Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Am-mo ular axborot tizimlarining barcha turlarida
qo‘llanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bog‘liq.
Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng yuqori, bu esa standart dasturiy ta’minotni
deyarli qiyinchiliklarsiz moslash-tirish imkonini beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar pake-tini moslashtirish
imkoniyati past. Bu bir qator sabablarga bog‘liq:
- korxonalardagi ishlab-chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror-bir o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi;
- turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan ma’lumotlar tuzilmasi kes-kin farqlanadi.
Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, ko‘p hol-larda, individual dasturiy ta’minot
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: