Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə1/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI





FERMER XOʻJALIGINI BOSHQARISH” KAFEDRASI


AGROLOGISTIKA”




TAYANCH KONSPEKT

Kirish
“Bugun jamiyatimiz shuni anglab oldiki, hayotimizni yaxshilash, aholi turmush darajasini koʻtarish, iqtisodiyotimizning samaradorligini oshirish, xalqimizni boqish, istiqbolimizni rejalash - xullas, qanday muammo, qanday masalani koʻrmaylik, ularning aksariyati birinchi navbatda qishloq xoʻjaligiga borib taqaladi. Hammamizni boqadigan, ozuqa beradigan soha-qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridir».
Oʻzbekiston agrar-industrial davlat boʻlganligi sababli, mamlakat iqtisodiyotida agrar soha muhim oʻrinni egallaydi. +ishloq xoʻjaligi mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatini xom-ashyo bilan taʼminlash bilan bir qatorda, ishga yaroqli aholining katta qismini ish bilan taʼminlash va jamiyatdagi barcha tabaqalarning kayfiyatiga ham taʼsir koʻrsatib turadi.
Shu bois iqtisodiy islohotlar dastlabki navbatda agrar sektordan boshlanib har bir bosqichda oʻz ijobiy natijalarini berib kelmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning tahlili va tajribalar natijalari shundan dalolat bermoqdaki, soha rivoji uni intensivlashganlik darajasi bilan bevosita bogʻliqdir, ushbu muhim omilga yetarlicha eʼtibor bermaslik, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga moʻljallangan barcha islohot va dasturlarning barbod boʻlishiga olib keluvchi sabablardan biri boʻlgan. Shuning uchun agrar isloh qilish yoki tarmoqni rivojlantirish strategiyasini belgilashda tarmoqda innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yangi texnika va texnologiyalari jalb qilish orqali uni intensivlashtirish darajasini oshirishga katta eʼtibor berilmoqda.
Agrar sohada tub oʻzgarishlarga erishish hamda, islohotlarni keng joriy etish uchun eng avvalo, iqtisodiyotni erkinlashtirish va shu asosda qishloq xoʻjalik tizimida logistikani qoʻllash mavjud muammolarni yechishni osonlashtiradi.
Maʼlumki turli sifatga ega boʻlgan moddiy oqimlarning harakatlanishiga oid faoliyat turlari logistikaning mazmunini tashkil etadi. Logistika asosiy mazmun va mohiyati jihatidan xomashyo va materiallarni ishlab chiqaruvchilarga, istemolchilarga yetkazish jarayonlarini rejalashtirish, nazorat qilish, transport operatsiyalarini tashkil etish va boshqarish, yuklarni omborlarda saqlashni tashkil etish, mahsulotlarni isʼtemolchiga uning talablariga koʻra yetkazib berish bilan bogʻlik muammolar yechimini topishni koʻzda tutadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish ularni oʻzaro bogʻliklikda tahlil va tadqiqot etish, tizimli yondashuv va logistik yondashuvni talab qiladi, chunki umumiy jarayonlarning har biri oʻz navbatida juda murakkab ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarni optimallashtirishni talab qiladi.
Shuning uchun ham qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishini optimallashtirish logistikani qoʻllashni taqozo etadi va bu fanni oʻrganish muhim hisoblanadi.
Qishloq xoʻjalik tizimida logistik taʼminotining nazariy asoslarini va ularni Oʻzbekistonning oʻziga xos sharoitlariga tadbiq qilish imkoniyatlarini yanada chuqurroq oʻrganish, hozirgi kun talabidir.
Logistikaning ijobiy xususiyatlarini ongli ravishda qoʻllashni boshlagan olimlar va amaliyotchilar qatorida, birinchi navbatda, atrof muhitning tahlili, amaliy hisob yuritish, oziq-ovqatlarni taqsimlash, inson faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni bashorat qilish va boshqa sohalarda ish yuritgan qadimgi va oʻrta asrlardagi yirik mutaxassislarni tilga olish lozim. Ammo ularning koʻpchiligining nomlari bizgacha yetib kelmagan. Fransuz olimi Vyett (16 asr), fransuz keyinchalik esa rus olimi Jomini (19 asr), nemis olimi Ryustov (19 asr),kabilar birinchilardan boʻlib, logistika, uning xususiyatlari va uslublari haqidagi maʼlumotlarni yigʻib, rivojlantirib, ularni yetarlicha butun boʻlgan ilmiy-amaliy tizim koʻrinishiga keltirganlar. Oʻsha paytlarda atrof muhit tahlili, inson hayotiy faoliyatining eng ahamiyatli jarayonlarini boshqarish hamda tizimli ravishda aniq hisob-kitoblar asosida bashorat qiluvchilarni logistika boʻyicha mutaxassis deb hisoblashgan.
Harbiy, xoʻjalik va ilmiy tizimlarni logistik boshqaruvning amaliyoti samarasini oshirishga va nazariyasini keskin rivojlanishiga, oʻtgan asrning 30-chi va 50-70 yillarida chet el olimlari, izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar, hamda dunyoning kuchli ishlab chiqarish, transport, tijorat kompaniyalarining jamoalari ulkan hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda ilk bor olib borilayotgan logistik izlanishlar hamda ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining har xil turlarini boshqarishda logistik yondashuvning amaliyotga kirib borishi, yangi xoʻjalik sharoitlariga oʻtayotgan, mamlakat iqtisodiyotidagi rivojlanayotgan ustuvor yoʻnalishlar va ehtiyojlarga javoban turli sohalarga logistika tamoyillari izchillik bilan amalga oshmoqda.
Logistikaning ijobiy xususiyatlarini joriy qilinishiga, birinchi navbatda, ishlab chiqarish faoliyati yoʻnalishini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi bozoridan isteʼmolchi bozori tomon oʻzgarishi sabab boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida moddiy-texnik taʼminot, sotish, transport taʼminoti va mamlakatda ilgari mavjud boʻlmagan ulgurji va chakana savdo sohalaridagi qator jiddiy va chuqur izlanishlarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Xarajatlarni logistik optimallashtirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligini, ishlab chiqarish, moddiy-texnik taʼminot, sotish, savdo va faoliyatning boshqa yoʻnalishlarida yuzaga kelayotgan yangi sharoitlarda transport xizmatlari koʻrsatishning dolzarbligi va ishonchliligini hisobga olgan holda, mamlakatda qishloq xoʻjaligi logistikasi bilan shugʻullanuvchi tadqiqotchilarning safi shakllanmoqda.
Qishloq xoʻjaligi bilan bogʻlik ayrim funksional jarayonlarning murakkabligi va oʻziga xos xususiyatlariga ega ekanligi uchun, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarishda logistik yondashuv imkoniyatlarini, hamda logistik xizmat koʻrsatishning huquqiy taʼminoti muammolari ustida izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy tovar ishlab chiqaruvchilar, tovarlarni mijozlarga yetkazib beruvchilar va ushbu bozorni chet el kontragentlari bilan integratsiyalashuvi jarayonlari, xalqaro iqtisodiy aloqalar logistika sohasidagi tadqiqotlarni, ustuvor ekanligini belgilab beradi.
Logistik tadqiqotlar oʻtkazilishi jarayonida, yigʻilgan ilmiy salohiyat, jumladan, kibernetika, tizimlar, graflar, ishonchlilik, kelishuvchanlik, tasodifiy jarayonlar, iqtisodiy-matematik va iqtisodiy-statistik modellashtirish, dasturlash nazariyalarini va ilmiy izlanishlarning boshqa usullarini, va shuningdek axborot va kompyuter texnikasini qoʻllashning shakllari va uslublari takomillashib bormoqda. Bundan tashqari logistika oʻz xususiyatlariga muvofiq, bozorning talablariga mos keladigan yangi izlanishlar uslubiyotlarini va ularni amalga oshirish texnologiyalarini tizimli va majmuaviy tarzda yondashishga turtki boʻlishi va yordam berishi lozim.


Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin