5) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya„ni iqtisodiy tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
Bozor xo‟jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat
hisoblangan huquqiy asosni ta„minlash vazifalarini o‟z zimmasiga oladi. Buning
uchun xususiy korxonalarning huquqiy mavqeini mustahkamlash; xususiy
mulkchilik huquqini ta„minlash va shartnomalarga amal qilishni kafolatlash;
korxonalar, resurslarni yetkazib beruvchilar va iste„molchilar o‟rtasidagi
munosabatlarni tartibga soluvchi qonuniy bitimlarni ishlab chiqish va boshqalar.
Davlat ijtimoiy muhitni ta„minlaydi, ya„ni ichki muhitni tartibga soladi,
daromadlar tengsizlikini kamaytiradi, yordamga muhtojlarga yordam beradi,
iqtisodiyotda to‟liq bandlikni ta„minlash uchun umumiy sarflar, ya„ni xususiy va
davlat sarflarining hajmi yetarli bo‟lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne„matlar
va xizmatlarga o‟z xarajatlarini ko‟paytiradi, xususiy sektorning sarflarini
rag‟batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Dostları ilə paylaş: