mablag‟larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Soliqlardan
xo‟jalik sub„ektlari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikka ta„sir ko‟rsatishda ham
Davlat iqtisodiyotni tartib solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham
foydalanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda asosiy kapitalga
hisoblanadigan jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‟ynaydi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‟yilmalari muhim rol o‟ynaydi.
Jumladan, bozor kon„yunkturasi yomonlashgan, turg‟unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo‟yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odamda o‟sadi.
Shu orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‟sishiga qarshi
turishga harakat qiladi.
SHuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator
shakllarini ham ajratib ko‟rsatish mumkin:
1. Davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
2. Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni
davlat tomonidan rag‟batlantirish hamda iqtisodiyotdagiikibiy siljishlarni
ta„minlash;
3. Investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‟sishni davlat tomonidan tartibga
solish;
4. Ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta„sir ko‟rsatish;
5. Qishloq xo‟jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakllaridan eng ustuvori
Dostları ilə paylaş: