14
LEKSIKOLOGIYA
1-mashq. Quyida berilgan gaplardagi so‘zlarni lug‘aviy va
grammatik ma’nosiga ko‘ra ta’riflang.
1.–Bir safar men bir kunda qirq
uch marta quyosh botishini
tomosha qilganman! (A.S.Ekzyuperi.) 2. Demokratiya ustun bo‘lgan
jamiyatda konstruktiv sog‘lom oppozitsiyaning roli juda katta bo‘ladi.
(I.A.Karimov.) 3. –Nonushta vaqtim bo‘lib qoldimi deyman,-dedi u
saldan
keyin.-
Baraka
topkur,
menga
yordam
qilarsiz-a?
(A.S.Ekzyuperi.) 4. Shu kuni ertalab Botirov Salimovning kelib qolishi
mumkinligidan darak berib ketgan edi. (J. Abd.)5. “Sayr qilsa arziydigan
tun, - dedi Ketrin. – Bevosh kecha, nimasini aytasiz”. (E. Xeminguey.)
6. Axir, turmush ko‘lmak suv emas, oqib turgan bir daryo-ku!
(O.Y.)
7. Yuzim chaydim chiroyingga, oyingga... (Qo‘shiqdan.) 8. Yaramas,
fosiq odamlar bilan suhbatdosh bo‘lish ilonni asrashga o‘xshaydi. Ilon har
qancha asralsa ham, zahari va ziyoni kamaymaydi, balki ko‘payadi. (“Oz-
oz o‘rganib dono bo‘lur”.)
2-mashq. Quyidagilar gaplardagi ko‘chma ma’nodagi so‘zlarni
aniqlang. Ularning o‘z ma’nosini qatnashtirib gaplar tuzing.
1.
Rangi
biroz siniqqan, ammo ko‘rkam chehrasida qat’iyat
balqib turgan yigit ko‘zlarini chirt yumib uxlab yotardi. (O‘.H.) 2.
Anvar uning ko‘zlaridan o‘ziga qadrdon bo‘lib qolgan iliq mehrni
sezdi-yu quvonib ketdi. (O‘.H.) 3. – Shoir bo‘lolmadingiz! –
Muqaddam kulgi to‘la ovozda uning gapini kesdi. Keyin yupatdi: –
Mayli, jurnalist bo‘ldingiz-ku! (O‘.H.) 4.
Muqaddam ishga kelgan
birinchi kuniyoq bu ayol qishloqda “Huri do‘xtir” deb tanilib
ketganini, odamlar uni qattiq hurmat qilishini eshitgandi. (O‘.H.) 5. U
yengil-yengil qadamlar bilan hovli tomonga yurib ketdi. (O‘.H.) 6.
Alimardon hozir uning yuragiga bigiz sanchishidan zavqlanar, ich-
ichidan toshib kelgan kulgisini arang bosib turardi. (O‘.H.) 7. –Xo‘sh,
ishlar qalay endi, o‘rtoq direktor? Paxtaning mazasi yo‘q-ku? (Sh. X.)
8. Nazarov taxir, chuchmal suyuqlikni ichib yubordi – hayhot! – yarim
soat orasida ko‘zi charaqlab ochilib ketgandek bo‘ldi! (Sh. X.) 9. –
O‘zlaringga ma’lumki,– tabassum bilan
boshladi partkom sekretari,–
o‘tirishda har xil mavzuda gap ochiladi. (Sh. X.) 10. O‘ktam ularni
ko‘rib o‘rnidan
turgan edi, o‘zlari qaraguncha chorpoya qoshiga
suyanib turaverdi. (Sh. X.)