8
egiladi, lekin sinmaydi! Kelajak
va tarix sizning bu xatti-
harakatlaringizni kechirmaydi! (O.Y.) 6. Yigit yalt etib qo‘shni dalaga
qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar
chuvillashib paxta
terishayotgan edi. (M.I.)
8-mashq
.
O‘qing. Gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga
ajratib, bo‘g‘inlarning turi va tuzilishini ayting.
1. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan tinglab,
uncha ham
ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 2. Ayvonda bosma gulli
bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar o‘tirardi. (O.) 3.
To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod bu
to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 4.
Salohdor fonusni baland
ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 5.
Ummatali boshqa gap so‘ramadi. Ishini bitkazib egarga mindi-yu,
xayr ham demay jo‘nab ketdi. (S.A.) 6. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi,
husnixat ol: sen kulolning qizi emassanki... (A.Qod.)
Dostları ilə paylaş: