Omborlarning funksiyalari Turli omborlarda bajariladigan ish hajmi taxminan bir xil. Chunki omborlar turli logistik jarayonlarda quyidagi oʻxshash funksiyalarni bajaradilar:
moddiy zaxiralarni vaqtinchalik joylashishi va saqlanishi;
xizmat koʻrsatish tizimida logistik servisni taʼminlash.
Har bir ombor kamida uch xil moddiy oqimlarni qayta ishlaydi: kiruvchi, chiquvchi va ichki.
Kiruvchi oqimning mavjudligi transportdagi yukni tushirish, uning miqdori va sifatini tekshirish lozimligini bildiradi. Chiquvchi oqim boʻlsa yukni ortish, ichkida esa omborlar ichida yukni harakatlantirish nazarda tutiladi.
Moddiy zaxiralarni vaqtinchalik saqlash funksiyasini amalga oshirilishi, yuklarni saqlashga joylashtirish, saqlash uchun zaruriy sharoitlarni taʼminlash, saqlash joylaridan yuklarni olish boʻyicha ishlarni bajarish zaruriyatini bildiradi.
Moddiy oqimlarning oʻzgarishi bir yuk partiyalari yoki yuk birliklari oʻrniga boshqalarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshadi. Bu yuklarni oʻz qadoqlaridan olib, yangi yuk birliklarini tashkil etish va ularni qadoqlash zarur ekanligini anglatadi.
Ammo bu omborlar toʻgʻrisida umumiy tushunchadir xolos. Yuqorida sanab oʻtilgan funksiyalarning har biri keng miqyosda oʻzgarib turishi mumkin. Bu esa ayrim logistik operatsiyalarning amalga oshirilish intensivligiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Bundan keyin, ombordagi logistik jarayonning koʻrinishi umuman boshqacha tus oladi.
Moddiy oqimni birlamchi xom-ashyo manbaidan to oxirgi isteʼmolchigacha boʻlgan harakatida uchraydigan turli xil omborlarning funksiyalarini koʻrib chiqamiz.
Ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyor mahsulot omborlarida:
Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar muomalasi sohasidagi ulgurji-vositachi firmalar omborlarida, yuqorida qayd etilganlardan tashqari: