Oʻzbekiston respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


Qishloq xoʻjaligi logistikada ombor xoʻjaligi



Yüklə 339,51 Kb.
səhifə19/24
tarix26.09.2023
ölçüsü339,51 Kb.
#149103
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
12. Таянч конспект Агрологистика

10. Qishloq xoʻjaligi logistikada ombor xoʻjaligi
Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, xom-ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni logistik zanjirining u yoki bu boʻgʻinida biror vaqtga jamlab turish sharoitida, optimal yechimga ega boʻladi. Umumiy loyiha, jamlash joyida yukni nima qilish kerakligini koʻrsatib beradi. Balki, kelib tushgan yuk birliklarini qayta shakllantirib, tovarlarni qayta qadoqlab, biror vaqt saqlab, keyinchalik yangi yuk birliklarini shakllantirib, lozim boʻlgan vaqtda isteʼmolchiga yetkazib berish talab qilinishi mumkin. Aynan shu maqsadda logistik tizimlarda omborlar tashkil etiladi.
Omborlar – bu kelib tushgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash, ularni isteʼmolga tayyorlash va isteʼmolchiga uzatish uchun moʻljallangan binolar, inshooatlar va turli xildagi uskunalar majmuidir.
Mahsulot ishlab chiqaruvchiga xom-ashyo va birlamchi materiallarning omborlari lozim boʻladi. Ularning yordamida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi taʼminlanadi. Tayyor mahsulot omborlari sotuv uzluksizligini taʼminlovchi zaxiralarni saqlab turishga imkon beradilar. Savdo omborlarida tayyor mahsulotlar jamlanib oʻz isteʼmolchisini kutib turadilar.
Toʻgʻri tashkil etilgan logistik tizimni, omborlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Logistikada ombor faqatgina logistik jarayon koʻrsatkichlarini yaxshilash mumkin boʻlgan holdagina ishlatiladi. Shunday qilib, omborning asosiy roli bu moddiy oqimni optimallashtirish uchun sharoit yaratishdir.
Logistika, ombor ichidagi jarayonlarni toʻgʻri tashkil etilishini, hamda texnik, texnologik va boshqa jarayonlarni iqtisodiy muhit jarayonlari bilan bogʻliqligini taʼminlashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.
Logistikada omborlarni tovar harakati tizimining unsurlari sifatida, va shu bilan birga, mustaqil tizim sifatida koʻradilar. Bunga muvofiq masalalarning ikkita guruhini ajratadilar:

  • tovar harakati tizimini loyihalashda, omborlar bilan bogʻliq boʻlgan masalalar;

  • omborlar boʻyicha, mustaqil tizim sifatidagi, masalalar.

Omborlar logistik tizimlarning muhim unsurlaridan biri boʻlib hisoblanadilar. Zaxiralarni saqlash uchun maxsus jihozlangan joylarga boʻlgan obyektiv zaruriyat moddiy oqim harakatining barcha bosqichlarida kuzatiladi. Turli xildagi omborlar koʻpligini aynan shu bilan izohlash mumkin.
Omborlarning oʻlchamlari ham har xil boʻlishi mumkin: kichkina xonalardan to bir necha yuz ming kvadrat metr maydonga ega boʻlgan gigant omborlargacha.
Omborlar yuklarni joylash balandligi boʻyicha ham farqlanadilar. Bir omborlarda yuklar odam boʻyidan baland boʻlmagan joyda saqlansa, ikkinchi bir omborlarda maxsus uskunalar yukni 24m balandlikga joylashtiradilar.
Omborlar tuzilishi (konstruksiyasi) ham turlicha boʻlishi mumkin: ochiq va yopiq.
Omborlarda, agarda lozim boʻlsa, maxsus harorat, namlik va boshqa sharoitlar yaratilishi mumkin.
Ombor bitta korxona tovarlarini saqlash uchun moʻljallangan boʻlishi (individual foydalanish ombori) yoki lizing shartlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga beriladigan boʻlishi (jamoaviy foydalanish ombori) mumkin.
Shuningdek omborlar, ombor operatsiyalarini mexanizatsiya darajasi boʻyicha ham farqlanadilar: mexanizatsiya-lashtirilmagan, majmuaviy - mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan, avtomatik.
Omborlarni moddiy oqimning umumiy harakat jarayonidagi joylashish belgisi boʻyicha turkumlanishini mukammalroq koʻrib chiqamiz.
Omborlar turkumlanishining muhim belgisi bu yuklarni temir yoʻl yoki suv transporti orqali yetkazish va olib chiqish imkoniyatiga ega boʻlishdir. Bunga muvofiq stansiyalardagi yoki portlardagi omborlar (temir yoʻl stansiyasi yoki port hududida joylashgan), relsli omborlar (vagonlarni berish va olishga moʻljallangan relslarga ega) va chuqurdagi omborlar mavjud. Yukni stansiyadan yoki portdan chuqurdagi omborga olib borish uchun avtomobil transportidan foydalaniladi.
Saqlanayotgan yukning assortimentiga qarab, maxsus omborlar, aralash va universal omborlar boʻlishi mumkin.
Ushbu belgi boʻyicha omborlarni ikkita asosiy guruhga boʻlish mumkin:
Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar harakati uchastkasidagi omborlar;
Xalq isteʼmoli mollari harakati uchastkasidagi omborlar.
1 guruhga kiruvchi omborlar quyidagilar:

  • ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyor mahsulot omborlari;

  • ishlab chiqarish–texnik maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlarni isteʼmol qiluvchi korxonalarning xom-ashyo va birlamchi materiallar omborlari;

  • ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlarni muomala sohasidagi omborlar.

2 guruhga kiruvchi omborlar quyidagilar:

  • xalq isteʼmoli mollari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalar omborlari:

a) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish joyida joylashgan;
b) ushbu mahsulotlarni isteʼmol joyida joylashgan.

Yüklə 339,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin