13-mashq
.
Berilgan asos (o‘zak) morfemalarga sifat yasovchi
qo‘shimchalar qo‘shib, sifat yasang.
1. Quyidagi so‘zlardan qo‘shma sifat hosil qiling, yoniga qavs
ichida qaysi so‘z turkumlaridan hosil bo‘lganini ko‘rsating va yozilish
qoidasini tushuntiring. Xomkalla (sifat-ot). to‘g‘ri, kulcha, jigar, sarv,
bodom, yoqa, qiziq, uzun, och, katta, qora, yalang.
2. Sifatlar tarkibini tahlil qiling, ularni morfemalarga ajrating.
Madadkor, xayoliy, madaniy, saxiy, salmoqdor, siyosiy, musiqiy,
sitamgar, zotdor, tabiiy, jinoiy, falsafiy, xurofiy, jo‘g‘rofiy, quvnoq,
oqsoq, g‘ovak, qiziq, iliq, ma’rifiy, sha’riy.
14-mashq. O‘qing, sifatlarni topib, darajasini ayting. Qiyosiy
va orttirma darajali sifatlar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib,
sifatlarning o‘xshash va farqli tomonlarini izohlang.
1. U o‘taketgan darajada sovuqqon, chaqqon, shijoatli va
farosatli odam edi. (J. Vern.) 2. O‘zining kiyimlari... unikiga
qaraganda qalin, issiqroq edi. (S.Anorboyev) 3. Otalar o‘z bolalarini
dunyodagi bolalarning eng zo‘ri, eng xushbichimi deb bilishadi. (S.A.)
4. Yunus bobo... Safarning og‘zaki salo-midan kura ko‘proq xatidan
umidvor bo‘lganini payqadi. (F. Niyoziy.) 5. U o‘zining shavq-zavqini
ularga nisbatan yanada dabdabaliroq ifodalar edi. (S. B.) 6. Lekin
hammasidan ham xavflirog‘i anovi Mirza. (N. Biryukov.) 7. O‘z uyi
oldida, o‘z devorida unga eng og‘ir, eng dahshatli hukm bitilgan edi.
(S.A.) 8. Odamlar bilan ishlashdan muhimroq va mushkulroq narsa
yo‘q, azizim. (H G‘.) 9. Bu yerdagi kunimiz achchiq edi, u yerda
tag‘in ham achchiqrog‘ini totidik. (O.) 10. U eng toza buloq suvidan
ham tiniqroq. (J. Vern.)
30
15-mashq. Quyidagi gaplarda ishtirok etgan son so‘z
Dostları ilə paylaş: |