temperaturasi-T1 hajmi-V1
va bosimi P1 bo’lsin. Agar gazni izobarik ravishda T2 temperaturagacha qizdirsak gaz kengayib V2 hajmni egallaydi
V2
V1
Termodinamikada ish tushunchasi
Gazning hajmi o’zgarganda, u tashqi bosim kuchiga qarshi ish bajaradi. Bu ish termodinamik ish deb ataladi.
Gaz qizdirilganda, gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligining hamda o’rtacha kinetik energiyasi ortadi, bu hol gazning ichki energiyasini oshishiga olib keladi.
Tezliklari (kinetik energiyasi) ortgan gaz molekulalarining porshenga borib urilishi natijasida porshenni biror ∆h masofaga siljitadi.
Energiyaning saqlanish va aylanishining issiqlik hodisalarga joriy etilgan qonuni termodinamikaning birinchi
qonuni deb ataladi. Qonun quyidagicha ta’riflanadi:
Sistema bir holatdan boshqa holatga o’tganda uning ichki energiyasining o’zgarishi tashqi kuchlar sistema ustida bajargan ish bilan sistemaga uzatilgan issiqlik miqdorining yig’indisiga teng
U A Q
Izojarayonlarga termodinamikaning birinchi qonunini qo’llanishi
Izotermik jarayon.
Izotermik jarayonning yuzaga kelishi uchun ichida erkin harakatlana oladigan porsheni bo’lgan silindr gaz bilan to’ldirilib, temperaturani o’zgartirmay ushlab turadigan asbob termostatga joylashtiriladi.
Izotermik jarayonda gaz kengayganda A1 ish bajaradi va termostatdan bajarilgan ishga teng bo’lgan issiqlik miqdori oladi.