O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq .  O‘qing. O‘tgan zamon fe’li shakllarini aniqlang



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

29-mashq

O‘qing. O‘tgan zamon fe’li shakllarini aniqlang
o‘tgan zamon hikoya, o‘tgan zamon davom, o‘tgan zamon maqsad 
fe’llarini guruhga ajratib yozing.
1. Lashkar qirg‘oqqa joylashdi. (L. Bat.) 2. Iskandar hind 
podshohini o‘ziga bo‘ysundirmoqchi, o‘z dini va hukmronligini unga 
qabul ettirmoqchi bo‘ldi. (“Kalila va Dimna”dan) Zo‘r bir mardlik 
qilibsan, Lekin bekor kelibsan. (H. O.) Seni deya qavmu qarindosh 
Ixtiyorim olgan ekanlar Va kishanga solgan ekanlar. (H. O.) 5. 
Vaholanki, siz, xotin kishining topgani nima bo‘lardi, xotini 
boqayotir, degan isnodga tobim bor ekanmi, deb firoq qilib yurgan 
emishsiz. (A. Muhiddin.) 6. O‘z rolingni tushunibsan g‘oyat haqqoniy. 
(H.G‘.) 7. Botirjonni otasi podshoning eng usta qilichbozlaridan biriga 
shogird qilib beribdi. U ustozidan qilichbozlikni, yoyandozlikni va 
nayzabozlikni ham, kurash tushishni ham o‘rganibdi. («Gulpari».) 8. 
Yaqindagina dam olib olgan navkarlar safar daragini eshitib quvonar 


37 
edilar. Navkarlar sovutlarini yarqiratib tozalashar, naqsh solib 
egarlarini tartibga solishardi. (L. Bat.) 
30-mashq

O‘qing, hozirgi zamon fe’llarini topib, turini 
anihlang. “Hozirgi zamon davom fe’li” va “Hozirgi-kelasi zamon 
fe’llari”ni ikki ustun shaklida yozib, yasalishi va tuslanishini 
tushuntiring. 
Tekislikka yoqqan yomg‘ir tog‘ tepasiga qor bo‘lib tushgan 
ekan... Tog‘ning yarmidan pasti yomg‘irdan keyin qorayib, xiyol 
bug‘lanib turadi va uncha aniq ko‘rinmaydi. 
Tekislikning uzoq chetidan chiqib kelgan yuk mashinasi shu toqqa 
qarab jadallab boryapti.
Shag‘al yotqizilgan yo‘lda yomg‘ir ko‘lmaklari uchraydi. 
G‘ildiraklardan sachragan suv bort taxtasiga shatirshutur uriladi va 
yo‘l bo‘yida ochilgan lolaqizg‘aldoqlarni jimgina silkitib o‘tadi. 
(P.Qodirov) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin