17-mashq. Orfoepik me’yorga mos holda berilgan so‘zlarni
o‘qing. Har bir so‘zning orfografik shaklini yozing, talaffuzi va
yozilishidagi farqini izohlang.
Bangkir, botingka, ko‘ngilchang, mungqaymoq, to‘ngka,
esangkiramoq, sho‘xchang, danggasa, boxcha, denggiz, ko‘langka,
qizilo‘nggach, shtanga, shinggil, janggavor, banggi, quloxchin,
qizixchilik, oxshom, zixna, to‘xson, jinggalak, soxchi, go‘shangga,
vaxt, vaxtincha, o‘xtalmoq.
18-mashq
.
Avval sirga’luvchi, so‘ngra qorishiq j undoshini
ifodalovchi harf ishtirok etgan so‘zlarni ajratib, ularni ikki ustun
shaklida yozing.
Jasur, gijda, jamoat, jabra, jabr, jirafa, daraja, jumla, jadval,
jandarm, abajur, anjir, journalist, zotiljam, ijozat, ijobiy, passajir,
mavj, majlios, morj, projector, reja, hajv, shajara, falaj, injener, falaj,
javob, jo‘yak, jurnalxon, Jeneva, erjim, tajriba, iskanja, ajdar, mujda.
Sirgaluvchi j
Qorishiq j
19-mashq. Quyidagi so‘zlarni talaffuzda i ortishi yoki
ortmasligiga qarab ikki ustunga ajrating.
Asr, mehr, po‘st, bahs, ilm, kort, urf-odat, hazm, sabr, ufq, neft,
mashq, jahd, ganch, dafn, zehn, shavq, zavq, husn, fasl, vahm, qirq,
burch, qunt, ont, rasm, elektr, silindr, barg, zulf, kasb, aql.
i ortadi
i ortmaydi
20-mashq.
O‘qing. So‘zlarni qaysi orfografik tamoyilga
asoslanib yozilganini izohlang.
1. - Shu sababli, biz o‘z mustaqilligimizni qanday qiyinchiliklar
bilan, va qanday sinov va suronli kurashlar bilan qo‘lga kiritganimizni
yana bir bor eslashimiz o‘rinli, - deb o‘ylayman. (I.A.Karimov.) 2.
Ochiq derazadari tip-tiniq osmonning bir chekkasi ko‘rinib turardi.
(O‘.H.) 3. Berendik tog‘a pulni ayamasdan o‘zini hasharotlar
kolleksiyasini straxovaniya ham qildirib qo‘yar edi. (J.Vern.) 4. Biz
“Adolat-qonun ustuvorligida”
degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal
qilib yahashimiz zarur. (I.A.Karimov.) 5. - Ikkalamiz shu yerlarda
12
sigir boqardik, - u birdan kulib yubordi, - Alimardon o‘shanda ham
shayton edi... (O‘.H.) 6. Ichkari qorong‘iroq bo‘lgani uchun
Alimardonning yuzini aniq ko‘rolmasa ham, uning karavot yonida tik
turgancha rubob chalayotganini ko‘rdi. (O‘.H.) 7. Oyoqlari tagida
dumaloq bo‘lib ochilib turgan fok yelkani, tepasida esa fokmarsel
yelkani shamolday yoyilib yotar edi. (J. Vern.)
Dostları ilə paylaş: |