Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta„minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va
xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‟zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish
hisoblanadi.
Bunda iqtisodiy tsiklni barqarorlashtirish, milliy xo‟jaliklarning tarmoq va
mintaqaviy tuzilishini takomiilashtirish, atrof-muhit holatini yaxshilash kabilarni
bajarish lozim.
Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab
chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vaziflarni hal qilishga qaratiladi. Bular
jumlasiga iqtisodiy o‟sishni rag‟batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va
mintaqamiy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‟llab-quvvatlash, eksportni himoya
qilish kabilarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |