O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Yuklamalarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratib



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
ona tili mashqlar to\'plami

44-mashq. Yuklamalarni tuzilishiga ko‘ra turlarga ajratib 
yozing. 
1. Xuddi oq yaktak kiygan chavandozga o‘xshaydi. (O‘.U.) 2. 
Qishloq o‘rtasidan kesib o‘tgan soyning shovillashi eshitilmas, faqat 
daraxtzorlar, xarsanglar orasidan buralib-buralib o‘tishi ajib bir 
manzara hosil qilar edi. (S.A.) 3. Necha kundan beri qidirib yurib
Roziyani endi topgan paytida nahotki birpasgina qarab turmay ketib 
qolsa? (P.Q.) 4. Bundan buyon sira minmaganim bo‘lsin, necha marta 
naq uchib ketay-ketay dedim. (O.) 5. Erkaklar xotiniga tilla uzuklar 
olib beradi, o‘z kiyim-boshini o‘zi eplaydigan xotiningiz borligidan 
suyunsangiz-chi. (S.A.) 6. - ... Nurmatovni sizlar qancha bilsalaring
men ham shuncha bilaman-da. (A.Q.) 7. O‘n uchga kirgan yoshgina 
popukday qiz edi. (O.) 8. U faqat bir narsaga idrok etdi – otasining 
hukmi mutloq to‘g‘ri! (T.M.) 9. Uy yolg‘iz, faqat To‘ybeka bilan 


43 
Oysha ona; hollari nima kechdi, nima qo‘ydi, ma’lum emas. (A.Qod.) 
10. Sog‘ bo‘lganda qanday, naq to‘lishib Rustami Doston bo‘lib 
ketgan. (S.A.) 
45-mashq. Gaplarni o‘qing. Modal so‘zlarni topib, ma’nosini 
izohlang. 
1. – Balki, bu ajablanarli holni o‘ylab ko‘rgandirsiz, deyman. 
(T.Mal.) 2. Ehson, hech shubhasiz uning yozuvchilik ishidagi 
kamoloti va o‘qishi qanday ekanini bilmoqchi. (A.Q.) 3. Albatta, bu 
sog‘ingan qishlog‘i manzaralariga to‘yishdan, yor-birodarlari bilan 
diydor ko‘rishishdan. (S.A.) 4. – Bilmadim, juda zarur shekilli, 
«oldingga solib kel» degan ekanlar. (Ch.) 5. Ehtimol, – dedi Otabek 
va nima uchundir g‘ayri ixtiyoriy bir tebrandi. (A.Qod.) 6. … Xullas, 
paxtachiligimizda, xususan, uning seleksiyasida g‘oyat muhim 
kashfiyot yuzaga kelayotganini, g‘oyat muhim hikmat tug‘ilayotganini 
his qilib turibman. (O‘.U.) 7. – Demak, mening vazifam ariza ko‘rish 
bilan daraxt o‘tqazish ekan-da? (Sh.R.) 8. Domla anglayolmadi
shekilli, mirzaning so‘nggi so‘zini savol shaklida qaytardi. (Ch.) 9. – 
Menimcha, u sizni yomon ko‘rmasa kerak. (A.Q.) 10. Haqiqatan ham, 
u g‘alati ahvolga tushib qolgan edi. (M.I.) 11. Umuman, tog‘liklarning 
o‘z o‘jar qonunlari bo‘ladi. (S.A.) 12. – To‘g‘ri, birdan ikki taraf bilan 
yog‘iylashish yaxshi emas. (P.Q.)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin