O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjud



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

2-mashq. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar mavjud 
bo‘lgan so‘zlarni toping. 
1. Kapitan Gul havo o‘zgarishini kutishga majbur edi. (J.Vern.) 
2. Anhor yuzi sekin-sekin qoraya boshladi. Qayerdadir chigirtka 
chirilladi. (O‘.H.) 3. Vovvillayotgan ovoz eshitilyapti, shekilli. 
(J.Vern.) 4. Albatta, bu aytilgan gaplar yangilik emas. (I.A.Karimov.) 
5. U uzun yo‘lakning oxiriga yetib, o‘ng qo‘ldagi bir eshikni ochdi. 
(Sh. X.) 6. Muqarrar falokat tuyg‘usi tag‘in vujud-vujudimni muzlatib, 
karaxt qilib tashladi. (A.S.Ekzyuperi.) 7.Muqaddam sarg‘ish jingalak 
sochli, serharakat, xushchaqchaq yigitni esladi. (O‘.H.) 8. Bularning 
barchasi oddiy bir haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi. (I.A.Karimov.) 
9. Munira ikkilanmasdan qaror qildi: u ketamiz desa, o‘zi qoladi. (Sh. 
X.) 10. Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz 
ajdodlarimizning donishmandlik an’analariga amal qilib, teran 
anglagan holda, qat’iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz
mamlakatimizning 
yangi 
qiyofasini 
shakllantirish 
yo‘lidan 
bormoqdamiz. (Sh.M.Mirziyoyev.) 


25 
 3-mashq

Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchasi mavjud 
bo‘lgan so‘zlarni ajrating. 
Bu quruqlik yoki biror orol bilan tutashgan burumasmikan? 
(J.Vern) 2. U kuyovlardek yasanib, yangi kostum-shim kiyibdi. 
Ko‘kish yaltiroq galstuk taqib olibdi. (O‘.H.) 3. G’allaning xarid narxi 
oshganligi g‘allakorlarga taxminan 3 milliard sof foyda keltiradi. 
(I.A.Karimov.) 4. Xona past, bozorga ochiladigan derazasining bir 
ko‘ziga qog‘oz yopishtirilgan, xavosi bo‘g‘iq, achigan non, paypoq 
hidi kelar, lekin sim karavotlarga yap-yangi guldor ko‘rpalar solib 
qo‘yilgan edi. (Sh. X.) 5. Oxirgi kuni ertalab u odatdagidan ko‘ra 
boshqacharoq 
g‘ayrat bilan sayyorasini tozalashga kirishdi. 
(A.S.Ekzyuperi.) 6. Anvar oyoqlarining uchigacha muzlab ketganini 
his qilib, Alimardonning beparvo ko‘zlaridan ma’no qidirib qoldi. 
(O‘.H.) 7. Bu fozil odam bo‘lib, matematika fanlariga moyilligi zo‘r 
edi. (J.Vern) 8. – Shamshiddinov, bir soatga yaqin shu to‘g‘rida 
gaplashdik, xayolingiz mijozlaringizdamidi? (Sh. X.) 9. Negaligini 
xudo biladiyu dilimni yana qo‘rg‘oshindek g‘ashlik qopladi. 
(A.S.Ekzyuperi.) 
10. 
Anvar 
yumshoq 
o‘rindiqli 
kresloni 
Alimardonning oldiga surdi. (O‘.H.) 11. Inson huquqlarini himoya 
qilish masalalari bo‘yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan 
ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda. (Sh.M.Mirziyoyev.) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin