UvfqEnFos(Tf-Tn)
Qurilish–montaj
ishlarini
bajarishni
jadallashtirish
qurilish
davomiyligini
qisqartirish, qurilish tashkilotining shartli barqaror xarajatlarini kamaytirish hisobiga foyda
ko’rinishida ichki xo’jalik iqtisodiy samarasini olishiga imkon beradi. Unga ishlar hajmiga
emas, balki ularni bajarish davomiyligiga bog’liq xarajatlar kiradi. Bunday xarajatlar
ustama xarajatlar tarkibida (30-50%), mashina va mexanizmlarini–ishlatish
xarajatlarida
(30%), vaqtbay ish haqi va mukofotlar ko’rinishida vaqtbay ishchilarga to’lanadigan asosiy
ish haqi xarajatlarida (5%), materiallar qiymatida mavjuddir.
Bu samara kattaligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
),
1
(
Тн
Тф
Зунр
Зунр
Bunda Zunr-tannarx tarkibidagi shartli barqaror xarajatlar, sum.
Vaqt omili tugallanmagan qurilishni kamaytirish hisobiga kapital qo’yilmalar
samaradorligiga ancha ta’sir o’tkazadi. Tugallanmagan qurilishdagi kapital qo’yilmalar
amal qilmaydigan sarflar hisoblanadi. Ular ob’ekt ishga tushirilgandan keyingina
korxonaning asosiy fondlari bo’lib qoladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashadi.
Qurilishning haqiqatdagi muddati me’yoriy
muddatlarga nisbatan kamaysa, halq
xo’jaligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadigan iqtisodiy samara Evk ni oladi:
EvkqEn(KnTn-KfTf),
Bunda Kn va Kf–tugallanmagan qurilishga kapital qo’yilmalarning me’yoriy va
haqiqatdagi hajmi, ming.so’m.
Mablag’larning tugallanmagan qurilishga qurilish zadeli me’yoriy muddatiga
nisbatan ancha uzoq davrga jalb etilishi natijasida halq xo’jaligiga yetkaziladigan zararlar
Uvk quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
UvkqEn(KfTf-KnTn).
Qurilish davomiyligini kamaytirish qo’shimcha sarflar
talab qiladigan hollarda
iqtisodiy samara miqdorini bir yo’la ko’rsatilgan sarflar summasida kamaytirish lozim
bo’ladi.
Nisbiy baholashda boshqa variantlarga nisbatan yaxshi variant ajratib olinadi. Bunda
biron darajada yaxshi variant yomon variantlar ichidan ajratib
olinishi va sarflar yuqori
foydasini ta’minlamasligi mumkin. Shuning uchun nisbiy samaradorlikni kapital
qo’yilmalar umumiy samaradorligining ko’rsatkichlari bilan albatta to’ldirish kerak.