36
28-mashq. O‘qing. Fe’l zamonlarini aniqlang. Yaqin va uzoq
o‘tgan zamon fe’li ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib, zamon
ma’nosinn ifodalovchi affiks tagiga to‘g‘ri, tuslovchi (shaxs-son)
affiks tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
I. Har faslning o‘z quvonchi bor. Qish ham kattadan-kichik
hammaga bir olam shodlik baxsh etadi. Ikki kundan buyon
muzdekkina qish farishtasi shahar ustida kezib, elagini silkitar, quloq-
burni qizargan odamlar “Yangi yilbop qor bo‘lyapti-da”, deb kulishar,
havoda musaffo chilla isi kezar edi. Kinoteatrlar,
madaniyat
saroylarida ta’tilga chiqqan bolalarning kulgisi yangraydi. Katta
maydonlarda archalar bezatildi.
Yilning so‘nggi oqshomida Toshkent yashnab ketdi. Katta
binolar peshtoqida son-sanoqsiz lampochkalar marjoni porladi,
archalar nurga belandi. Oziq-ovqat magazinlari tirband bo‘lib ketdi.
Sumka, to‘rxalta ko‘targan
odamlar uy-uyiga shoshishar, tanish-
bilishlarini ko‘rib, bayram bilan qutlashar edi. (O‘.H.)
II. 1. U sultonning o‘ng qo‘li ekanligini ta’kidlamaslik uchun
jo‘rttaga boshqalardan keyinroq kelgan edi. Har vaqtdagidek u o‘zini
kamtar va xushmuomala tutdi. (L. Bat.)2. Onaning dili o‘g‘lining
yuziga tepib chiqqan alamli norozilikni darrov sezgan edi.
(S.Anorboyev) 3. Tug‘ilib o‘sgan shahrini u allaqachon tark etgandi. (L.
Bat.) 4. Odamlarning ko‘ziga tushmaslik uchun kun bo‘yi yong‘oqzorda
dam olishib, namozgarda yana yo‘lga tushishgan. (O. Y.)
Dostları ilə paylaş: