O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

 
24-mashq

O‘qing. Fe’llarni topib, ularning nisbatini, o‘timli-
o‘timsizligini ayting. 
1. Biz juda ko‘p ish qildik. Yaqinginada esa juda ajoyib tajriba 
o‘tkazdik, 
ya’ni 
otash 
ta’sirida 
ba’zi 
toshlarning 
tusini 
o‘zgartirmoqchi bo‘ldik. Bir parcha yoqutni ko‘rada obdan qizdirdik. 
Keyin soviganiga qadar qo‘l tegizmadik. Qizdirilgan yoqutning hajmi 
otash ta’siridan bir oz kichraygan bo‘lsa-da, rangi tiniqlashdi. 
(K. 
Moiseyeva.)
2. Bir dovonga chiqqanda ular tomiri bilan ag‘darilib yo‘lda 
ko‘ndalang yotgan baqaterakka o‘tirib dam olishdi. O‘ngda bir xil 
kiyingan, bo‘y-basti ham bir xildagi behisob ko‘k archalar uzun-uzun 
saf tortib, qiyalikka chiqib ketayotgan askarlardek ko‘rinardi. Yengil 
shabnam hali yerda, o‘t-o‘lanlar, gullar orasida yotadi, tiniq osmon 


34 
tagida butun vodiy ko‘z oldingizda kaftdek yastangan, qaerdadir 
chashma ko‘zi miltillaydi, havo sofligidan archa hidi, asal hidi 
anqiydi. 
(Asqad Muxtor.) 
25-mashq

O‘qing, fe’llarni topib, nisbatlarini belgilang va 
ularni quyidagi jadvalga yozing, nisbat yasovchi affikslar tagiga 
chizing. 
Nisbatlar 
Misollar 
Aniqlik 
O‘zlik 
Majhullik
Birgalik 
Orttirma 
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va 
fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va 
abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk 
san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar 
sha’niga bag‘ishlangandir. 
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan 
xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz 
uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib 
qoladi.
Sizlarga yaxshi ma’lum, hurmatli opa-singillarimizning jamiyat 
hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish maqsadida yaqinda “Xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash 
sohasidagi 
faoliyatni 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Prezident farmoni
 
qabul qilindi. 
Farmonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish, 
qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga 
chiqarish, oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya 
qilishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlar belgilandi. 
Hech kimga sir emas, Xotin-qizlar qo‘mitasidan, uning 
joylardagi bo‘limlaridan ko‘p narsalarni talab qilar edik. Lekin, ochiq 
aytish kerak, buning uchun ularda yetarlicha imkoniyat bormi-yo‘qmi, 
bu haqda ko‘pincha o‘ylab ko‘rmas edik. Bu qo‘mita ayollarning 
muammolarini bilgani bilan, ularni hal etish bo‘yicha deyarli amaliy 
choralar ko‘rolmas edi. 


35 
Shularning barchasini hisobga olib, avvalo O‘zbekiston Xotin-
qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarining yangilangan 
tuzilmalari tasdiqlanib, shtat birliklari hamda xodimlarining oylik ish 
haqi oshirildi. Ularga qo‘shimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, 
samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. 
Farmonga binoan shu yil 1 apreldan boshlab fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis 
lavozimi joriy etilmoqda. 
Shunga e’tibor bering, endi 8 ming 800 ta bilimdon, jonkuyar 
mutaxassis ayollar oilaviy munosabatlarni yaxshilash, nizoli 
vaziyatlar, ajralishlar, barvaqt nikohlarning oldini olish, oilaviy 
qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ma’naviy-axloqiy 
tarbiyasi bo‘yicha doimiy ish olib boradi. 
Hammamiz yaxshi tushunamiz, bugungi tez o‘zgarayotgan, 
ziddiyatli 
davrda oilaviy 
masalalarni 
ilmiy asosda chuqur 
o‘rganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi ko‘plab murakkab savollarga 
javob 
topish 
qiyin. 
Shuning 
uchun 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy 
bo‘linmalari tashkil qilindi
 
va ularning ish faoliyatini samarali yo‘lga 
qo‘yish, bino va zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. 
(Sh.M.Mirziyoyev.) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin