asosiy pudratchilar bajaradi.
Qurilish tashkilotining ma’muriyati kafolatlangan moddiy-texnika ta’minotini
ta’minlaydi va rejali topshiriqlarini bajarishda brigadaga ishlab chiqarish mustaqilligi
beriladi.
Ishchilar quyidagi uchta ko’rsatkichga ko’ra mukofatlanadilar: ob’ektni
ishga
tushirish muddati; ishning sifati; ishlar tannarxini kamaytirishdan olingan tejam. Sarflar
moddalar bo’yicha qurilish-montaj ishlari tannarxi kamayganliga uchun ishchilarni moddiy
rag’batlantirish jamoa pudratining asosiy xususiyatidir.
Tannarx kamayishidan olingan tejamning bir qismidan
xodimlarni mukofatlash
uchun foydalaniladi, summaning 90% ishchilarga va 10% injener texnik xodimlarga
to’lanadi.
Mukofatlar miqdori ishlar sifati erishilgan tejam summasining «a’lo» baholanganda
40% igacha differentsiyalanadi.
Barcha xil mukofatlar ob’ekt ishga tushirilgandan keyin beriladi. qurilish jarayonida
ish haqi haqiqatda
bajarilgan ishlar hajmi uchun, mukofatlarsiz berib boriladi. Ilg’or
qurilish jamoalarning tajribasi brigada pudratining katta samaradorligini ko’rsatadi. Pudrat
jamoalari ishlaydigan obe’ktlar belgilangan muddatlarda tashkil etiladi va ishlarining
yuqori sifati bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: