Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə13/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

Yetkazishlarning belgilangan grafigini buzilish ehtimoli (kiruvchi moddiy oqim intensivligini bashorat qilib boʻlmaydigan pasayishi). Bunday holda, savdo jarayoni toʻxtab qolmasligi uchun, zaxiralar zarur boʻladi. Bu ayniqsa korxona daromadini shakllantirishda asosiy rol oʻynaydigan tovarlar uchun muhimdir.
Ishlab chiqarishda esa, jarayonlarning rejalashtirilmagan toʻxtab qolishi, ishlab chiqarishning uzluksiz sikliga ega boʻlgan korxonalar uchun ayniqsa xavflidir.
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish. Mahsulotlarni talab paydo boʻlgan sari kichik partiyalar bilan ishlab chiqarish mumkin. Unda zaxiralar kichik boʻladi, ammo bir birlik mahsulot tannarxi oshadi. Ikkinchi variant – bitta katta partiya ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turish. Bunday holda, zaxira oshgan taqdirda ham, bir birlik mahsulot tannarxi pasayishi mumkin.
Ishlab chiqarish va taqsimot operatsiyalarini bir tekisda amalga oshirish imkoniyati. Faoliyatning bu ikkita turi oʻzaro bogʻlangan boʻladi: ishlab chiqarilgan narsagina taqsimlanishi mumkin. Zaxiralar yoʻqligida, taqsimot tizimidagi moddiy oqimlar intensivligi ishlab chiqarish intensivligini oʻzgarishlariga muvofiq ravishda oʻzgarib turadi. Taqsimot tizimida zaxiralarning mavjudligi, ishlab chiqarishdagi vaziyatdan qatʼiy nazar, realizatsiya jarayonini yanada tekisroq amalga oshirishga imkon beradi.
Oʻz navbatida, ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligi, xom-ashyo yetkazishdagi oʻzgarib turishlarni tekislab, ishlab chiqarish jarayonining bir tekisligini taʼminlaydi.
Xaridorga tezda xizmat koʻrsatish imkoniyati. Xaridor buyurtmasini quyidagi usullarning biri bilan bajarish mumkin:

Oxirgi usul, odatda, eng qimmat boʻladi, chunki u zaxiralarni saqlashni talab etadi. Ammo raqobat muxitida aynan ushbu omil hal qiluvchi boʻlishi mumkin.
Ehtiyot qismlar boʻlmaganligi uchun yuzaga keladigan ishlab chiqarishdagi toʻxtashlarni kamaytirish. Asbob-uskunalarni ishdan chiqishi, ehtiyot qismlarning zaxirasi boʻlmagan taqdirda, ishlab chiqarish jarayonining toʻxtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu ayniqsa uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega boʻlgan korxonalar uchun muhimdir, chunki ishlab chiqarishning toʻxtab qolishi ular uchun qimmatga tushishi mumkin.
Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining soddalashuvi. Bunda korxona ichidagi ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zaxiralarini yaratish tushuniladi. Ushbu zaxiralarning mavjudligi har xil uchastkalardagi ishlab chiqarish jarayonlarining oʻzaro kelishuvchanligiga boʻlgan talablarni pasaytirish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda taʼkidlanishicha ishlab chiqarish, savdo va boshqa sohalarda ham zaxiralarni yaratish maqsadga muvofiqdir, aks holda xarajatlar oshib ketadi. Shu bilan birga zaxiralarning optimal kattaligini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jarayonlarni logistik tarzda tashkil etilishi, zaxiralar darajasini oshirmasdan bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni kamaytirishga, extiyot qismlarining yoʻqligi sababli, ishlab chiqarishda yuzaga kelgan toʻxtashlarni minimallaashtirishga, va zaxiralarning qator boshqa funksiyalarini amalga oshirishga imkon beradi.
Taʼkidlab oʻtilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan soʻnggi isteʼmolchigacha boʻlgan “zanjirni” istalgan boʻgʻinida zaxira koʻrinishida toʻplanishi mumkin. Har bir boʻgʻindagi zaxiralarni boshqarish esa oʻz xususiyatlariga egadir.
Yuqorida tilga olingan “zanjir” boʻylab harakatlanish chogʻida zaxiralarning 2ta asosiy turi yaratiladi:

  • ishlab chiqarish zaxiralari;

  • tovar zaxiralari;

Oʻz navbatida ularning har biri ham uchta turga boʻlinadi:

  • joriy zaxiralar;

  • ehtiyot zaxiralar;

  • mavsumiy zaxiralar;

Ishlab chiqarish zaxiralari – bu ishlab chiqarish isteʼmoli uchun moʻljallangan, moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud boʻlgan zaxiralardir. Bu zaxirani yaratishdan maqsad – ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini taʼminlashdir. Misol tariqasida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini keltirish mumkin.
Tovar zaxiralari – bu ishlab chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot zaxiralari, va shuningdek yetkazib beruvchidan isteʼmolchiga qadar boʻlgan yoʻldagi zaxiralardir (ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi).
Tovar zaxiralari oʻz navbatida ishlab chiqarish vositalarining tovar zaxiralari va isteʼmol buyumlarining tovar zaxiralariga boʻlinadi. Masalan, traktor ishlab chiqarish uchun lozim boʻlgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab chiqarish vositalari tovar zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yogʻ, sut mahsulotlarining zaxirasi esa bu isteʼmol buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi.
Aytib oʻtilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, ehtiyot va mavsumiylarga boʻlinadi.
Joriy zaxiralar – ishlab chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Zaxiralarning bu kategoriyasi, keyingi yetkazishlargacha boʻlgan davr ichida ishlab chiqarish yoki savdo jarayonining uzluksizligini taʼminlaydi. Joriy zaxiralar hajmi doimo oʻzgarib turadi.
Ehtiyot zaxiralari – turli xil koʻzda tutilmagan hollarda ishlab chiqarish yoki savdo jarayonini uzluksizligini taʼminlash uchun moʻljallangandir. Bunday hollarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • yetkazishlar davriyligi va kattaligi shartnomadagidan farq qilishi;

  • materiallar va tovarlarning turli sabablar bilan yoʻlda toʻxtab qolishi;

  • talabni kutilmagan oshib ketishi;

Shunday qilib, ehtiyot zaxiralari yaxshi rivojlanmagan xoʻjalik munosabatlari va notoʻgʻri bashoratlardan oʻzini asrash uchun yaratiladi.
Ehtiyot zaxiralarining hajmi, odatda, oʻzgarmas boʻladi.
Mavsumiy zaxiralar – ishlab chiqarish, isteʼmol yoki tashish mavsumiy xususiyatga ega boʻlganda paydo boʻladilar. Bu ayniqsa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tashish uchun ayniqsa muhimdir. Misol tariqasida yigʻim-terim mavsumida yoqilgʻi isteʼmolini keltirish mumkin. +ishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligini hisobga olgan holda unga tegishli deyarli barcha zaxiralar mavsumiy deb hisoblanishlari mumkin.
Bundan tashqari moddiy zaxiralarning quyidagi turlari mavjud:

  • oʻtuvchi;

  • tayyorgarlikli;

  • nolikvid;

  • yoʻldagi zaxiralar va b.

Oʻtuvchi zaxiralarga hisob davrining oxiridagi moddiy vositalar resurslarining qoldiqlari kiradi. Zaxiralarning ushbu turi hisob davridan keyingi davrdagi yetkazishgacha boʻlgan vaqt ichida uzluksizlikni taʼminlash uchun xizmat qiladi.
Tayyorgarlikli zaxiralar – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatishdan oldin qoʻshimcha tayyorgarlikni talab qiluvchi ishlab chiqarish zaxiralarining bir qismidir.
Nolikvid zaxiralar – bu uzoq vaqt davomida ishlatilmaydigan ishlab chiqarish yoki tovar zaxiralaridir. Ular, saqlash jarayonida tovarlar sifatining yomonlashishi, maʼnaviy eskirishi munosabati bilan paydo boʻladilar. Shuningdek bu zaxiralarga, endilikda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot uchun moʻljallangan zaxiralar ham kiradi.
Yoʻldagi zaxiralar – bu hisob vaqtida tashilayotgan, yaʼni yoʻlda boʻlgan zaxiralardir. Zaxiralarni yoʻldagi vaqti deganda, transportga ortilganidan to manzilgacha yetib kelishi uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Bu koʻrsatkich shartnomada kelishilgan, hamda turli transportlar uchun mavjud meʼyorlar boʻyicha belgilanadi.

  1. Buyurtma qilinadigan partiyaning optimal oʻlchamini aniqlash.

Zaxiralarni toʻldirish tizimi tanlangandan soʻng, buyurtma kattaligini va takrorlanish vaqtini miqdoran aniqlash lozim boʻladi.
Buyurtmaning optimal kattaligi va chastotasi quyidagi omillarga bogʻliq boʻladi:

  • talab hajmi;

  • transport-tayyorlov xarajatlari;

  • zaxirani saqlashga boʻlgan xarajatlar.

Buyurtma oʻlchami oshganda transport-tayyorlov xarajatlari kamayadi, chunki tovarlarni sotib olish va tashish katta partiyalarda, va demak kamroq amalga oshiriladi. Bu bogʻliqlikning grafigi 3-rasmda tasvirlangan.


Transport xarajatlari







Buyurtma ыlchami



Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin