Axborot logistikasi
Reja:
1. Axborot oqimlari tushunchasi.
2. Axborot tizimlari.
3. Shtrix-kodlarni avtomatik aniqlash usullarini qo‘llash.
Axborot oqimlari tushunchasi.
- Moddiy oqimlarni boshqarish jarayoni asosida, logistik tizimlardagi axbo-rotni qayta ishlash yotadi. Shunday ekan,
logistikaning asosiy tushunchalaridan biri bu axborot oqimidir.
- Axborot oqimi – bu logistik tizim ichida, logistik tizim va tashqi muhit ora-sida xarakatlanuvchi, logistik operatsiyalarning
boshqaruvi va nazorati uchun zarur bo‘lgan xabarlar va ma’lumotlar yig‘indisidir. Axborot oqimi qog‘oz va elektron hujjatlar
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
- Agrologistikada axborot oqimlarining quyidagi turlarini ajratadilar.
- oqim bilan bog‘lanuvchi tizimlar turiga ko‘ra: gorizontal va vertikal;
- o‘tish joyiga ko‘ra: ichki va tashqi;
- logistik tizimga nisbatan yo‘nalishiga ko‘ra: kiruvchi va chiquvchi.
- Axborot oqimi joriy oqimdan oldin, u bilan birga, yoki undan keyin xarakat-lanishi mumkin. Bunda axborot oqimi moddiy
oqim bilan bir tomonga yoki qarama-qarshi tomonga yo‘naltirilgan bo‘lishi ham mumkin.
- qarama-qarshi yo‘nalishdagi, moddiy oqimdan oldin keluvchi axborot oqimi, odatda, buyurtma to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin;
- to‘g‘ri yo‘nalishdagi, moddiy oqimdan oldin keluvchi axborot oqimi, kelishi kutilayotgan tovarlar to‘g‘risidagi birlamchi
ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mum-kin;
- to‘g‘ri yo‘nalishda moddiy oqim bilan birgalikdagi axborot oqimida, moddiy oqimning miqdor va sifat parametrlari
to‘g‘risidagi axborotlar kelishi mumkin;
- qarama-qarshi yo‘nalishdagi moddiy oqimdan keyin kelgan axborot oqimida, tovarlarni, moliyaviy mablag‘larni qabul
qilinganligi natijalari, sifati va miq-dori to‘g‘risidagi, turli xil e’tirozlar to‘g‘risidagi axborotlar o‘tishi mumkin.
Umuman olganda axborot oqimining xarakatlanish yo‘li, moddiy oqim xarakati yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin.
Axborot oqimi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
- kelib chiqish manbai;
- oqim xarakati yo‘nalishi;
- jo‘natish va qabul qilish tezligi;
- oqim intensivligi va boshqalar.
Axborot tizimlarining shakllanishi oqimlarining ayrim ko‘rsatkichlari kesi-midagi tekshirishlarsiz amalga oshmaydi. Misol
uchun, biror korxonani hisoblash texnikasi bilan ta’minlash masalasini, ushbu ish joyi orqali o‘tadigan axborot hajmi va qayta
ishlashining zaruriy tezligini bilmasdan hal qilib bo‘lmaydi.
Moddiy oqimni quyidagi tarzda boshqarish mumkin:
oqim yo‘nalishini o‘zgartirib;
jo‘natish tezligini, unga muvofiq bo‘lgan qabul qilish tezligigacha cheklab;
oqim hajmini ayrim bo‘lim yoki tarmoqning o‘tkazish qobiliyati kattaligigacha cheklab.
Axborot oqimi bir vaqt birligi ichida qayta ishlanadigan yoki o‘tkaziladigan axborot miqdori bilan o‘lchanadi.
Biror-bir ma’lumotdagi axborot miqdorini tashish usullari, kibernetika fa-nining axborot nazariyasi bo‘limida o‘rganiladi.
Ushbu nazariyaga muvofiq axborot miqdori birligi sifatida, ikkilangan birlik – bit qabul qilingan. Elektron hi-soblash texnikasini
qo‘laganda axborot baytlarda o‘lchanadi. Bundan kelib chiqan xol-da kilobayt, megabayt va gigabaytlardan ham foydalaniladi.
Xo‘jalik faoliyati amaliyotida axborot quyidagicha o‘lchanishi mumkin:
qayta ishlagan yoki uzatilgan hujjatlar miqdori bilan;
qayta ishlanadigan yoki uzatiladigan hujjatlardagi hujjat qatorlarining umumiy soni bilan.
Shuni ham etiborga olish lozimki, iqtisodiy tizimlarda, logistik operatsiya-lardan tashqari, axborot oqimi sodir bo‘lishi va
uzatilishi bilan kuzatiladigan, boshqa operatsiyalar ham amalga oshiriladi. Ammo logistik axborot oqimi umumiy axborot
oqimining eng ahamiyatli qismini tashkil etadi. Ayniqsa Ishlab-chiqarish korxonalari va ulgurji savdo korxonalarida bu xol
yaqqol sezilib turadi.
Dostları ilə paylaş: |