T/r
|
Tadbir nomi
|
Amalga oshirish shakli
|
Amalga oshirish muddatlari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
|
1.
|
Quyidagilarni nazarda tutuvchi intel�ektual mulk sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish:
Internetning kundalik hayotdagi tobora oshib borayotgan rolini inobatga olgan holda tovar belgilari “ommabopligi”ning aniq mezonlarini belgilash;
intellektual mulk obyektlarini (tovar belgisi, sanoat namunasi va boshqalar) nohalol ro‘yxatdan o‘tkazish tushunchalarini mustahkamlab qo‘yish;
tovar belgisidan foydalanishning aniq holatlarini uning maqsadli qo‘llanilishini nazarda tutgan holda belgilash.
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi
|
2019-yil iyun
|
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar
|
2.
|
Milliy qonunchilikka intellektual mulk sohasida umume’tirof etilgan xalqaro standartlarni, shu jumladan Xalqaro savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari bo‘yicha bitimi talablarini inobatga olgan holda implementatsiya qilish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2019-yil oktyabr
|
Adliya vazirligi (Davletov), vazirlik va idoralar
|
3.
|
Intellektual mulk huquqi sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llash huquqini adliya organlariga taqdim etgan holda, intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi
|
2019-yil iyun
|
Adliya vazirligi (Davletov), Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Tadjiyev), DBQ (Azimov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), IIV (Bobojonov)
|
4.
|
Intellektual mulk obyektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish.
|
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi
|
2019-yil iyun
|
Adliya vazirligi (Davletov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (Raximov), Oliy sud (Kamilov), DBQ (Azimov)
|
5.
|
Patent vakillari institutini, shu jumladan:
patent vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash tizimini;
patent vakillarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini;
Intellektual mulk agentligining rasmiy veb-saytida patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini real vaqt rejimida audio va videotranslatsiya qilish amaliyotini joriy etish orqali patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish qoidalarini;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida advokatlarga patent vakillari sifatida faoliyat yuritish huquqini berish orqali takomillashtirish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2019-yil avgust
|
Adliya vazirligi (Davletov)
|
6.
|
Intellektual mulk sohasidagi integratsiya jarayonini inobatga olgan holda, amaldagi patent bojlari stavkalarini qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan 2020-yil 1-yanvardan boshlab patent bojlari va to‘lovlar stavkalarini, shuningdek norezidentlardan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi va sanoat namunasiga huquqiy muhofaza taqdim etish uchun undiriladigan individual bojlar stavkalarini bosqichma bosqich kamaytirishni nazarda tutish.
|
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
|
2019-yil aprel
|
Adliya vazirligi (Davletov), Moliya vazirligi (Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), vazirlik va idoralar
|
|