O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

 
5- mashq.
O‘qing. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarni 
toping. So‘z ma’nosi qaysi yo‘l bilan ko‘chganligini izohlang. 
1. Surxonboy zal etagida tik turib bolalarini uzundan-uzoq duo 
qildi. (I. R.) 2. Oyoqda og‘ir etik Asfaltda taraqlardi, Soldatlar 
etigidek Tumshug‘i yaraqlardi. (M.) 3. Bir oshnam «she’r» o‘qib, 


16 
chapak chalmasa, zalga o‘shqiribdi – «talant» emish u... (M.) 4. Sen 
o‘zing go‘zalsan, ey O‘zbekiston, Bog‘imiz husniga jahon boqmoqda. 
(M.) 5. Igna zahrin mendan so‘ramang, Tob berganman ne 
zahmatlarga. O‘ttizga kirsam ham cho‘chib turaman, Ko‘zim tushsa 
oq xalatlarga. (E. V.) 6. «Akamdan bitta-yu bitta shu tirnoq qoldi», – 
dedi u. (Y. Sulaymon.) 7. Modomiki maslahatni mendan emas
mahalla qora ko‘zlaridan so‘ramoqchi ekansiz, so‘rang, qani bular 
nima der ekanlar. (N. S.) 8. Oyga uchayotgan kosmonavt agar so‘rasa 
ne kitob olishni, u dam – Navoiy-yu Pushkin, G‘afuru Tagor Va olib 
uch derdim Tixonovni ham. (M.) 9. Qizning mehrini, iltijosini sezgan 
saman ot buloq boshida bo‘yin egib turib berdi. (H.G‘.)
 
10. Men 
so‘ngsiz bir azob, muhtasham bir dard, Qo‘rg‘oshindek og‘ir xayolga 
o‘g‘il. O‘ylayman.. qorachiqqa poyonsiz nafrat, Kipriklarga mehr 
qalqadi, mo‘g‘ul. (M.Abdulhakim.) 
6-mashq. Quyidagi gaplar orasidan omonim bo‘lgan so‘zlarni 
toping.
1.
Tushga qolmay yukimiz ot aravaga otildi. Ahmad Mirzo bo‘sh 
kelmay, uning yo‘lini to‘sdi:-Tush pastga (Sh.X.) 2.Yolg‘onchining 
muruvvati bo‘lmaydi. U har insonga zahar sochadi. (M.Kamol.) 3. 
Muqaddam uning qo‘llari chakkasidagi sochlariga tekkanini sezib
cho‘g‘ tekkanday seskandi. (O‘.H.) 4.Yuziga salqin shabada urildi, 
orom oldi.(T.Mal.) 5. – Bunday qahramon yuz yilda bir marta 
tug‘iladi. (M.Osim) 6. Ana, ko‘chada tramvay, trolleybuslar bor. Bor, 
toshingni ter! (Sh.X.) 7.Gul bag‘rini nasim tildi- to‘kildi. (U.Xayyom.) 
8. Muhabbatli, mehrli, go‘zal, janona tilim, Asl durdona tilim. 
(B.Yarash.) 9.Rahmi kelib bulutning Yig‘lab to‘kar yoshini (E.V.) 10. 
Tarixiy jarayonlarni yoshlarimiz, butun mamlakat ahli yangi ong hissi 
bilan qabul qildi. (K.Normatov.) 11. “Alif”laring o‘q qilib ot ular 
ko‘ksiga. (Sh.Qurbon.) 12. Shu yerda turib o‘q otaman. (S.A.) 13. 
Do‘ppaygan qorni lip-lip ucharmish. To‘rt –besh bo‘yra eni qorni 
kurab yerni ochardi.(S.A.) 14.Keyin telefon trubkasini olib bog‘ni 
ulashni buyurdi. (S.A.) 15.Yaxshidan bog‘ qolar , yomondan dog‘. 
(Maqol.) 16.Amudaryo suvlaringdan o‘tolmayman. (A.Sobirov.) 17. 
Dov-daraxt, o‘t-o‘lan xuddi yer kabi oltin tus oladi.(O‘.H.) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin