32
20-mashq
.
O‘qing. Olmoshlarni aniqlab, ma’no jihatdan turini
ayting va jadvalga yozing. Ularni qatnashtirib misollar tuzing.
Olmoshlarning ma’nosiga
ko‘ra turlari
Misollar
Kishilik olmoshlari
Ko‘rsatish olmoshlari
So‘roq olmoshlari
Belgilash olmoshlari
O‘zlik olmoshi
Bo‘lishsizlik olmoshlari
Gumon olmoshlari
21-mashq. Gaplar tarkibidagi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlarni
topib tahlil qiling.
1.Pichir-pichir eshitaverib ko‘zim ketadi. (T.M.) 2. Oradan yillar
o‘tib, urushda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan to‘xtamga kelib qoldi.
(T.M.) 3. Uzr, “a’lo hazratingni” deyishim kerak edi, negaki, xudodan
senga marhamat bo‘lmaydi…(V.Sh.) 4. Esim qursin,
ovqatga
unnamay o‘tirishimni qara. (O‘.U.) 5. – Bo‘shashma, kichkina bola,
oz qoldi! – deb qo‘yardi. Biroq o‘zi ham qattiq charchaganidan ovozi
bo‘g‘ilib chiqardi. (Ch.A.) 6. Shu-shu bo‘ladi-
bobomiz dalasi yuzini
qaytib ko‘rmas bo‘ladi. (T.M.) 7. Negaligini xudo biladiyu dilimni
yana qo‘rg‘oshindek g‘ashlik qopladi. (A.S.Ekzyuperi.) 8.
Ochiq
derazadari tip-tiniq osmonnin g bir chekkasi ko‘rinib turardi. (O‘.H.)
9. Kemada u dengizchilik hunarini o‘rgana boshladi. (J.Vern.) 10.
Bizning shefimiz o‘sha aytgan odamingiz bilan Muniraxon to‘g‘risida
gaplashgan ekan. (Sh. X.)
Dostları ilə paylaş: