Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə16/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
12. Таянч конспект Агрологистика

9. Transport logistikasi
Transport – bu odamlar va yuklar tashishni amalga oshiruvchi, moddiy ishlab chiqarish tarmogʻidir. Jamiyat ishlab chiqarishi tuzilmasida, transport moddiy xizmatlar ishlab chiqarish sohasiga mansubdir.
Moddiy oqimning birlamchi xom-ashyo manbaidan oxirgi isteʼmolchigacha boʻlgan harakati davomidagi logistik operatsiyalarning anchagina qismi, turli xil transport vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning xarajatlari, umumiy logistika xarajatlarining 50%gacha tashkil etishi mumkin.
Transport ishlab chiqarish va savdo jarayonlariga juda yaxshi kirib borgan. Shuning uchun ham transport, logistikaning koʻpgina masalalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga logistikaning yetarlicha mustaqil boʻlgan transport sohasi ham mavjud. Unda transport jarayoni ishtirokchilari orasidagi kelishuvlar, ularga mos moddiy oqim harakatining ishlab chiqarish-ombor boʻlimlariga aloqasi boʻlmagan tarzda koʻrib chiqilishi ham mumkin.
Transport logistikasi vazifalariga, birinchi navbatda, oʻz yechimi bilan, transport jarayonining bevosita ishtirokchilari harakatlarini oʻzaro kelishilganligini kuchaytiruvchi, vazifalar kiradi. Bunday vazifalarni yechishning dolzarbligi, transport ishlari alohida bir sohaga aylanganida paydo boʻladi.
Transport jarayonlarini tashkil etishga logistik yondashuv xususiyatlarini, aralash tashishdagi transport zanjiri boʻgʻinlarining oʻzaro taʼsiri misolida tushuntirishimiz mumkin.
Tranportda logistikaning qoʻllanilishi, ishlab chiqarish yoki savdodagi kabi raqobatchilarni transport jarayonida bir-birini oʻzaro toʻldiruvchi hamkorlarga aylantiradi.
Logistika, aytib oʻtilganiday, bu yagona texnika, texnologiya, iqtisod va rejalashtirishdir. Bunga muvofiq transport logistikasi vazifalariga transport jarayoni ishtirokchilarining texnik va texnologik taʼminotini, ularning iqtisodiy manfaatlari oʻzaro mos kelishini, hamda rejalashtirishning yagona tizimlarini ishlatishni kiritish lozim. Bu vazifalarning har biriga qisqacha tavsif berib oʻtamiz.
Butun yagona tashish jarayonining moddiy oqimini loyihalash va chiqib ketishda berilgan parametrlarga erishish imkoniyatlarini yaratadi.
Transport majmuidagi oʻzaro bogʻlangan transport turlarining ayrimlari ichida va turlararo qismida parametrlarning kelishilmaganligini bildiradi.
Bu kelishilmaganlik modal tashishni qoʻllashga, konteynerlar va yuk paketlari bilan ishlashga imkon yaratadi. Texnologik tashishning yagona texnologiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri yuk ortish-tushurishlarni, yuk ortish - tushishrishlarsiz aloqalarni bildiradi. Iqtisodiy bogʻliqlik – bu bozor konyukturasini tekshirishni va tarif tizimini barpo etishni umumiy metodologiyasidir. Birgalikdagi rejalashtirish – bu grafiklarning yagona rejalarini ishlab chiqish va qoʻllashni bildiradi. Shu munosabat bilan transport logistikasi vazifalariga quyidagilar kiradi.
-transport tizimlarini yaratish;
-transport–ombor jarayonining texnologik yagonaligini taʼminlash;
-transport jarayonining ombor va ishlab chikarish jarayonlari bilan birgalikda rejalashtirish;
-transport vositasi turini tanlash;
-tranport vositasi tipini tanlash;
-yetkazishlarning ratsional yoʻnalishlarini aniqlash va boshqalar.
Transport vositalarining turlari va sonini aniqlash vazifasi logistikaning boshqa masalalari bilan aloqadorlikda yechiladi. Muayyan bir tashish uchun optimal boʻlgan transport turini tanlash asos boʻlib boʻlib, transportning xar xil turlarining xususiyatlari toʻgrisidagi axborot xizmat qiladi. Logistika nuqtayi nazaridan transportning asosiy turlarini ustunlarini va kamchiliklarini koʻrib chiqamiz.

Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin