Molekulyar fizikaning makroskopik yoki mikroskopik jismlar to’plamidan iborat bo’lgan sistemaning xususiyatlarini va unda sodir bo’layotgan turli xil jarayonlarni, Energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi va ular orasidagi munosabatlarni aniqlash orqali o’rganadigan bo’limi TERMODINAMIKA deyiladi.
Energiya
Biror moddaning bir butun energiyasi deganda – shu moddaning kinetik energiyasi bilan moddaning tashqi kuchlar maydonidagi potensial energiyasi hamda shu moddalarni tashkil etgan mikrozarrachalar ya’ni moddaning ichki energiyasi yig’indisi tushuniladi.
W Wk Wp U
Ichki energiya
Har qanday moddaning molekulalari tartibsiz harakatda bo’lganligi sababli, molekulalar kinetik energiyaga ega bo’ladi
Molekulalar orasida tortishish va itarish kuchlari mavjudligi tufayli fazoda ular bir- biridan ma’lum masofada joylashadi. Demak molekulalar potensial energiyaga ham ega bo’ladi
Ichki energiya
Molekulyar kinetik nazariyaga asosan makroskopik jismni tashkil etgan barcha molekulalarning tartibsiz harakatining kinetik energiyalari bilan barcha molekulalarning bir – biri bilan qiladigan o’zaro ta’sirining potensial energiyalari yig’indisi – modda(jismn)ning ichki energiyasiga tengdir