9-mashq. Antonim so‘zlarni juftlang va ular ishtirokida gap
tuzing.
Yaxshi, urush, xafa, avval, yo‘g‘on, kecha, ilgari, ozg‘in,
tinchlik, qora, ingichka, keyin, yolg‘onchi, xursand, dushman, yomon,
bugun, hozir, qisqa, oz, keng, yer, kun, qari, semiz, rostgo‘y, uzun,
ko‘p, tun, yosh, tor, osmon, do‘st, oq.
10-mashq. Gaplar tarkibida qo‘llangan paronim so‘zlarni
toping va ma’nolarini izohlang.
1.
Mana shu uch buyuk qadriyatni xalqimiz asrlar davomida
hamisha e’zozlab kelgan. (I.A.Karimov.) 2. Naql qilishlaricha, bir
yigit yov qo‘liga asir tushadi. (Ch.A.) 3.Vertolyot Ola Mo‘nguning oq
qorli, ko‘k muzli dovonidan oshib o‘tib, bulutlar ortida ko‘zdan g‘oyib
bo‘lgandan keyin ham Akbar yana anchagacha o‘ziga kelolmay, qalt-
qalt titrab turdi. (Ch. A.) 4.1409-yilda Durbek o‘zining “Yusuf va
Zulayho” dostonini tugatadi va alohida devon sifatida turkiy xalqlar
orasida tarqalib ketadi. (Muxtor Shoxonov) 5. Ot egar-abzali og‘ib,
oyoqqa turdi. (Ch. A.) 6. Sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan
afzal. (O.) 7. Ona quyosh dastlab qaldirg‘och qanotiga o‘xshab
ko‘rinadi-da, zum o‘tmay tog‘ning yassi cho‘qqisida qip-qizil mis
tovoqday tovlanib, vohaga ajib bir zar to‘kadi. (T.M.) 8. – Ana endi,
quyoshda mazza qilib, toblanib yotamiz. (T.M.) 9. Onamiz qalb amri
bilan paxtakorlarga yordam bergich onaxon bo‘lib surat tushar bo‘ldi.
(T.M.) 10. Buxoro amiri dorga torttirgan ziyo axli orasida Shoakbar
Zunnuniy ismli zotning buyuk salohiyat egasi bo‘lgani haqid atarix
kitoblarida bir qancha satrgina bor. (T.Mal.) 11. O‘n yildan beri kichik
ilmiy xodimlikdan bir enlik ham siljimabdi. (T.Mal.) 12.– Bundan
ellik yil burun Jazoirda yashar, davra ko‘rgan, erka, bedard edim.
(O.Muxtor.) 13. Zelixon sof ko‘ngilda to‘yona bergan bo‘lsa-da,
gaplaridagi ohangda biroz manmanlik, minnat sezilgan edi. (T.Mal.)
14.Oqpodsho qamchi sopini Ibodin soqov peshonasiga nuqilaydi.
(T.M.) 15. – Ollohdan qo‘rqinglar, bunday bema’ni urushga bel
bog‘lashdan tiyilinglar. (T.Mal.) 16. Loy urish oson, loy olib berish
qiyin. (T.M.) 17. Asar bugungi kitobxonni ham hayajonga solishi,
hayot va muhabbat degan sehrli narsa haqida o‘ylashga undashiga
umid qilaman. (O‘.H.) 18.Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm
deb yuritiladi. (M. Hamrayev) 19. Derazamning ro‘parasida bir tup
daraxt yaproqlari oltin tusda sarg‘ayibdi. (X.Do‘stmuhammad)
19
20.Yana bir payt tanbur chalganimdan keyin, yana og‘zini qulog‘im
tubiga keltirib: -Endi bas qilsang ham bo‘ladi,-dedi. (S.Ayniy)
Dostları ilə paylaş: |