O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


- mashq .  Gaplarni o‘qing. Arxaik va tarixiy so‘zlarni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
ona tili mashqlar to\'plami

15- mashq

Gaplarni o‘qing. Arxaik va tarixiy so‘zlarni 
aniqlab, ikki ustun shaklida yozing. 
1. Qo‘llarida aso, keksalar, Yuzlarida ziyo, keksalar. (E. V.) 2. Bu 
maktabxona bo‘lib, mullavachchalar haftiyak yodlashardilar. (P. T.) 3. 
Besh paysa yemni ayagan kezlaringda, qor kurab, ildiz topib berdim 
ularga. (I. R.) 4. Tirak bo‘ldi – loy iylab, charx tepdi, yorg‘uchoq tortdi. 
(M.) 5. Mushtlashish, ur-yiqitni mirshablar ham bosolmadi. (M.) 6. 
Abduvahob tezgina chipta oldi va yo‘lovchilarga qo‘shildi. (Sh. 
Toshmatov.) 7. Bo‘lmasa sizning o‘g‘lingizga o‘xshab shayton arava 
minsinmi?... (H. N.) 8. – Sening ishing kolxozimizning sekretari mulla 
Muqimning anketa to‘ldirishiga o‘xshaydi. (A. Q.) 9. Kemtik tishday 
omochga muhtoj dehqon bechora. (Q. H.) 10. Xon o‘rdasining mutavaffo 
mirzolaridan bittasining madrasada o‘qub yurg‘an o‘g‘li bor edi va 


21 
uyida chaqich chaynab o‘lturgan o‘n olti yoshliq qizchasi ham bor edi. 
(A.Qod.) 
16-mashq

Gaplarni o‘qing. Tarixiy so‘zlar ishtirok etgan 
gaplarni ko‘chirib, shu so‘zlar tagiga chizing. Arxaik so‘zlarning 
sinonimlarini toping. 
1. Mirzo Ulug‘bek ilmi riyoziyot va handasa borasida ust-ustiga 
savollar berdi. (O.Y.) 2. Kichkina-kichkina, shiftiga bosh tekkudek 
do‘konlarda baqqollar, attorlar, bazzozlar, vopurushlar, poyakilar o‘z 
mollari bilan savdo qilishadi. (H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 3. 
Yigitlarni to‘playver, yuzboshi qilib qo‘yaman. (H. Nu’mon, A. 
Shorahmedav.) 4. Tun yarmidan oqqan, olis qirlar ortidan ko‘tarilgan 
zaifgina hilol shu’lasida borliq sokin, osuda uyquga cho‘mgan. 
(O.Yo.) 5. Bugun bu yerga politsmeyster, pristav, qozi, mingboshilar, 
ellikboshilar kelib, xalqqa va’z-nasihat qilmoqchi. (H. Nu’mon, A. 
Shorahmedov.) 6. ...Mana paxta orqasida o‘zi yonar chiroqqayam 
yetishdik. (O.) 7. Niyoz harifining qo‘lini qattiq burab orqasiga 
qayirdi. (H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 8. Zavod sizga bo‘nak beradi. 
(H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 9. Kelasi bahorda sherkatning yerini 
o‘t omoch bilan haydashsa kerak. (H. Nu’mon, A. Shorahmedov.) 10. 
Bu amirlarga ishonma, o‘g‘lim! Ularni sodiq bo‘lsin desang, 
qilichingni ilkingda mahkam ushla.(O.Y.) 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin