O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


- mashq .  O‘qing. Metafora



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

3- mashq

O‘qing. Metafora
va metonimiya yo‘li bilan ma’nosi 
ko‘chgan so‘zlarni aniqlang. Bu so‘zlarning tagiga chizing va 
ma’no ko‘chish xususiyatini izohlang. 
1. ... Ikki ko‘zi har nav mollar bilan to‘la xurjunni.elkaga 
tashlab, ...inqillab kirdi. 
(O.)
2. Charchamagan bo‘lsangiz 
«Nautilus»ning quyruq tomoniga yuring. 
(J. Vern.)
3. Darhaqiqat, suv 
osti kemasining tumshuq qismini ko‘rib bo‘lgan edim. Kemaning 
o‘rtasidan tumshug‘igacha joylashgan xonalar o‘z tartibi bilan 
quyidagicha edi... 
(J. Vern.)
4. Bulbullarning dudog‘idan uchgan 
navoni Qo‘shiqlarim qanotida olib keltirdim. 
(E. V.)
5. Tog‘larning 
etagidan uchib maysaga yetar. 
(M.)
6. Butun qishloq bizni so‘zlaydi, 
To‘yimizni doim ko‘zlaydi. 
(H. G‘.)
7. Dod deyman! Mahallani 
boshimga ko‘taraman. 
(H. G‘.)
8. Bir «Opa-doktor» degan Yoqib 
qolgandi xalqqa; Yarim Toshkent tanirdi. 
(M.)
9. Qosh qoraygach
barcha yig‘iladi: Maktab, ferma, hamma xonadon... 
(M.)
10. Zal 
gurillab kulib yubordi. 
(A. Q.)
8. Ne kerak zaminni titratmas surur, 
Ko‘kni zir titratmas ohni netamiz. Ko‘p ham davronnishin 
bo‘laverma, yur, Hazrat navoiyga ketamiz. (M.Abdulhakim.)
4-mashq

Gaplarni o‘qib, ko‘chma ma’noli so‘zlarni aniqlang. 
Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘zli gaplarni ko‘chiring; 
ma’nosi ko‘chgan so‘zning tagiga chizib, uning metonimiyadan 
farqini tushuntiring. 
1. Quvnoq tongning oltin bo‘sag‘asida Tongni kutar quvnoq ming-
ming ko‘z. (M.) 2. – Qanaqa tashvishni aytyapsiz, oqsoqol? (H. N.) 3. 
Egizakni ko‘p tug‘ar qo‘ylar, Ko‘payadi suruvda tuyoq. (M.) 4. Hoshim 
zo‘r, Ergash polvon va boshqa qing‘ir oyoqlarning ishlari Haydarbekka 
ayon. (N. S.) 5. – ... Qulingizdan qoladigan yolg‘iz tirnoq bu. Ishqilib 
mendan keyin yetimligi bilinmasin! (Y. Sulaymon.) 6. Qiyig‘ing uchida 
sen ko‘tarib kelgan to‘rtta olma yeyman deb turgan sakkiz og‘izga nima 
bo‘ladi. (H.G‘.) 7. Eshitgan quloq nima deydi? (H. G‘.) 8. Uqubatli 
kunlarni Endi ko‘rmasin boshlar. (M.) 9. Allo, hozir Toshkent bilan 
gaplashasiz, – dedi telefonistka. (Y.Sh.) 10. Yo‘li menga besh qo‘ldek 
ravshan bo‘ldi. (Y.Sh.)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin