O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. O‘qing. Umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

17-mashq. O‘qing. Umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz 
va bo‘yoqdor so‘zlar so‘zlarni toping. Ularni izohlang. 
1. O‘qishiga xalaqit beradigan nimaiki uchrasa, hammasini 
keskin rad etib kelyapti. (P.Q.) 2. Sen ilmga o‘zingni butkul 
bag‘ishlamasang, ilm senga hech nima in’om qilmaydi. (T. Mal.) 3. 
Donishmandning shohga ehtiyoji yo‘q, ammo shoh donishmandga 
hamisha muhtojdir. (T. Mal.) 4. Foyda bermas nodonlarga haqiqat 
shamin yoqish, Budir go‘yo kecha-kunduz zarang toshga mix qoqish. 
(H. Irfon.) 5. Havo aytarli sovuq emas, biroq kuchsiz izg‘irin badanni 
junjiktiradi. (T. Mal.) 6.Havo yuzini to‘sgan parda ko‘tarilgach, 
cho‘lquvarlar o‘rinlaridan turib, paxtazor tomon yurishdi. (S. 
Karomatov.) 7. Tomchi sel bo‘lmas, dushman el bo‘lmas! (O. Y.) 8. 
Vahobovning chehrasidagi quvonch o‘rnini ma’yuslik qopladi, ammo 
qalbida jo‘sh urayotgan umid so‘nmadi. (S. Karomatov.) 9. Zo‘r 
daryodan kanal, ariq va egatlar orqali g‘o‘zalarga obihayot olib 
borilgani kabi, tarix daryosidan har bir bo‘lajak eshituvchisining 
ongiga olovli haqiqat olib bormoqchi edi. (P. Q.) 10. Hayotda shunday 


22 
daqiqalar bo‘ladiki, kishi o‘z maqsadini aniq belgilab olishi zaruratga 
aylanadi. (S. Karomatov.) 11. Tilning go‘zallik qoidasi – mantiq va 
tabiiylik, boylik manbai xalqchillik. (Asqad Muxtor.) 12. Cho‘lda qish 
qancha qahrli kelsa, bahor shuncha muloyim bo‘ladi. (S. Karomatov.) 
13. Eh, ko‘ksi so‘qirlik ko‘zi so‘qirlikdan qanchalik yomon Shuncha 
ajoyib mashinalar kashf etgan dono odamlar nega kishining yuragini, 
fikru e’tiqodini ro‘yi rost ko‘rsatadigan, aniqlab beradigan birorta 
asbob o‘ylab topolmaydilar (Shuhrat.) 
18-mashq. Quyidagi gaplar ichidan iboralarni toping va 
ma’nosini izohlab, ular ishtirokida yangi gaplar tuzing. 
1.
Shundagina u tark etilgan guliga behad achinib ketdi, dilini 
g‘ussa chulg‘adi. (A.S.Ekzyuperi.) 2. Devorning shundoqqina tagida, 
odamni chaqsa, yarim minutda til tortmay o‘ldiradigan bir ilon 
bo‘ynini gajak qilgancha Kichkina shahzodaga tikilib turardi. 
(A.S.Ekzyuperi.) 3. “Ha, shuning uchun og‘zi qulog‘ida ekan-da!” 
(O‘.H.) 4. “Kelganiga ancha bo‘lgan ekan-da...” – Alimardon nima 
uchun quvonayotganini o‘zi bilmasa ham qizdan ko‘z uzolmay qoldi. 
(O‘.H.) 5. Alimardon uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatar, 
miyasi g‘uvillab ketgan, chalkash tuyg‘ular ichida to‘lqinlanar edi. 
(O‘.H.) 6. U favvoradan ko‘z uzmay o‘tirar, chehrasi suv ichida 
aylanayotgan nurlar aksida goh qizarib, goh ko‘karib ko‘rinardi. 
(O‘.H.) 7. Muqaddam shiftga tikilgancha yotar, xayoli chuvalashib 
ketgan, nimani o‘ylayotganini o‘zi bilmasdi. (O‘.H.) 8. Lekin tabiatan 
ko‘ngli ochiq kishi bo‘lgani uchun Sodiqni ko‘rib, o‘rnidan turdi. (Sh. 
X.) 9. Barot chol katta choynakda choy keltirdi, stolning u boshiga 
qo‘yib, qo‘l qovushtirdi. (Sh. X.) 10. Biroq uning ko‘ngli juda 
yumshoq edi. (J.Vern.) 11. Notanish kishi kapitan ko‘prik hasiga 
qaytdi va kema panjarasiga tirsaklarini tiragancha tag‘in o‘yga 
cho‘mdi. (J.Vern.) 12. Negaligini xudo biladi-yu dilimni yana 
qo‘rg‘oshindek g‘ashlik qopladi. (A.S.Ekzyuperi.). 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin