O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Ishlab chiqarish chiqimlarini aniqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

Ishlab chiqarish chiqimlarini aniqlash.
Sug’orma dehqonchilikdagi moddiy va 
mehnat sarflari sug’orilmaydigan dehqonchilikdagiga nisbatan ancha kattadir. Suv 
chiqarilgan yerlarda qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishga sug’orish tizimini 
ishlatish, suv chiqarish va boshqa agromelioratsiya tadbirlari bilan bog’liq qo’shimcha 
mablag’lar sarflanadi. 
Sug’oriladigan yerlardagi ishlab chiqarishning jamlama chiqimlari xo’jaliklararo 
davlat sug’orish tizimi sarflari va qishloq xo’jalik korxonasi sarflaridan tashkil topadi. 
Lekin hozirgi vaqtda sug’oriladigan yerlardagi ishlab chiqarish chiqimlariga xo’jaliklararo 
tizimlarini ishlatish sarflari kiritilmaydi, chunki sug’oruv suvi suvni tekin iste’mol 
qiladigan xo’jaliklarga berilmoqda. Shuning uchun sug’oriladigan yerlarda mahsulotning 
haqiqatdagi tannarxi kam bo’lmoqda. Melioratsiyaga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalarni 
iqtisodiy baholash uchun yagona suv-melioratsiya kompleksi bo’lgan sug’orish tizimining 
suv olishdan sug’orishgacha barcha ekspluatatsion sarflarini hisobga olish kerak. 
Melioratsiyalangan yerlardagi chiqimlar (Ssum) ishlab chiqarish texnologiyasi xisobga 
olingan holda meliorativ (3mx) va qishloq xo’jalik chiqimlariga (Zsx) bo’linadi. Meliorativ 
chiqimlar, o’z navbatida, xo’jaliklararo melioratsiya tizimini ishlatish sarflari (3mx) va 
ichki xo’jalik melioratsiya tizimini ishlatish sarflaridan (Zvx) tarkib topadi. Shunday qilib, 
sug’orish sharoitidagi ishlab chiqarishning to’la (jamlama) chiqimlari quyidagicha tarkib 
topadi: 


S so’mq3mxQ3vxQ3sx 
Xo’jaliklararo sug’orish tizimini ishlatish sarflari xarajatlar smetasi bo’yicha 
aniqlanadi. Bu sarflarni xo’jaliklar bo’yicha taqsimlash berilgan suv miqdoriga mutanosib 
ravishda o’tkaziladi. Buning uchun 1 m
3
suvning tannarxini bilish kerak bo’ladi. Xo’jalik 
hisobi sharoitida xo’jaliklararo melioratsiya chiqimlari sug’oruv suvi uchun to’lanadigan 
haq ko’rinishida ifodalanadi. 
Sug’oruv suvi tannarxi bo’yicha xo’jaliklararo ishlatish chiqimlari Zmj miqdori 
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
КПДвх
Wнн
С
СWбр
Змж
Bunda S-sug’oruv suvining tannarxi, so’mG’m
3

Wbr va Wnt-berilgan sug’oruv suvining miqdori (brutto va netto), m
3
KPDvx-ichki xo’jalik shaxobchasini foydali ish koeffitsiyenti 
Xo’jalik ichki sug’orish tizimini ishlatish sarflari xarajatlar smetasi bo’yicha 
aniqlanadi. Bu xarajatlar tegishli ekinlarga gektar –sug’orish yoki ekiladigan maydonga 
mutanosib tarzda kiritiladi. 
Sug’orma dehqonchilikdagi ishlab chiqarish chiqimlarining katta qismini qishloq 
xo’jalik ekinlarini parvarish qilish va sug’orishlar o’tkazish bilan bog’liq sarflar tashkil 
qiladi. 
Qishloq xo’jalik chiqimlari sug’oriladigan yerlarda ham, lalmikor yerlarda ham 
qishloq xo’jalik ekinlari yetishtirish texnologik jarayoni bilan bog’liqdir. Bu guruhga 
tuproqni, ekinlarni ekishga tayerlash, ekinlar parvarishi, hosilni yig’ib olish, urug’liklar va 
o’g’itlar qiymati sarflari, transport va boshqa xarajatlar kiradi.
-Qishloq xo’jalik chiqimlari va sug’orishlar sarflari summasi ishlov berish 
texnologik kartalari asosida bevosita ekinlar bo’yicha (yoki ekinlar guruhi bo’yicha) 
aniqlanadi. Bunda bevosita sarflargina emas, balki ustama xarajatlar ham xisobga olinadi. 
Qo’shimcha ishlab chiqarish sarflari (
И
) sug’orma dehqonchilikda (Im) lalmikor 
(Ib) dehqonchilikdagiga nisbatan chiqimlar farqi sifatida topiladi. 
Иб
Им
И
Sug’oriladigan yerlardagi aynan shu qo’shimcha chiqimlar qo’shimcha mahsulot 
olinishini shartlaydi. 


Qishloq xo’jalik ekinlari yalpi hosili va ishlab chiqarish sarflari to’g’risidagi 
ma’lumotlarga ega bo’lgan holda mahsulot tannarxini hisoblab chiqish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin