8.2. Kapital qo’yilmalar umumiy (mutloq) iqtisodiy samaradorligining ko’rsatkichlari
Kapital qo’yilmalar samaradorligini baholashga yagona yondashishni ta’minlash
maqsadida Yerlarni sug’orish va zaxini qochirish hamda o’tloqlarga suv chiqarishga kapital
qo’yilmalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash instruktsiya (uslubiyot)si ishlab
chiqilgan. Instruktsiyada iqtisodiy samaradorlikni aniqlashning mazkur tarmoqda
qo’llanilishi zarur bo’lgan qoida va usullari keltirilgan. Unda suv xo’jaligi qurilishiga
kapital qo’yilmalarning halq xo’jalik samaradorligini aniqlash ko’zda tutiladi.
Halq xo’jalik samaradorligi qishloq xo’jaligida yaratilgan milliy daromad (sof
mahsulot)ga asoslanib, hisoblab chiqiladi. Bunda sof mahsulotning halq xo’jaligi
daromadlarida davlat buyurtmasi orqali sotiladigan mahsulotlar narxidagi farq oborot
solig’i ko’rinishida aks etadigan qismi hisobga olinadi.
Halq xo’jalik samaradorligi hisob-kitoblarida melioratsiya qurilishiga yerlar
o’zlashtirish va qishloq xo’jalik fondlarini to’ldirishga bevosita bir yo’la sarflar qatorida
kapital qo’yilmalar ishlab chiqarish hamda noishlab chiqarish yo’nalishidagi qo’shni tutash
ob’ektlarni rivojlantirishga tutash sarflar ham kiritiladi.
Ichki xo’jalik samaradorligi qishloq xo’jalik korxonalarining melioratsiyalanadigan
yerlardagi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha hisoblab chiqiladi.
Uslubiyotda har bir loyihani iqtisodiy jihatdan asoslashda kapital qo’yilmalarning
ham umumiy (mutlaq), ham nisbiy iqtisodiy samaradorligi ko’rsatiladi. Umumiy (mutlaq)
samaradorlik sarflar va samarani taqqoslash hamda shu bilan aniqlanayotgan suv xo’jaligi
tadbirlarining xo’jalik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligini aniqlash imkonini beradi.
Tarmoq uslubiyotining muhim qoidalaridan biri melioratsiyaga kapital qo’yilmalar
samaradorligini aniqlash foyda bo’yicha emas, balki sof foyda bo’yicha olib borilishidadir.
Bu qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyati bilan bog’liq bo’lib, bu xususiyat
dehqonchilik mahsulotining ancha qismi ichki xo’jalik iste’moli (urug’lar, oziqalar) uchun
xo’jalikda qolishi va tovar shakliga kirmaganligidan iboratdir. Sof foyda yalpi mahsulot
qiymati bilan uning tannarxi o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Melioratsiyaning
iqtisodiy samaradorligini aniqlashda sof daromad kattaligi bilan ifodalangan butun pirovard
samara xisobga olinadi. Kapital qo’yilmalarning o’zini-o’zi qoplashi muddati yoki
iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti kapital qo’yilmalar iqtisodiy samaradorligining asosiy
ko’rsatkichi xioblanadi.
Kapital qo’yilmalarning o’zini-o’zi qoplashi (Tkchd) ayrim qurilishlar, korxonalar
va ob’ektlar bo’yicha kapital qo’yilmalarning (K) yillik sof daromadga (Dch) nisbati bilan
aniqlanadi.
Дч
К
С
Ц
К
Ткчд
O’zini-o’zi qoplash muddati deyilganda sof daromadning kapital qo’yilmalarga teng
ДчТ
К
summasi olinishi ta’minlanadigan vaqt (yillarda) tushiniladi. Bu ko’rsatkich
kapital qo’yilma sof daromadni o’rtacha yillik summasidan necha barovar ko’pligini
aniqlaydi.
Iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti (Yekchd) o’zini-o’zi qoplash muddatiga teskari
miqdor bo’lib, yillik sof foydaning (Dch) kapital qo’yilmalarga nisbati bilan aniqlanadi.
К
Дч
К
С
Ц
Екчд
Iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti bir yilgi sof foyda hisobiga bir yo’la sarflarning
qaysi qismi qaytib kelishini (Dch YeK) yoki kapital qo’yilmalarning bir so’miga sof
foydaning qanchasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi.
Mazkur tadbirning sof foydaga ta’sirini aniqlab bo’lmaganda iqtisodiy samaradorlik
mahsulot tannarxi pasayishidan olingan tejamning, bu tejamni tug’dirgan qo’shimcha
kapital qo’yilmalarga nisbati bilan aniqlanadi.
|