O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq .  O‘qing, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

22-mashq

O‘qing, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, 
ma’nosidagi farqni tushuntiring. Ularni ikki ustun shaklida yozib
bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalovchi vositalar tagiga chizing. 
1. Miyasi g‘ovlab ketgan Mirzo Ulug‘bek boshini ko‘tarib yon-
veriga qaraydi. Oftob ko‘rinmas, osmonni qora bulut qoplab olgan edi. 
Dalalar va adirlarda, o‘rib olingan bo‘g‘doyzorlarda, hatto olis-
yaqindagi bog‘larda biron-bir odam qorasi ko‘zga chalinmas hatto 
qirlarda mollar ham ko‘rinmas edi. Go‘e Mirzo Ulug‘bek lashkari 
emas, talanchi qo‘shin bostirib kelayotganday, tirik jon borki, bari 
qochib in-iniga kirib ketgan. Ha, fuqaro bobosi Amir Temur 
davridayoq jang-jadaldan bezgan, yuragi zirqirab qolgan. 


33 
Mirzo Ulug‘bek og‘ir xo‘rsinib oldinga, ko‘kimtir tuman orasida 
elas-elas ko‘zga chalingan tog‘larga tikildi. Ilgarilab ketgan qo‘shin 
ko‘rinmas, faqat oldindagi yassi qir va adirlarda ot o‘ynatib yurgan 
suvorilar guruhi ko‘zga chalinar edi, xolos. (O. Y.) 
II. 1. Navoiy Binoiyning iste’dodini mehr bilan parvarish qildi, 
har bir ishda do‘stona ko‘magini ayamadi. (L. Bat.) 2. Shunday hayot 
tug‘ildiki, u sensiz yashay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. 
(Asqad Muxtor.) 3. Shunday paytlarda u na chala olardi, va na ashula 
ayta olardi. (J. Ikromiy.) 
23-mashq

O‘qing, bo‘lishsiz fe’llarni topib, bo‘lishsizlik 
ma’nosi qanday ifodalanganini ayting, ularni bo‘lishli shaklga 
aylantiring.
1. Hechqisi yo‘q, azizim, men dunyoda juda katta boylikka – sof 
vijdonga va xushomadgo‘ylik qilmay ilmu fan bilan shug‘ullanish 
imkoniga egamen. Buni mendan hech kim tortib ololmaydi. 
Bilimlarimni boshqalar bilan o‘rtoqlashmoqni ham hech kimsa 
taqiqlay olmaydi. 
(L. Bat.) 
2. Ahillik bor yerda temir ham suvga 
cho‘kmaydi. 
(Sh.) 
3. Chin do‘stlikning alangasi so‘nmasin der 
ekanmiz, Birinchi shart – bo‘lmog‘imiz lozim do‘st-la birga biz, 
Ikkinchi shart – do‘st yo‘lida ayamaslik simu zar, Uchinchi shart – 
do‘st-la bo‘lmoq og‘ir kunda barobar. 
(Sh. Rustaveli.) 
4. Ilm-hikmat 
bilan ko‘tariladigan shosupaga qurol bilan chiqib bo‘lmaydi. 
(K. 
Hamro.) 
5. Munisxon va’da bergan vaqtida kelmay qolmaydi. 
(A. Q.) 
6. Na cho‘zilar, na yonboshlar – bo‘sh turardi to‘shak-joy.
(Sh. 
Rustaveli.)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin