O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


VIII BOB. Suv melioratsiya tadbirlariga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/112
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#164133
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112
Z3iC0whyPxwdXmFOvQSyiEaXSQPrEMocXvd7XPWX

VIII BOB. Suv melioratsiya tadbirlariga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligi 
8.1. Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash 
xususiyatlari 
Suv xo’jaligi qurilishi ko’lamlari oshgan hozirgi sharoitlarda kapital qo’yilmalar 
samaradorligini oshirish muammosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiya siyosati 
kapital mablag’lar samaradorligini oshirishni, ularni hal qiluvchi uchastkalarga jamlashni 
ta’minlashi lozim, yuksak halq xo’jalik samarasiga va iqtisodiyotning balansli 
rivojlanishiga tezda erishish, sarflangan har bir so’m hisobidan mahsulotning va milliy 
daromadning eng ko’p o’sishiga erishish eng muhim masala hisoblanadi. 
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar samaradorligining mohiyati qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarish maqsadi bilan belgilanadi. Hozirgi kunda mahsulot birligiga eng kam 
sarflar bilan qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, muttasil o’sib 
borayotgan, jamiyat ehtiyojlarini qondirishga ko’p darajada ko’maklashadigan narsalar 
samaralidir. 
Melioratsiya samaradorligi mazmunini ochib, shuni ta’kidlash lozimki, gap qishloq 
xo’jalik ishlab chiqarishining sarflari va natijalarini o’zaro o’lchash formulasi ustida 
bormoqda. Samaradorlik pirovard natijani, sarflangan resurslar samarasini aks ettiradi. 
Bunda olingan natijalar maksimallashtirishga, sarflar esa minimallashtirishga intiladi. 
Qilingan sarflar hisobida mahsulot qancha ko’p olingan bo’lsa, ishlab chiqarish 
samaradorligi shuncha yuqori bo’ladi. Erishilgan natijalarning (R) sarflariga (Z) nisbati 
bo’lgan samaradorlik darajasi (E) maksimumga intiladi. 
EqRG’Z-maksimum 
Iqtisodiy samaradorlik darajasi mezon sifatida namoyon bo’ladigan kompleks 
ko’rsatkich va boshqa bir qancha xususiy ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Mahsulot 
birligini ishlab chiqarishga sarflangan jonli va ijtimoiy mehnat tejamini ishlab chiqarish 
samaradorligining mezoni deb bilmoq kerak. Bu ko’rsatkich mazkur hodisa mohiyatini eng 
to’la aks ettiradi. 


Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligining o’sishi bu maqsadlarga eng kam 
sarflar qilib, eng ko’p qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni olishga 
erishishdan iboratdir. 
Kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashdan asosiy maqsad 
mehnat va mablag’larni eng kam sarflar, eng ko’p samara olishni ta’minlaydigan kapital 
qo’yilmalarning eng tejamli variantlarini tanlab olishdir. Bu narsa investitsion 
jarayonlarining barcha bosqichlari kapital qo’yilmalarni loyihalash va rejalashtirish, 
gidromelioratsiya tizimlarini ishga tushirish bosqichlarida melioratsiya iqtisodiy 
samaradorligi asosini tashkil etadi. 
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini 
yanada takomillashtirish muammosi iqtisod fanidagi muhim muammolardan biridir. 
Melioratsiya qurilish ko’lamlari ortib borgani sari uning ahamiyati oshadi.
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qishloq 
xo’jalik ishlab chiqarishi va melioratsiya fondlarining xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Birinchi xususiyat shundan iboratki, melioratsiyaga kapital qo’yilmalarning 
samaradorligi melioratsiyalangan yerlardagi qishloq xo’jaligi natijalariga ko’ra aniqlanadi. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining samaradorligi, o’z navbatida, xo’jalik va moliya 
faoliyatining ko’p tomonlari orqali namoyon bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayoniga va uning natijalariga iqtisodiy hamda tabiiy omillar ta’sir 
ko’rsatadi. 
Takror ishlab chiqarishning iqtisodiy jarayoni tabiiy jarayon bilan chambarchas 
tutashib ketadigan qishloq xo’jaligida yer o’z xususiyatlariga ega bo’lib, kapital 
qo’yilmalar samaradorligi muammosi boshqa tarmoqdagilarga nisbatan ancha murakkabroq
hal etiladi. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining xususiyatlari yerdan, ish kuchi va moddiy 
mablag’lardan foydalanish samaradorligini xarakterlovchi o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar 
belgilanishini talab qiladi. Ancha yuqori samaradorlikka mehnat unumdorligi oshishi bilan 
birga yer gektari hisobida mahsulot chiqishi ham ko’payib borgandagina erishiladi. Yerlar 
melioratsiyasi samaradorligi o’sishining xususiyatlari shundan iboratdir.
Yerlar melioratsiyasi iqtisodiy samaradorligi mohiyatini aniqlashni maydon birligidan 
mahsulot birligiga eng kam moddiy va mehnat sarflari bilan sifati yaxshilangan qishloq 


xo’jalik mahsulotini eng ko’p ishlab chiqarish sifatida ta’riflash mumkin. Melioratsiyaga
kapital qo’yilmalar iqtisodiy samarasi asosiy fondlar boshqa turlariga bir yo’la sarflar bilan 
o’zaro harakatda namoyon bo’lishi ikkinchi xususiyatdir. Melioratsiya fondlari 
dehqonchilikning hosil taqdiri birinchi galda bog’liq bo’lgan omillariga ta’sir o’tkazsada, 
lekin ular boshqa ishlab chiqarish fondlaridan alohida ajratib olingan holda dehqonchilik 
mahsulotini yaratish jarayonida qatnasha olmaydi. Melioratsiya fondlari yer bilan qo’shilib 
ketib, qishloq xo’jalik jarayonida yer, suv va boshqa ishlab chiqarish fondlari bilan 
birgalikda amal qiladi.
Samara melioratsiya tizimi yerlar o’zlashtirish va ishlab chiqarish yo’nalishidagi 
qishloq xo’jaligi fondlari bilan ta’minlashga bir yo’la sarflar jami harajatiga ko’ra 
aniqlanadi. Sof suv-melioratsiya tadbirlarining agrotexnika tadbirlaridan ajratilgan holda 
hosildorlikka ta’sirini alohida ajratib bo’lmaydi. 
Melioratsiyalashni o’tkazishga kompleks yondashish qishloq xo’jalik ishlab 
chiqarishi samaradorligining o’sishiga olib keladi. Agromelioratsiya kompleksining eng 
ko’p samaradorligi barcha ishlab chiqarish omillarining optimal nisbatidagi yig’indisida 
namoyon bo’ladi. Ob’ektiv baholashni melioratsiyalangan yerlardan foydalanishga 
kompleks yondashishgina ta’minlaydi. 
Melioratsiyaga kapital qo’yilmalar erishiladigan natijalarga darhol ta’sir etmasligi, 
sarflar bilan samara o’rtasidagi vaqt mobaynida uzilish bo’lishi uchinchi xususiyatdir. Suv 
xo’jaligi ob’ektlari, odatda, bir necha yil ichida quriladi hamda melioratsiyalanadigan 
yerlar ham bir qancha yillar mobaynida o’zlashtiriladi. Melioratsiya samaradorligini 
oshirish uchun qurilishni va yerlarni qishloq xo’jalik yo’li bilan o’zlashtirishni 
jadallashtirish katta ahamiyatga ega bo’ladi. Shuning uchun iqtisodiy samaradorlikni 
aniqlashda muvakkat laglarni-qurilish lagi va o’zlashtirish lagini xisobga olish zarur. 
Qurilish lagi-asosiy fondlarga avanslangan kapital sarflar muddati bilan ulardan 
olingan samara o’rtasida bo’ladigan vaqtdagi uzilishdir. U tugallanmagan ishlab 
chiqarishda qurilish davridagi kapital qo’yilmalarni «ishga solmay turish» bilan aniqlanadi. 
Qurilish lagining kattaligi ob’ekt qurilishi davomiyligiga va qurilish yillari bo’yicha kapital 
qo’yilmalar o’zlashtirilishi summalariga bog’liq bo’ladi. 
O’zlashtirish lagi-asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilishi bilan 
melioratsiyadan to’la (loyihali) samara olinishi o’rtasida bo’ladigan vaqtdagi uzilishdir. 


Yerlarni o’zlashtirish qurilishni tugallamasdan avval boshlash mumkinligiga 
qaramay, dastlabki yillarda loyihadagi hosilni qariyb olib bo’lmaydi. Gidromelioratsiya
tizimlarini ilgari qishloq xo’jalik oborotidan ishlatilgan yerlarda qurilish dehqonchilik 
tizimining texnologik va tashkiliy xo’jalik asoslarini ancha qayta qurishga olib keladi. 
Bunga esa muayyan vaqt talab qilinadi. 
O’zlashtirish lagining davomiyligi ishga tushirilgan maydonlarni o’zlashtirish 
intensivligiga, tuproqlar tipi va qishloq xo’jalik korxonalari ixtisoslashuviga bog’liq 
bo’ladi. Lekin gidromelioratsiya tizimlari va maydonlarni qishloq xo’jaligi yo’li bilan 
o’zlashtirish ishlarini bir vaqtda olib borishda kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligini 
oshirish uchun ancha ko’p sharoitlar yaratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin