bunga erishish uchun yangi pedagogik usullar, uslublar va usullar zarur.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg’un unsurlami kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to’liq foydalaniladi.
Interfaol metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:
Talabaning dars davomida befarqi bo'lmasligiga, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etish;
Talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlash;
Talaba talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi;
Pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishi.
Tadqiqotchilar (AL. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kruglikov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g’oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangilarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashidir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konseptsiyasini farqlaydilar. Bu konseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g’oya tuqilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llaybilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi.
Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.
Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o'ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:
faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl -metodlar - metodika komponentlari yig’indisi;
sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathjari;
sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;
mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi;
bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo'lishi - ildam o'sish - etuklik - o'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to'yinish) - qoloqlik - inqiroz — irradiasiya(aldanish) — zamonaviylashtirish;
boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro aloqasi: rejalantirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;
tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ega bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;
qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;
pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni.
Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to’g’risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo'linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va himmatini keng yoyadi.
Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipgatushirish va amaliy harakatga o'tish tendensiyasiga ega bo'ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklaming amalga oshish yo'liga to'siq bo'lishga majbur bo'ladi.
Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqilaydilar:
Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi.
Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
shaxsiy faoliyat jihatidan (ta 'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
ko'psub’ektli (dialogik) yondashuv, ya'ni kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
individual - ijodiy (o’qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatlari asosida) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub’ekti o’qituvchi va uning shaxsiy imkoniyati hisoblanadi. Bunda o’qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi.
S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jarayonning sub’ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilarni kiritadi: o’qitishning hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o’quv - taibiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko'rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning vangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o'z-o'zini tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiyinichiliklarni a'lo darajada enga bilish, o'sish va mustahkam o'rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o'zining sotsial roli funksiyasini bajarishida faol munosabatda bo'lish va hokazo.
Innovation pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan bilan talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo'nalish talabalarning o’quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo'nalishi gumanistik aktsiologiya ekan, degan xulosaga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamul-jamini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin o’qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akte) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma'nolarni bildiradi.
B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan ota olish masalalari bilan shug’ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassis-ning uzoh ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta'limning sifatini, sub’ektiv omillarga esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi ma'suliyatini, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:
iste 'dod nishonalari;
uquvlilik;
qobiliyat;
iste'dod;
oila tarbiyasi sharoiti;
o’quv yurti;
o'z hatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
ijodiy individuallik;
o'zining o'sish va takomillashish jarayoni;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
O’qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
intellektual - ijodiy tashabbus;
bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
axborotlarga tashnalik, muammolardagi g’ayri odatiylikka va yangilikka bo'lgan his-tuyg’u, professionalizm, bilishga bo'lgan chanqoqlik (N. V. Vishnekova).
V.A.Slastenin ijodiy individualizmni ro'yobga chiqarishning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilaydi:
ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish;
pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish;
samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi texnologiyalarni topish;
shaxsning o'z taqdirini o'zi belgilash va o'zini o'zi namoyon qila olishi asosida o'z rivojlanishini ta 'minlash.
Shu tariqa o’qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs rivoj-lanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o'z-o'zini anglash quyidagilarni qamrab oladi: o'zini boshqalarga qiyos qilish asosida o'z shaxsining betakror ekanligini anglay olishi; o'zi to’g’risidagi kreativ ko'rinishlar va tasavvurlari to'plami; individual kreativ o'ziga xosliklaming bir butunligi va uyg’unligi , ichki birligi; shaxsning o'z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o'zini namoyon qila olishi va o'zining muayyan ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o'zini baxshida qila olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o'zining o'rnini anglay olishi (V.A.Slastenin).
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o’qituvchining kasbiy mahorati cho'qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsifiaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:
fikrning ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi;
o'ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon — natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa sub’ekt — shartlilik tavsifidan foydalanadi.
Ijod mezonlari, uning psixologik mexanizmlari, ijodiy tafakkurning rivojlanish texnikasi V.A.Kan-Kalik, Ya.A.Ponomarev, S.Yu.Stepanov, T.V.Frolov va boshqalarning ishlarida tadqiq etilgan.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko'rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o'z faoliyati tarkibi va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo'lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo'lib qoladi.
rag’batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
N.M. Gnatko kreativlik mexanizmlarini quyidagi bo'limlarga bo'lib o'rganishni taklif etadi:
potensial kreativlik;
faoliyatdagi kreativlik.
Potentsial kreativlik N.M Gnatkoning fikricha, muayyan tashqi sharoitlarda faol kreativlikka aylanishga nazariy tayyor shaklda namoyon bo'ladigan individiumning potentsial joylashishini anglatuvchi kreativ faoliyatdir. Potentsial kreativlik ijodning zaruriy sub’ektiv shartidir.
Faoliyatdagi kreativlik - faoliyatning biror turida ijodiy faollik ko'rsatuvchining bevosita tayyorgarligini ta'minlaydigan faoliyatning u yoki bu turi tavsifli potentsial kreativ individiumning individual tavsiflari aloqalarini yuzaga keltiradi. Faol kreativlik ijodning eng muhim sub/ektiv shartidir (N.M.Gnatko).
Tadqiqotlar ko'rsatadiki, potensial kreativlik, amalga oshirish mumkin bo'lgan kreativlikdir. Uni faoliyatdagi kreativlikka o'tkazish muayyan faoliyat turini tashuvchi (sub’ekt) tomonidan uning o'zlashtirilishida tub o'zgartirishlar qilish orqali amalga oshadi.
V.A. Slastenin, N.M.Gnatkoning potensial kreativlikni muntazam faoliyatdagi kreativlikka tahlid qilish asosida o'zgartirib borish haqidagi qarashlariga qo'shilgan holda uni to'ldirib, kreativlik tahlid qilish, nusxa olish yo'li bilan rivojlanadi hamda tahlid qilish asosidagi ijod, haqiqiy ijodga olib keladi, deb hisoblaydilar.
O’qituvchi faoliyatidagi kreativlikning bir necha bosqichlarini belgilash mumkin: birinchi bosqichda tayyor metodik tavsiyanomalar tuzukkina ko'chiriladi; ikkinchi bosqichda mavjud tizimga ayrim moslamalar (modifikatsiyalar), metodik usullar kiritiladi; uchinchi bosqichda g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari, shakli to'la ishlab chiqiladi; to'rtinchi bosqichda esa o’qitish va tarbiyalashning o'z betakror konseptsiyasi va metodikasi yaratiladi.
O’qituvchining innovatsiya faoliyati tuzilmasidagi eng muhim komponent bu reflektsiyadir.
Refleksiya o’qituvchining o'z ongi va faoliyatini belgilash va tahlil qila olish deb qaraladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda reflektiv jarayonlarni izohlashning ikki an'anasi mavjudligi aytiladi:
ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili;
shaxslararo muloqot ma'nosini tushunish reflektsiyasi. 
Bu bilan bog’liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqilaydilar:
o'z-o'zini va boshqalarni tushunish;
o'z-o'ziga va boshqalarga baho berish;
o'z-o'zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) subektning o'z (ichki) psixik tuyg’u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o'z ongidagi o'zgarishlarni fikrlash jarayoni, deb yoziladi.
Psixologik lug’atda shunday izoh beriladi: «Refleksiya - faqat sub'ektning o'z-o'zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg’usi va bilish tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
V.A.Lefevr ta'kidlagan ediki, inson o'zining hatti-harakatlariga, fikrlariga nisbatan kuzatuvchi, tadqiq qiluvchi bo'lib qolmasligi, balki boshqa personajlar, ularning hatti-harakatlarini o'rganuvchi mavqeini egallashi ham kerak.
M.V.Klarin ijodiy tafakkur xususiyatlarini refleksiya bilan boqlaydi. Bunday o'zaro aloqalarda refleksiya o'zida xulosa chiqarish, umumlashtirish, analogiya, qiyoslash va baholash hamda muammolarni eslash, enga olish va hal qilishlarni birlashtiradi.
V.A.Petrovskiy refleksiya faoliyati tahlilida uning ikki turini farqlaydi:
retrospektiv;
prospektiv.
V.A.Petrovskiyning aniqlashicha, retrospektiv refleksiya bu «sodir etilgan faoliyat tarixining retrospektiv tiklanish shaklidagi refleksiyasidir».
Prospektiv refleksiya - bu faoliyatning amalga oshishiga bo'lgan talabning hukm surish dinamikasi.
S.Yu. Stepanov, I.N. Semenov ishlarida intellektual va shaxsiy refleksiyalar farqlanadi. V.V.Davidov o'z tadqiqotlarida formal va mazmun refleksiyasini asoslab berdi. I.S.Ladenko analitik va sintetik refleksiyani farqlaydi.
Demak, o’qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me'yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.
2. Innovatsion pedagogika.
Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti yangi yo'nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar g’arbiy evropa va AQSHda 60-yillarda paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N V.Kuzmina, V.A. Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg’or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan, X.Bamet, Dj. Basset, D. Gamilton, N.Gross, R. Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Keng ma'noda qaraganda ta'lim tizimidagi har qanday o'zgarish - bu pedagogik innovatsiyadir. Pedagogik innovatika pedagogik yangiliklarni baholash, uni pedagogik jamoa tomonidan o'zlashtirilishiga erishish, nig’oyat pedagogik yangiliklarni amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot sifatida qaraladi.

Pedagogik neologiya - yangilik haqidagi ta'limot bo'lib, bunda pedagogika sohasidagi har qanday yangiliklar o'rganiladi va umumlashtiriladi.
Pedagogik aksiologiya - isbot talab qilmaydigan ta'limot manosini ifodalab, bunda pedagogik yangiliklar ichidan eng samaralilari tanlab olinadi.
Pedagogik praksologiya - amaliyotda qo’llash haqidagi ta'limot bo'lib, bunda tanlab olingan pedagogik yangiliklar amaliyotda qo’llaniladi.
Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Oliy maktab o’qituvchisining innovatsion faoliyati, oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biridir.
Shu jihatdan ushbu mavzyda oliy maktab o’qituvchisi innovatsion faoliyatining shakllanish konsepsiyasi, innovatsiyaning ijtimoiy-madaniy va hayot-faoliyati aspektlari haqida bahs yuritiladi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o’qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.
O’qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Unga o’qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg’araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o’qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O’qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o’qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O’qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o’qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg’ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o’qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O’qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o’qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish).
Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o’qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o’quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi.
bunday sharoitda o’qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o’qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o’qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o’qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o’qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o’qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;
yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
O’qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o’qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;
kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;
kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy
bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
o’qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o’qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin):
innovatsion foliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik;
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta 'siri;
kasbiy reflektsiyaga bo'lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar
xususiyatlari, o’qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri o’qituvchi shaxsidir.
O’qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng hamrovli qiziqish va mashhullikni, sevuvchi ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.
O’qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
yangicha harakat qila olishga o'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o’quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
3. Didaktik o'yinlarni tashkil etish tamoyillari.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda talabalarning bilim olish jarayoni o'yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli talabalarning ta'lim olish faoliyati o'yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o'yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
o'yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo'lgan qiziqishi ortadi;
o'yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
shaxsning o'z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o'zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
hayotda va o'yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni engish va mo'ljalni to’g’ri olish ko'nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
o'yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o'rganishga e'tibor qaratiladi;
o'yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko'zda tutiladi.
Didaktik o'yinli mashg’ulotlarni talabalarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferentsiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O’qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki talabalar didaktik o'yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.
Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda o'z o'rnini barqaror qilish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning ftindamental ehtiyojlariga tayanadi.
O'yin ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirish va qayta yaratishga yo'nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o'z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta'rificha, o'yin shaxsga xos bo'lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulq shaklidir.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
A.N. Leontev o'yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo'lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta'kidlaydilarki, o'yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog’liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o'yin o'ziga xos bo'ladi.
O'yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag’ishlangan bo'ladi.
Ular quyidagilar.
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv.
Pedagogik o'yinlar
1. O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga — «ijod maydoni»ga ega bo'ladi.
O'yin uchun hissiy ko'tarinkilik xosdir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
O'yinning o'yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko'zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo'lishini ko'rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o'yinga faoliyat, jarayon va o’qitish metodi sifatida qaraydilar.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o'yin narsalari o'rnida qo’llash;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
(o'yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O'yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo'limini o'zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O'yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O'yinlar turli maqsadlaiga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo’llaniladi.
O'yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko'nikmalarni qo’llash, umumta'lim malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo'ladi.
O'yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o'yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, o'xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi.
Ijtimoiylashuv o'yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko'nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o'z-o'zini boshqarish, muloqotga o'rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o'yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o'yinlar «o'yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. Pedagogik o'yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo'yiladi. Pedagogik o'yinlar asosida talabalarni o’quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o'yinlar tasnifi va uni amalga pshirishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o'yinlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda bo'ladi:
didaktik maqsad o'yinli vazifa shaklida qo'yiladi;
o’quv faoliyati o'yin qoidalariga bo'ysunadi;
o’quv materialidan o'yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o’quv jarayoniga didaktik vazifa o'yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o'yin natijalari bilan boglanadi.
4.Didaktik o'yinlarni turlari (psixotexnik, rolli). Rolli va ishbilarmon o'yinlar.
Pedagogik o'yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, o'yin metodikasi, soha xususiyati, o'yin muhiti bo'yicha tasnif qilingan.
Amaliy vazifa va muammolarni echishdagi talabalarning umumiy faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o'yinlaridir. Ma'lumki, tadbirkorlik o'yinlari talabalarning kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda uning bo'lg’usi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi.
Tadbirkorlik o'yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko'p jihatlardan o'yinning ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o'yinlari talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini echishga qaratilgan bo'lishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo'llanadigan amaliy malaka va ko'nikmalarni shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta'minlaydigan qobiliyatlarni shakllantirish taalluqlidir.
O'yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday ruzilishi kerakki, unda shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun o'yin davomida shakllansin. O'yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq aks etishi shart.
DIDAKTIK O'YINLI DARSLARNING TURLARI, MAQSAD VA VAZIFALARI

O’quv vaziyatini modellashtirish bo'yicha tadbirkorlik o'yinlarini tayyorlashda murakkab amaliy vazifalarni (muammolarni) echishga qaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalarni tahlil qilib chiqish, uni echishda ishtirok etadigan rahbarlar va ijrochilarni, ularning vazifalari, o'zaro munosabatlari tartibi, vazifani samarali echishning ibtidosi bosqichlari va me'yorlari, unga kerak bo'ladigan texnik vositalar, me'yoriy, ehtiyoj (spravochnik), metodik va boshqa manbalarni aniqlash zarur.
Oliy maktab amaliyotida tadbirkorlik o'yinlariga alohida ahamiyat beriladi.Tadbirkorlik o'yinlari nazariyasi umuman boshqa o'yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog’langan. Tadbirkorlik o'yinlari mashqur psixologlar L.S. Vigodskiy, A.N. Leontev, P.Ya. Galperinlarning islilarida nazariy asoslangan. Tadbirkorlik o'yinlari o'z xarakteriga ko'ra insonning shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari bilish va o’qitishning vositasi sifatida XX asrning 20-yillarida gurkirab rivojlandi. Tadbirkorlik o'yinlariga taqlidiy (imitasion) o'yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo'ldi. Taqlidiy o'yinlarga o'z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o'yinlar asos bo'lgan.
A.A. Verbiskiy tadbirkorlik o'yinlariga o’qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o'yinlarida mashq qilish faoliyati va bo'lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir suniy va tabiiy tizim sifatida o'zaro nisbatlanadi. Shu tufayli tadbirkorlik o'yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya'ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi.
A.A. Verbiskiy oliy o’quv yurtining vazifasini bunday o’qitishda, ya'ni talabanibir etakchi faoliyatini (o’quv)dan boshqa(kasbiy) tipgafaoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo'naltirilgan (o'zlashtirilgan) holda o'tkazishni ta'minlash deb biladi.
Tadbirkorlik o'yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi:
ishlab chiqarish imitasion modeli sifatida taqdim etilgan o’quv material mazmunining izchilligi;
o'yinli o’quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish;
o’quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug’dirish va ularni amalda qo’llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish;
o'zinning ta 'limiy va larbiyaviy samaradorligi yigindisi;
o'yinni olib boruvchi o’qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishidan talabalarning o'z hatti-harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o'tishini ta'minlashi.
A.S. va G.F. Arbenevlar tadqiqotlarida tadbirkorlik o'yini mutaxassisning evristik tafakkurini rivojlantirishning samarali metodlaridan bin sifatida baholanadi.
Atyukov fikricha, har qanday o'yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’i nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:
kasbiy doira imitasiyasi yaxlitligi. Bunda o'yin imitasiyasiga taalluqli bo'lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy mavzuga ega bo'lishi lozim;
mustaqil tashkil etishga yo'nalganligi;
o’qitishning muammoliligi;
metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta'minlanganligi.
Tashkiliy o'yin aslida tobora takomillashib boruvchi o’qitishni ta'minlashi kerak. Shu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to’liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya'ni qandaydir vaziyat yechimiga bo'lgan yondashuvdan topilgan yechimning umumlashtirilgan bahosiga o'tiladi.
A.A. Tyukov o'yin davriyligining quyidagi bosqichlarini qayd qiladi:
vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o'yinning asosiy syujet mavzusi bo'yicha o'yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi.
amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;
o'yin jarayoni va ishtirokchilar hatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;
yechimni tashkil etish bosqichi.
Ya.S. Ginzburg va N.M. Koryak o'yinning quyidagi sotsial-psixologik xususiyatlarini farqilaydi:
guruh xarakteri;
yaratuvchilik, shartlilik;
ramziylik, utilitar bo'lmaslik xarakteri;
belgisizlik (mavhumlik), tarqlanuvchanlik xususiyati
Tadbirkorlik o'yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi:
ishtirokchilarni tanlash;
rollarni taqsimlash;
o'yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash;
ijtimoiy psixologiya bo'yicha umumnazariy bilimlarni egallash;
nazariy bilimlarini amalda qo'lllay olish;
shaxsiy tayyorgarlik.
I.Olloyorov tadbirkorlik o'yinlariga o’quv ishlarini tashkil etishning bir shakli sifatida qaraydi. U o'yinlar o’quv jarayonida o'z o'rniga ega va o’quv jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o'rganilayotgan fanning didaktik tabiatiga bog’liq boyigan, aniq belgilangan didaktik funktsiyalarni bajarishini ta'kidlaydi.
Tadbirkorlik o'yinlarining didaktik funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi;
bilimlarni mustahkamlash va qo’llash;
o’quv jarayonida bo'lg’usi mutaxaxsisning faoliyati faqat o'rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo'lishi;
talabalar o'kuv-bilish faoliyatining bo'lg’usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib berishi.
Tadbirkorlik o'yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega:
1. O’quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshiriqi shaklida qo’yish:
bo'lg’usi tadbirkorlik o'yinining maqsadini aniqlab olish;
muammoli vaziyatni anglab etish;
talabalarga navbatdagi tadbirkorlik o'yini haqida dastlabki ma'lumotlar berish;
2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo'lgan va avval egallangan bilimlardan foydalanish:
talabalarning o’qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;
bajarilishi lozim bo'lgan ish to'grisida talabalarga yo'l-yo'riqlarni ko'rsatish;
olingan bilim, o'zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash metodlarini umumlashtirish;
o'z-o'zini nazorat qilish.
3. Tadbirkorlik o'yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo'lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
4. Navbatdagi ishni rejalashtirish:
ularga avval ma'lum bo'lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash;
avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o'z ijodi uchun zarur bo'lgan yangi metodlarni qidirish;
rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.
5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o'rganish va tahlil qilish bo'yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o'yinlaridagi o'z mavqeini aniqlash.
6. O'zlaridagi bor bilim, malaka va ko'nikmalar asosidagi reja bo'yicha ishlarni bajarish:
yangi bilim va malakalarni hosil qilish;
o'z hatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish.
qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish
belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;
yakuniy natijalarni tekshirib ko'rish va taxlil qilish.
7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko'nikmalarini nazorat qilish va joriy yo'l-yo'riqlar berish.
8. Talabalarning tadbirkorlik o'yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko'rish.
9. Talabalarga tadbirkorlik o'yinlarini o'tkazish va unda qatnashish bo'yicha yo'l-yo'riqlar berish, ularni rol o'ynash bo'yicha taqsim qilish, zarurat tuqilganda har biriga qo’shimcha yo'l-yo'riqlar berish.
10. Oldindan ishlab chiqilgan stsenariy bo'yicha talabalarning tadbirkorlik o'yinlari.
11. O'yin ishtirokchilariga joriy yo'l-yo'riqlar berish.
12. O'yin ishtirokchilarining o'yin davomida o'zi o'ynagan rollariga baho berishi hamda o'z-o'zini nazorat qilishi.
13. Tadbirkorlik o'yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o’quv-o'yin faoliyatiga baho berish.
Shunday qilib, tadbirkorlik o'yinlaridan yangi bilimlarni egallash, o'tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.
Tadbirkorlik o'yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o'yinlar.
Bunday o'yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o'tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin.
Stsenariyda bunday o'yin tuzilmasi to'la yozib chiqiladi va imitasiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o'yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rol ijro etish o'yinlari. Unda konkret shaxsning hulqi, hatti-harakati, o'z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o'ynaladi. Bu o'yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo'ljalni to’g’ri baholay olishni o'rgatish, o'zining xulqiga to’g’ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o'rnata olishga o'rgatishdir.
Psixodrama va sosiodrama. Bu ham o'ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko'zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o'zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.
Tadbirkorlik o'yinlari texnologiyasi.
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o'z ichiga oladi. U stsenariyni yozib chiqish, vaziyat va ob’ektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. Stsenariy mashg’ulotning o’quv maqsadi, o'rganilayotgan muammoning tavsifi, qo’yilgan vazifani asoslash, o'yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o'z ichiga oladi.
O'yinga kirishish. Bu bosqichda ish rejimi aniqlanadi, mashg’ulotning bosh maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo’yish va vaziyatni tanlash asoslanadi.
O'tkazish bosqichi. U o'yin jarayonidir. O'yin boshlangach, hech kim unga aralashmaydi va uning borishini o'zgartira olmaydi. O'yinni faqat uni boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin.
Tahlil bosqichi. O'yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi. O'zaro fikr almashinib bo'lingach, talabalar o'z hatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar.
Shunday qilib, tadbirkorlik va evristik o'yinlar bo'lg’usi mutaxassisning ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik o'yin turlarini farqilaydilar:
1. Mutaxassislar orasida o'z vazifalarini, dasturlar va rollarini ta?sim qilish asosidagi tadbirkorlik va evristik o'yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga quyidagilar kiradi:
kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni va ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo'lgan «vazifa tadqiqotchilari»;
ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarningfaolligi sathida shu guruhning o'ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi «faollashtiruvchilar»;
ilmiy muammoning yechimiga yordam beradigan yo'llar va betakror fikrlar taklif qiluvchi «g’oyalar ishlab chiquvchi» talabalar;
g’oyalarning tugilishiga va ulaming boshqa ijodiy guruh a'zolari tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan «rezonator» (tarqatuvchi) , talabalar;
muammoni echishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab chiqish va topish bilan band bo'lgan «nazoratchi» talabalar.
Bunday o'yinlarni muayyan ob’ektda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Rahbarlar va o’qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo'yadilar. Masalan, agar o'yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o'zlashtirishga qaratilgan bo'lsa, quyidagilar belgilanadi:
«KB boshligi»;
«Bosh konstruktor»;
«Ixtirochi»;
«Opponent»;
«chizmakash»;
«tekshiruvchi»;
«maslaqatchi»;
«nazoratchi» va b.
Shundan so'ng quyidagilar tuzib chiqiladi:
har birining egallaydigan vazifalari va hatti-harakatlari bahosi bo'yicha yo'riqnoma;
o'yin jarayonining asosiy davriyligi bo'yicha dastur ishlab chiqiladi.
O'yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara yuritish), ruhiyatining bo'lishini ta'minlash zarur.
O'yin o'tkazish chohida «buyurtmachi» rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok etgan) talabalarga baho beradi. Shu baholar asosida butun guruhning hamda alohida talabalarning rol ijro etishi bahosi chiqariladi.
Bunday o'yinlarni tashkil etish bo'lg’usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib turish ham tavsiya etiladi. Chunki har bir talaba u yoki bu rolda o'z imkoniyatlarini sinab ko'ra olsin, ya'ni «oddiy»dan «KB boshlig’i» darajasidagi rollarni ijro etishga imkoniyat berilsin.
2. Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktika va metodlarni qo’llash malakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkorlik va rol o'yinlari.
Masalan, «Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma'ruza, munozara» tarzidagi o'yin.
Bu o'yindagi asosiy rollar quyidagicha bo'lishi mumkin:
«Boshlovchilar» - o’qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi;
«Peshqadamlar» - muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi bo'yicha vaziyatni tasavvur qila oladigan ma'ruzachilar;
«Bezakchilar» - peshqadamlarning ma'ruzalari va chiqishlarini ko'rgazmali tasawur etishlari va tushuntirishlarini ta'minlovchi o'yin ishtirokchilari.
«Assistentlar» peshqadamlar yordamchilari bo'lib, ular peshqadamlarga va opponentlarga ko'rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o'yin ishtirokchilari.
«Rasmiy opponentlar» - peshqadamlarning maruzasi va boshqa materialar bo'yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar;
«Norasmiy opponentlar» - muammo bo'yicha guruh bo'lib yoki mustaqil ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar - o'yin ishtirokchilari;
«Chalg’ituvchilar» - korxona yoki ilmiy muassasada qo’shimcha salbiy hodisa, faktlarni bayon qilish asosida o'yin ishtirokchilarining faolligiga sabab bo'ladigan savollar qo’yishi lozim bo'lgan o'yin ishtirokchilari. Korxona yoki ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari, ilmiy xodimlari, aspirant, talabalari bu «vazifa»ni bajarishlari mumkin.
«Registratorlar» - munozaralarni yozib oluvchi o'yin ishtirokchilari;
«Ekspertlar» - ma' ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh bo'lib qabul qilinishi bo'yicha obektiv baho beruvchi o'yin ishtirokchilari. Bu vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o’quv yurti o’qituvchilari va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari murnkin.
Bunday o'yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:
bo'lgusi mutaxassisni axborotlar almashishga o'rgatish;
ularda o'z nuqtai nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa kishilarning g’oyalariga kirib bora olish, guruh bo'lib yechim qabul qila olish malakasini shakllantirish.
O'yin-munozaralar bo'lg’usi mutaxassisda ilmiy-ishlab chiqarish muammosini bilish va echishga, mustaqil fikrlashga, obektivlikka nisbatan qiziqishni shakllantiradi hamda muammolarni qo’yish, uni muhokama qilish, ularni echishda o'zini tuta bilish ko'nikmalarini hosil qiladi.
O'yin- munozaralar muayyan muammo bo'yicha bahslar tashkil etilishini ko'zda tutadi.
Bahs muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo'lib tadqiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati (raqibi)ning fikrini asoslash, uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o'z monopoliyasini o'rnatadi.
Bahs munozara borishining turli variantlari mavjud:
Evristik yondashuvda tomonlardan biri muammoning yechimi bo'yicha o'zining yondashuvini qabul qilishga urinmasdan ishontirish metodi, ichki tuyg’u, sog’lom aqldan foydalangan holda bahs ishtirokchilarini o'zining nuqtai nazariga oqdirib oladi.
Mantiqiy yondashuvdagi bahsga o'ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil-isbotlar xarakterli bo'lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga keladilar.
So'fiyona yondashuv. Unda tomonlardan biri o'z raqibini donolik qilib mag’lub qilishi ham mumkin.
Avtoritar yondashuv. Unda tomonlardan biri o'zining obro'sidan foydalanib, o'z nuqtai nazarini o'tkazishi mumkin.
Tanqidiy yondashuv. Bahs ishtirokchilaridan ba'zilari o'z raqibining faqat kamchiligi, kuchsiz o'rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va, aksincha, raqibining fikridagi ijobiy unsurlarni ko'rishga intilmaydi va muammoning yechimi bo'yicha o'z takliflarini ham bera olmaydi.
Dogmatik yondashuv. Unda tomonlardan biri bahsni haqiqatni o'z manfaati uchun o'zining shaxsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi.
Pragmatik yondashuv. Ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina haqiqatni o'rnatish uchungina bahs yuritmaydi, balki undan o'zlarining yashirin va bahs ishtirokchilariga ma'lum bo'lmagan amaliy manfaatlariga burish uchun foydalanadi.
Bahsni o'tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim:
opponentining o'z fikrini asoslovchi so'zini tinglab, kuzatib borishi;
opponentini so’zlashdan to'xtatib qo’yishga shoshilmasligi;
mayda-chuyda detallarga e'tibor qaratmasligi, eng muhimini ko'rishga, tushunishga harakat qilishi;
kuchsiz ctrinlar, dalil-isbotlar, misollarni topish va tahlil qilish;
opponentini o'zidan kuchli deb hisoblamaslik;
o'ziga haddan tashqari bino qo’yish va ishonishga ruju bermaslik;
Qo'rqish raqib oldida mag’lubiyat ekanligini esda tutish.
Rollarga bo'lib ijro etiladigan o'yinlar. Bu usulni bir fan, bir tsiklga kiruvchi fanlar yoki bir auditoriyada dars beruvchi turli fan o’qituvchilari amalga oshirishlari mumkin. O’qituvchilarning o'yinlarda o'z ixtiyorlari bilan qiziqib ishtirok etishlari bu usulning muhim sharti bo'lib hisoblanadi. Ishtirokchilar soni 4-6 kishidan iborat bo'lishi etarli. O’qituvchilar talabalar qiyofasiga kirib, ularning idroki, reaktsiyasi va ular dars davomida duchor bo'ladigan qiyinichiliklarni anglatuvchi harakatlarni bajaradilar. O'yin natijalari asosida o’qituvchilar faoliyati ham modellanadi.
3. Imitatsion-rollarga bo'lib modellash. Bu usulda 4-6 kishidan iborat o’qituvchilar guruhi talabalar qiyofasiga kiradilar hamda o’qituvchi ular bilan aniq o’quv maqsadlari va mezoniy yo'nalgan testlar bo'yicha mashg’ulot o'tkazadi. Talabalarning fikrlashdagi harakat modellari yaratiladi va ular alohida kartochkalarga yoziladi. O’qituvchi qiyofasini bajaruvchi o'yin ishtirokchilarining o'z hatti-harakati, fikrlashining borishi bo'yicha bergan ma'lumotlarni saralab kartochkalarga yozib boradi. Shuningdek, kartochkaga o'z hatti-harakatlarini ham yozib boradi.
So'ngra o’qituvchi va «talabalar» faoliyatining umumiy manzarasi va har bir ishtirokchi fikrlashining borish sxemasi chizmakashlik varaqiga tushirilib, darsning o'ziga xos sxema-diagrammasi yaratiladi.
Bu usul alternativ (turli variantli) rejalarni sinab ko'rishda, ularga tegishli tuzatishlar kiritishda qo’llaniladi va bu bilan haqiqiy o’quv jarayonini ixchamlashtirib, uning samaradorligini oshirishga erishiladi.
5. Didaktik o'yinlarni vazifalari (egallangan bilimlarni mustahkamlash, yangi bilimlarni egallash, kasbiy tayyorgarlik).
Namuna «Bahsda g’olib kelish san'ati» (P.I. Pidkasistoy tomonidan ishlab chiqilgan) o'yini.
Bu o'yin 2,3 soatga mo'ljallangan.
O'yinning maqsadi — talabalarning bahs-munozara olib borish malakalari va qobiliyatlarini rivojlantirish va baholash.
Munozara — bahsning muammolari. Bahs-munozaraga olib ciqiladigan muammo talabalar uchun dolzarb va qiziqarli bo'lishi kerak.
Namuna tariqasida quyidagi savollarni qo’yish mumkin:
1.Mening ijodiy, raqobatbardoshlik shaxsiyatim g’oyasi qanday?
2.Shaxsning ijodiy, ziyolilik, raqobatbardoshlik xususiyati nimalarda ko'rinadi?
3.Shaxsning mustaqil rivojlanish jarayonini men qanday tasavvur qilaman.
4.Bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida o'zimni qanday unga bahshida qilaman.
O'yin ishtirokchilarining rollari va vazifalari.
Boshlovchi — o’qituvchi o'yinning ma'nosi, asosiy bosqichlari va ishtirokchilarning vazifalarini aytib beradi.
Ikki raqobatbardosh 7-10 kishidan iborat guruhlar yuqoridagi savollar bo'yicha munozaraga kirishadilar.
Boshlovchi - o’qituvchi o'yinni lozim topgan oqimga yo'llab turadi, uning a'zolari faolligini ta'minlab turadi, munozaraning to’g’riligini kuzatadi, unga yakun yasaydi.
Ekspert — talabalar munozara ishtirokchilariga baho beradi, guruhga va uning a'zolariga quyidagi me'yorlarga asoslangan holda baho qo'yadi:
a) ifodaning mantiqiyligi va asoslanganligi; b) nutq madaniyati, notiqlik san'ati usullarini egallaganligi; v)xulosalarning isbotliligi; g) bahs usullaridan rang-barang va samarali foydalanishi; d) savollar g’o'ya olishi.
O'yin bosqichlari:
Birinchi bosqich tashkiliy bosqichdir. Unda raqobatga kirishuvchi jamoalar va ekspertlar guruhi shaldlantiriladi. O’qituvchi o'yinning maqsadi va qoidalarini bayon qilib beradi.
Ikkinchi bosqich o'yinjarayonidir. O'yin davomida jamoalar tashabbusni qo'lga olishlari mumkin va unda munozarani kutilmagan darajada yangi o'ylash va topish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Uchinchi bosqich o'yinga yakun yasashdir. Bu bosqichda ekspertlarning har biriga o'z mulohazalarini bildirish uchun imkoniyat beriladi, ular esa o'z baholarining me'yorlarini hamda bahs-munozara ishtirokchilarining chiqishlari natijalarini asoslab beradilar.
Ekspertlar vazifasi:
jamoaning g’alabasini asoslash: a) o'yin ishtrokchilaridan eng xushmuomala; b) eng aqlli; v) eng obro'li; g) eng ijodkorlarini aniqlab beradi.
O'yin yakunida o’qituvchi o'yinni tahlil qilib beradi va yakun yasaydi. Ayniqsa, o’qituvchi o'yinning borishi, uning muvaffaqiyati va kamchiliklariga urg’u berishi lozim. Shuningdek, istiqbolda e'tibor berilishi kerak bo'lgan muvaffaqiyatli, munozarali, ijodiy vaziyatlarni farqilab berishi kerak.
Qo'llanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: “Sharq”, 1998.
2. O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g’risida”gi Qonuni. Barkamol avlod –O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: “Sharq”, 1998.
3. Karimov I.A. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.-T.: «O'zbekiston», 2011.
4. Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y.
5. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.
6. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: “Moliya ” nashriyoti, 2003 y. – 171 b.
7. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi. “Nasaf”, 2000 y.-80 b.
8. Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: “Fan”. 2005.
9. Farberman. B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001
10. Dadamirzaev G’. Pedogogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar. Metodik qo'llanma. - Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet.
11. www. ziyonet.uz
Read 9964 times
Published in Referatlar/Kurs ishi/Mustaqil ishlar
More in this category: « Таълимни ислох килишнинг асосий йуналишлари ва боскичлари. talim_va_taraqqiyot »
back to top
Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar markazi © 2019
Powered by ATM
ИКС810
Yüklə 155,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin