33-mashq .
O‘qing. Shart mayli shaklidagi fe’llarni topib, yasalishi va tuslanishi, zamon ifodalash xususiyatini tushuntiring. 1. Xayol bilan bo‘lib ko‘chaga chiqayotsam, eshik oldida sariq
fufayka kiygan, kulcha yuzli notanish bir qiz ro‘para bo‘ldi. (O.
Husanov.) 2. Sen hayqirsang ko‘pirib, g‘uncha tabassum etar, Bulbul
qo‘shig‘i bilan bo‘ston jaranglab ketar. (S. Nazar.)
3. Kimga kulib
boqsa quyoshli davron, Saodat o‘lkasi bo‘lsa diyori, Bo‘lmas yuragida
zarracha armon, Yashnar menikiday ko‘ngil bahori. (S. Nazar.)
5.
Kiyintirsam seni bahorga, Yulduzlarni o‘rasam qorga, Olib kelib
oldingga qo‘ysam, Ham yulduzni, ham seni suysam... Shunda sening
ko‘ngling to‘lurmu?
(H. O.) 34-mashq. O‘qing. Fe’llarni topib, mayli, zamoni va shaxs- sonini izohlang. I. O‘ktam kitel tugmalarini yechib, «Uh!» deb yelpindi va sekin
so‘z boshladi: “O‘rtoq Akaskin, Sobir to‘g‘ri aytadilar. G‘o‘za
parvarishni qattiq suyadi. Hosilot raisi sust, beparvo, ammo jon
Qarimqul ota, hammamiz bir tan, bir jon bo‘lib, ishtiyoq bnlan mehnat
qilaylik. Suv, o‘g‘it, go‘ng berishlarni, chekanka va chopiqlarni joyida
o‘tkazib, agrotexnikaning qonun-qoidalariga tom rioya bilan
ishlaylpkki, g‘o‘zamiz baquvvat bo‘lsin, dalamiz dirkillab tursin”.
(O.) II. Darvishona yashamoqni ixtiyor etgan bo‘lsangiz, biror
foydali
mehnat
bilan
shug‘ullaning:
dehqonchilik
qiling,
kavshdo‘zliknimi, to‘quvchiliknimi o‘rganing. Tilanchilik qilish,
topganingizni o‘zingizga o‘xshash bekorchilar bilan baham ko‘rish
nomus. Bu kasb insonni ulug‘lamaydi, balki ma’naviy tubanlikka olib
boradi, mehnatdan qo‘l siltamang, odamlardan yuz
o‘girmang,
aksincha ularga ko‘maklashing.
(L. Bat.)