Ideal gaz molekulalari bir-biri bilan o’zaro ta’sirlashmasligi sababli ularning o’zaro ta’sir potensial energiyasi nolga teng.
Shuning uchun ideal gazning ichki energiyasi molekulalari tartibsiz harakati kinetik energiyaning yig’indisidan iborat.
Ideal gazning Ichki Energiyasi uning massasi bilan absolyut temperaturasi hamda erkinlik darajalari sonining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional, molyar massasiga teskari proporsional
n k U E Ek ... Ek 2
1
i m R T U
2 M Ichki energiya Massa Molyar massa Absolyut temperatura Erkinlik darajalari
Ichki energiya
Har qanday jism ichki energiyasi issiqlik holatiga bog’liq bo’lgani uchun, jism issiqlik holatining o’zgarishi bilan ichki energiya ham o’zgaradi.
Modda bir agregat holatdan boshqa agregat holatga o’tganda masalan: qattiq holatdan suyuq holatga o’tganda, suyuq holatdan gaz holatga o’tganda, suyuq holatdan qattiq holatga o’tganda jismning ichki energiyasi o’zgaradi.
Issiqlik miqdori
Bir jismdan ikkinchi jismga ish bajarmasdan energiya uzatish jarayoniga issiqlik almashinuvi yoki issiqlik uzatish deyiladi.
Issiqlik almashinuvi jarayonida jism olgan yoki yuqotgan ichki energiya miqdorini belgilovchi fizik kattalikka issiqlik miqdori deyiladi.
Issiqlik uzatilish jarayonida jism olgan yoki yuqotgan issiqlik miqdori quyidagicha hisoblanadi
2 1
Q mc(t t )
Jism massasi
Solishtirma issiqlik
sig’imi
Oxirgi
temperatura
Boshlang’ic h temperatura