turkumiga oid so‘zlarni aniqlang. 1. Otamiz uch kundan keyin qaytib keladi. (T.M.) 2. Uch tillo,
beraman, lekin vafotimdan so‘ng Butun mol-u mulkim uning izmiga
o‘tar. (V.Sh.) 3. Haqiqatan ham chorak soat o‘tar-o‘tmas Mavlon
keldi.( O‘.U.) 4. Ikki kun burun qizi o‘qishga ketdi-yu, qaytmadi.
(T.M.) 5. Aytishlaricha, bunday odamlar yuz yilda bir tug‘ilar
emish…( O‘.U.) 6. Qisqa qilib aytganda, ommaviy axborot vositalari
tom ma’noda “to‘rtinchi hokimiyat” darajasiga ko‘tarilmog‘i lozim.
(I.A.Karimov.) 7. Keyinchalik berigi uyning egasi dunyodan o‘tib,
xotini ikki go‘dak bolasi bilan qoldi. (Ch.A.) 8. – Shamshiddinov, bir
soatga
yaqin
shu
to‘g‘rida
gaplashdik,
xayolingiz
mijozlaringizdamidi? (Sh. X.) 9. Ertakdagi uch og‘a- ini kabi ular uch
yo‘l qarshisiga kelib qolgan edilar. (T.M.) 10. Ona itdan ellik-oltmish
qadam beridan o‘tdi. (T.M.)
16-mashq. Chama son bilan jamlovchi son qatnashgan gaplarni aniqlang va ajratib yozing. 1. Alkiviad tashrif buyurdi, yigirmatacha ulfati unga hamroh.
(V.Sh.) 2. Xudo xayringni bersin, aylanay, kelinimga tegma, o‘rog‘ini
o‘rib yuraversin, shusiz ham yolg‘izlik azobini tortib, ikkala
xonadonning tirikchiligidan bosh qashirga ham qo‘li tegmaydi!
(Ch.A.) 3. Yigirmatacha qadam bosib, orqasiga o‘girildi. (T.M.) 4. –
Ikkalamiz shu yerlarda sigir boqardik, – u birdan kulib yubordi.
(O‘.H.) 5. Ona itdan ellik-oltmish qadamcha beridan o‘tdi. (T.M.) 6. -
Qani o‘rtoq raykom, ikkalamiz mana shularga bir namuna bo‘laylik.
(T.M.) 7. Uch- to‘rt oyda eson-omon qaytadi. (T.M.) 8. Xullas, ikkala
xonadonning tirikchiligini, ro‘zg‘orini oyim bilan singilcham tebratib
turardi.(Ch.A.) 9. Ertasi saxarlab Doniyor ikkalamiz otlarni xirmonga
olib keldik. (Ch.A.)
17-mashq. O‘qing. Numerativ so‘z bilan birga qo‘llangan