27
8-mashq
.
Gaplardagi atoqli otlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib
yozing.
N a m u n a : Xuroson – joy nomi.
1. Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o‘zga xalqlar ibrat ola
bilsinlar. (O.) 2. “Toshkent” mehmonxonasi, Navoiy teatri..., yigirma
qavatli bino – hammasi xuddi kaftda turgandek aniq ko‘rinadi. (P.Q.)
3. Ikki yildirki, Mosh ular xonadonining haqiqiy a’zosi bo‘lib
qolgandi. (S.A.) 4. Hali u stolni
yasatib ulgurmagan ham ediki,
cho‘pon yigit “Moskvich”da to‘rxalta to‘la baliq olib keldi.(S.A.) 5.
Kasalxona hovlisiga kirishlari bilan mashina to‘xtab, Chuvrindi tushib
qoldi. (T.Mal.) 6. Juldur- juldur Ibodinsoqov chalpak bo‘lib uchadi.
(T.M.) 7. -Bo‘riqul, chang‘aroqni yop-e, oftob tushib qoldi! (T.M.) 8.
Suv yo‘q , Sharof Rashidovich, suv yo‘q! –dedi. (T.M.) 9.Abdulla
chamadonini yerga qo‘yib, rovonga ko‘tarildi. ( O‘.U.) 10.Mashhur
Yusufjon qiziqning o‘z shogirdi Oxunjon qiziqqa yutkazgan joyi ham
shu Mingbuloq bo‘lgan. ( O‘.U.)
Dostları ilə paylaş: