O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-aprelda “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-aprelda “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113- sonli qarori hamda shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 10-apreldagi 116-12-0-Q/23-sonli qarorlarining ijrosi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-aprelda “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-sonli qarori, shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil
10-apreldagi 116-12-0-Q/23-sonli qarorlarining ijrosi yuzasidan tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozorda aholi talabini ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Qaror qilaman 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-aprelda “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113- sonli qarori hamda shu yuzadan Xorazm viloyati hokimining 2023-yil 10-apreldagi 116-12-0-Q/23-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
4. Tuman qishloq xo‘jaligi bo’limi (X.Sobirov), fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (P.Matchonov) bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi, savdo-xarid tashkilotlari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari o‘rtasida 2023- yil hosili uchun mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga va ularning o‘z vaqtida bajarilishiga mas’ul etib belgilansin.
5. Tuman irrigatsiya bo’limi (T.Xo’janiyazov) hududlar rahbarlari bilan birgalikda sug‘orish mavsumida tasdiqlangan suv olish limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, sug‘orish jadvallari asosida o‘z vaqtida suv bilan ta’minlasin.
6. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi (X.Sobirov) hudud rahbarlari bilan birgalikda uch kun muddatda 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun tuman hokimligiga kiritsin.
8.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari X.Sabirov zimmasiga yuklansin.
1-ilova
Viloyat tumanlarida 2023-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklar tomonidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI