Reja: Axborot oqimlari tushunchasi. Axborot tizimlari



Yüklə 482,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü482,19 Kb.
#124015
1   2   3   4   5   6
Logistik axborot tizimlari Shtrix kodlar orqali logistik ma\'lumotlarni

Axborot tizimlari 
Mikrodarajadagi axborot 
tizimlari (ayrim korxona) 
Makrodarajadagi axborot 
tizimlari (mintaqa, mamlakat) 
rejali 
dispozitiv 
bajaruvchi 


rasm. Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari. 
Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini o‘z navbatida uch guruhga ajra-tadilar: 
- rejali; 
- dispozitiv (yoki dispetcherlik); 
- bajaruvchi (yoki operativ). 
Har xil guruhlarga mansub bo‘lgan logistik axborot tizimlari, o‘zlarining funksional va ta’minlovchi tizimchalari bilan 
farqlanadilar. Ta’minlovchi tizim-chalar o‘zlarining barcha unsurlari, ya’ni texnik, axborot va matematik ta’minoti bi-lan bir-
biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyat-lariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning ma’muriy darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq 
muddatli qarorlarni qabul qilishga yordam beradilar. Yechiladigan masalalar orasida quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
- logistik zanjir bo‘g‘inlarini yaratish va ularni optimallashtirish; 
- shartli-muntazam, ya’ni kam o‘zgaradigan ma’lumotlarni boshqarish; 
- ishlab-chiqarishni rejalashtirish; 
- zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish; 
- rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar. 


Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish dara-jasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik 
tizimlarning yaxshi yo‘lga qo‘yil-gan ishini ta’minlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar o‘z yechimini topishlari 
mumkin: 
- zaxiralarni (omborga qo‘yishni) ... boshqarish; 
- ombor (q.x. korxonasi) ichidagi transportni boshqarish; 
- buyurtmalar bo‘yicha yuklarni tanlash, butlash, jo‘natiladiganlarini hisobga olish va boshqalar. 

Yüklə 482,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin