O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti


Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə64/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

18.1. Korxonalar moliyaviy holati tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari


Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo’lib korxonalar moliyaviy xolatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy xolati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, to’lovga qodirligi, o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlari xolati kabi jihatlarini ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko’rsatkichlar darajasini o’rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham ushbu ko’rsatkichlarni o’z vaqtida tahlil qilib turish – korxonaning moliyaviy axvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustaxkamlash uchun shart sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan tahlilning ahamiyati nixoyatda katta va beqiyosdir.






Moliyaviy xolat taxlilining maksadi nimadan iborat?

Taxlilning maksadi bulib, moliyaviy borkarorlik darajasini, tulovga kodir ahvolini, o’z va qarz mablag’lari bilan ta’minlanishdarajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga bo’lgan holatini o’rganishasosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko’rsatish hisoblanadi.



Taxlilning asosiy vazifalari kuyidagilardir:
1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish.
6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin