O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Matnni o‘qing. Otlarni topib, ma’no jihatidan turini



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

9-mashq. Matnni o‘qing. Otlarni topib, ma’no jihatidan turini 
ayting. 
1. Ketma-ket uzatilgan chelak va savtlarni keksalar yerga 
ag‘dardilar, xirmon borgan sari ko‘paydi. (O.) 2. Bir zumda mashinani 
o‘rmonga olib kirdik-da, pastqam joyga yashirdik. Uning izini ham 
tekislab tashladik. (T.Rustamov.) 3. Gullar, to‘smang yo‘limni, yellar, 
tutmang qo‘limni, Namanganlik nozanin yo‘limda intizormish. (H.S.) 
4. Sen kuylading va birin-ketin Borlig‘imni chulg‘adi xayol. (H.S.) 5. 
Xira qilar ko‘zlarining yashini yulduzlarni, Go‘yo quyosh yaqinlashib, 
qamashtirar ko‘zlarni. (Sh.Rustaveli.) 6. Bobomiz Oqpodsho tarafga 
ko‘z qirida qaraydi. (T.M.) 7.General Skobelev kun botarda tashrif 
etadi(T.M) 8.O‘zbekistonda televizor joriy bo‘ldi. (T.M.) 9.Mashhur 
Yusufjon qiziqning o‘z shogirdi Oxunjon qiziqqa yutkazgan joyi ham 
shu Mingbuloq bo‘lgan.(O‘.U.) 10.Ammo ikki yildan beri, otasi 
kasalga chalinib yotib qolganidan beri kelmagan buvisini juda 
sog‘ingan edi. ( O‘.U.) 
10-mashq. Turdosh otlarni yakka va jamlovchi otlarga ajratib 
yozing.
1. - Davlat uchun qo‘shinning ne darajada kerakli ekanini biz 
ham bilurmiz, - majlisga qarab gapirdi Navoiy. (O.) 2. Sultonmurod 
o‘zini chetga olishga tirishsa ham, xalq to‘lqini uni surib ketdi.(O.) 3. 
Tongda qirga ketgan podalarning kechda ma’rashib, bolalarini 


28 
sog‘inib yelib-yugurib qaytishlari qanday go‘zal! (Sh.X.) 4. Dastani 
shu yerga tushiraman-u, nari yoqqa borib aravani yana Qoravoyga 
beraman. (S.A.) 5. Shu asnoda dala yo‘lidan chang va suron bilan 
paxta karvoni chiqib, katta yo‘lga qo‘shildi.(O.) 6. Hamma ham oshna 
bo‘lsa, butun kollektiv bir og‘ayni bo‘lsa, qandoq yaxshi. (S.A.) 7. 
Qancha qishloqlar yaralib, qancha-qanchasi yemirildi, qancha elatlar 
keldi, ketdi, qanchasi bir umrga turg‘un bo‘lib qoldi. (J.Abd.) 8. 
Namozi asrga yaqin olomonning g‘azabi asta-asta sovuna boshlab, bir 
qismi tarqaldi. (O.) 9. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el 
qoshida manzur va mo‘tabar bo‘lsin. (O.) 10. Nimasini aytasiz, tor-
mor keltirilgan korpus qoldiqlaridan yangi armiya tuzish qiyin bo‘ladi. 
(L.Jarikov) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin