Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə10/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

5. Taqsimot logistikasi
“Taqsimot” soʻzi juda keng qoʻllaniladi, uning lugʻaviy maʼnosi – biror-bir narsani kimlargadir (nimalargadir) boʻlib berish, unda har biriga oʻziga tegishli qismi taqdim etilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotdagi taqsimot – bu ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichidir, oldin moddiy neʼmatlarni ishlab chiqarish, keyin esa taqsimlash, yaʼni yaratilgan mahsulotdagi har bir ishlab chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu ishlab chiqarilgan mahsulotga boʻlgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning oʻzi esa, masalan ombordagi sabzavotlar, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi.
Logistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir maʼnosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bogʻliq qonuniyatlar ham eʼtiborga olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy predmeti hisoblanmaydi. Taqsimot logistikasida oʻrganiladigan asosiy predmet – mavjud materiallar zaxirasining jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash lozim, qaysi yoʻnalish boʻyicha joʻnatish kerak, omborlar tarmogʻi kerakmi (kerak boʻlsa, qanday?), qanday vositachilar kerak – aynan shu masalalarni taqsimot logistikasi yechishi lozim boʻladi.
Logistika moddiy oqimlarning toʻliq boshqaruvini oʻrganadi va amalga oshiradi, shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, yaʼni nimanidir kimlargadir boʻlib berish zarur boʻladi:

  • tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar taqsimlanadi;

  • yuklar korxonaga kelib tushgandan soʻng, ular saqlash joylari boʻyicha taqsimlanadi;

  • ishlab chiqarishning har xil boʻlimlari oʻrtasida moddiy zaxiralar taqsimlanadi;

  • savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo.

Taqsimot logistikasi bu isteʼmolchining talab va manfaatlariga muvofiq tayyor mahsulotni ungacha yetkazish jarayonidagi tashish, omborga qoʻyish va boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalarni rejalashtirish, nazorat qilish va boshqarish toʻgʻrisidagi bilimlar majmuidir. Shu bilan birga ushbu axborotni uzatish, saqlash va qayta ishlash ham taqsimot logistikasi doirasiga kiradi.
Taqsimot logistikasi quyidagi tamoyillarga asoslangan:

  • moddiy va axborot oqimlarini boshqarish jarayonini marketing maqsadlari va vazifalariga boʻysunishi;

  • taqsimot jarayonining ishlab chiqarish va xarid jarayonlari bilan tizimli oʻzaro aloqasi (moddiy oqimlarni boshqarish nuqtai- nazaridan);

  • taqsimot ichidagi barcha funksiyalarning tizimli oʻzaro aloqasi.

Taqsimot logistikasining taʼrifi quyidagicha ifodalanadi: taqsimot logistikasi – bu xar xil ulgurji xaridorlar oʻrtasidagi, yaʼni ulgurji savdo jarayonida amalga oshiriladigan, oʻzaro aloqador funksiyalar majmuasidir.
Chakana savdo jarayoni, odatda, logistikada tadqiqot etilmaydi. Bu jarayon samaradorligi, logistika doirasidan tashqaridagi omillarga bogʻliq, masalan isteʼmolchilar psixologiyasini bilishga, savdo zalini bezash mahoratiga, reklamani tashkil etishga va boshqalarga. Chakana savdo jarayonida moddiy oqimlarning ratsional tashkil etilishi albatta zarur, ammo uning ahamiyati moddiy oqim harakatining oldingi bosqichlaridagiga nisbatan ancha kam.
Shuni ham aytish lozimki yuqorida aytilganlarning barchasi butun chakana savdo jarayoniga emas, (u oʻz ichiga ulgurji xarid va chakana savdolarni oladi), balki faqatgina chakana savdoga, yaʼni isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatishga, tegishli.
Taqsimot logistikasining oʻrganish obyekti – yetkazib beruvchidan isteʼmolchigacha boʻlgan harakat bosqichidagi moddiy oqimlardir.
Taqsimot logistikasi, yetkazib beruvchi – isteʼmolchi munosabatlarida moddiy oqimni boshqarish boʻyicha barcha vazifalar majmuini oʻz ichiga oladi. Bunda tayyor mahsulotni isteʼmolchigacha harakati jarayonida yechiladigan moddiy oqimlar boshqaruvi vazifalari asosiy oʻrinni egallaydi.
Taqsimot logistikasi vazifalarini yechish jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim:
-qaysi kanal boʻyicha mahsulotni isteʼmolchiga yetkazish;
-mahsulotni qanday qadoqlash;
-logistikaga omborlar tarmogʻi kerakmi, agarda kerak boʻlsa, qanday, qancha va qayerda;
-xizmat koʻrsatishning qaysi darajasini taʼminlash, va boshqa qator masalalar.
Mikro va makro darajadagi logistik taqsimot vazifalari tarkibi har xil. Korxona darajasida, yaʼni mikro darajada logistika quyidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi:
-realizatsiya jarayonini rejalashtirish;
-buyurtma qabul qilishni va qayta ishlashni tashkil etish;
-qadoq turini tanlash, butlash haqida qaror qabul qilish, va yuklashdan oldingi boshqa operatsiyalar bajarilishini taʼminlash;
-mahsulot yuklashni tashkil etish;
-yetkazib berishni tashkil etish va tashishni nazorat qilish;
-realizatsiyadan keyingi xizmat koʻrsatishni tashkil etish.
Makro darajadagi logistika vazifalari quyidagilar:
-moddiy oqimni taqsimlash chizmasini tanlash;
-xizmat koʻrsatiladigan hududdagi taqsimot markazlarning (omborlarning) optimal miqdorini aniqlash;
-xizmat koʻrsatiladigan hududda taqsimot markazi (ombor) joylashuvining optimal joyini aniqlash, hamda moddiy oqimni tuman, viloyat, mamlakat hududidan oʻtish jarayonining boshqaruvi bilan bogʻliq boshqa qator vazifalar.
Moddiy oqim xom - ashyo manbaidan, yoki ishlab chiqarishdan, yoki taqsimot markazidan chiqib, ishlab chiqarishga, taqsimot markaziga yoki oxirigi isteʼmolchiga borib tushadi.
Barcha xollarda moddiy oqim isteʼmolga borib tushadi, u esa ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish boʻlmasligi mumkin.
Ishlab chiqarish isteʼmoli – bu jamiyat mahsulotini ishlab chiqarish ehtiyojlarida, mehnat vositasi yoki predmeti (buyumi) sifatida joriy ishlatilishidir. Noishlab chiqarish isteʼmoli – bu jamiyat mahsulotini noishlab chiqarish sohalarining korxona va muassasalaridagi shaxsiy yoki aholi isteʼmoliga joriy ishlatilishidir.
Moddiy oqimning logistika chegaralarida harakatlanishining barcha bosqichlarida uni ishlab chiqarish isteʼmoli sodir boʻladi. Logistik zanjirni yakunlovchi soʻnggi bosqichdagina, moddiy oqim noishlab chiqarish isteʼmoli sohasiga tushadi.
Harakatlanishning barcha bosqichlarida, moddiy oqim logistik jarayon ishtirokchilarining mehnat predmeti sifatida xizmat qiladi. Ishlab chiqarish texnik maqsadlarda ishlatiladigan mahsulot harakati bosqichida bu qayta ishlanmagan xom-ashyo materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va boshqalar boʻlishi mumkin. Tovar harakati bosqichida moddiy oqim tayyor istemol mollari harakatidan iborat boʻladi.
Umumiy holda, moddiy oqimlarning yetkazib beruvchisi va isteʼmolchisi ikkita mikrologistik tizim sifatida nomoyon boʻladi, ular logistik kanal, yoki boshqacha qilib aytganda taqsimot kanali bilan oʻzaro bogʻlanganlar. Logistik kanal – bu moddiy oqimni muayyan ishlab chiqarishdan uning isteʼmolchisigacha yetkazishni amalga oshiruvchi, qisman tartibga solingan har xil vositalar koʻpligidir.
Moddiy oqimni yetkazib beruvchidan isteʼmolchigacha boʻlgan harakati jarayonining muayyan ishtirokchilari tanlanmaguncha bu koʻplik qisman tartibga solingan boʻlib qolaveradi. Bundan keyin esa logistik kanal logistik zanjirga aylanadi. Masalan mahsulotni vositachi firma orqali realizatsiya qilish xaqida qaror qabul qilinganligi, bu isteʼmolchi bilan bevosita ishlashni rad etib, taqsimot kanalini tanlashdir. Muayyan vositachi firmasini, muayyan tashuvchini, muayyan sugʻurta korxonasini tanlash esa – bu logistik zanjirni tanlashdir. Logistik zanjir – bu tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan ikkinchisigacha yetkazish boʻyicha logistik operatsiyalarni amalga oshiruvchi, logistik jarayon ishtirokchilarining chiziqli tartibga solingan koʻpligidir.
Makro logistika darajasida, logistik kanallar va logistik zanjirlar bu makro logistik tizimlar orasidagi aloqalardir. Makrologistik tizimnmng turiga bogʻliq holda taqsimot kanallari har xil koʻrinishga egadirlar. Toʻgʻri aloqalarga ega boʻlgan logistik tizimlarda taqsimot kanallari hech qanday ulgurji – vositachi firmalarga ega emas. Egiluvchan tizimlarda esa bunday vositachilar mavjud.
Taqsimot kanalini tanlashda, tovar harakati shaklini – tranzit yoki ombor – tanlash amalga oshiriladi. Logistik zanjir tanlanganda – muayyan distribyutor, tashuvchi, sugʻurtalovchi, ekspeditor, bankir va hokazolar tanlovi amalga oshiriladi. Bunda turli xil ekspert baholari uslubiyotlari, operatsiyalarni tekshirish uslubiyotlari va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Logistik kanalni tanlash imkoniyati, logistik jarayonlar samaradorligi oshishini muhim rezervi (zaxirasi) hisoblanadi.



Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin