8.6. Sug’orish texnikasini iqtisodiy baholash
Yerlar melioratsiyasining rivojlanish bilan sug’orish va yomg’irlatish texnikasi
miqdori muttasil ko’payib bormokda. Shu bilan birga hozirgi fan-texnika taraqqiyoti
sharoitida yangi texnikani joriy qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash yo’li bilan
melioratsiya texnikasini yangilash jarayoni jadallashmokda.
Keng ma’noda yangi texnika deyilganda ishlab chiqarish texnik iqtisodiy
ko’rsatkichlarini oshirishni ta’minlaydigan mehnat va ishlab chiqarishning ancha
mukammal texnologik jarayonlaridan foydalanish tushiniladi.
Suv-melioratsiya ishlab chiqarishiga yangi texnikani joriy qilish yangi melioratsiya
mashinalari, qurilish konstruktsiyalari, gidrotexnika inshootlari yaratish va ulardan
foydalanish, yangi materiallarni qo’llanish, yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish va
ishlab turganlarini takomillashtirish asosida sodir bo’lmoqda.
Sug’orish mexanizatsiyasi vositalarini qo’llanish sharoitlari juda xilma-xildir. Bu
konkret sharoitlar uchun iqtisodiy jihatdan samarali sug’orish va yomg’irlatish mashinalari
va qurilmalarini tanlashni talab etadi. Samarali variantlarni tanlash texnik, tashkiliy va
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslanishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baholash
sug’orishning ancha unumdor texnologiyasi va ancha ilg’or texnikasini tanlashning muhim
shartidir.
Sug’orish yangi texnikasini tanlash uchun ham nisbiy, ham umumiy (mutloq)
iqtisodiy samaradorlik usullari qo’llaniladi.
Sug’orish texnikasini tanlashni qabul qilingan uslubiyotga ko’ra umumiy (mutlok)
iqtisodiy samaradorlik asosida o’tkazish kerak. Bunda eng ko’p sof daromad (Emak)
samaradorlik mezoni etib olinadi. Eng qulay variant quyidagi shartlardir:
Emak q S – (S Q Yen
x
K)
Bunda: S - qo’shimcha mahsulot qiymati, sum;
Bu usulni qo’llanish uchun sug’orishdan olinadigan butun samarani sug’orish
texnikasi hisobiga o’tkazish kerak.
Ko’pincha shunday ham bo’ladiki, sug’orish texnikasining taqqoslanadigan
variantlari hosildorlik ko’payishiga muhim ta’sir o’tkazmaydi. Bunday holda yaxshi
variantni tanlash keltirilgan sarflar mezoni bo’yicha nisbiy baholash asosida o’tkazilishi
kerak. Bunda kapital qo’yilmalar nisbiy iqtisodiy samaradorligini aniqlash uslubiyotining
asosiy qoidalari bilan birga sug’orish texnologiyasi va texnikasining xususiyatlarini ham
hisobga olish kerak bo’ladi. Bu xususiyatlar sug’orish va yomg’irlashtirish texnikasining
ishi sug’orish shaxobchasi va nasos kuch uskunasi ishlab turganda amalga oshirilishida
ifodalanadi. Shunda ichki xo’jalik shaxobchasining asosiy o’lchamlari ko’p darajada
sug’orish texnikasi bilan aniqlanadi.
Sug’orish va yomg’irlashtirish mashinalari hamda qurilmalari turlicha unumdorlikka
ega bo’ladi. Bunday holda nisbiy samara ish birligi hisobidagi ulushli ko’rsatkichlarni
taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishdagi ishning
taqqoslanadigan birligi etib shartli gektar sug’orishni olish kerak. Sug’orishning shartli
me’yori etib yetakchi ekinni sug’orish me’yori olinadi.
Sug’orishning yangi texnikasini yaratish va joriy qilish samaradorligi texnikaning
texnika–iqtisodiy ko’rsatkichlari bazaviy va yangi variantini taqqoslash yo’li bilan
aniqlanadi. Optimal variantini tanlash quyidagi bir qancha variantlar asosida o’tkaziladi:
mahsulot ishlab chiqarishning hosildorlik o’sishi, shoxobcha KZIsi va KPDsi
oshishi hisobiga ko’payishi;
sug’orishdagi mehnat unumdorligining oshishi;
maydon birligiga sug’orish tannarxining kamayishi;
keltirilgan sarflarning kamayishi.
Sug’orishning maydon birligidan mehnatning katta unumdorligi va oz sarflar bilan
eng ko’p qishloq xo’jalik mahsuloti olinadigan texnikasi tanlab olinadi.
Bu masala yechimining iqtisodiy soxasi yetishtiriladigan ekinlar agrotexnika talablari
bilan chambarchas bog’langan bo’lishi kerak. Bunda variantlarning mahalliy tabiiy
sharoitlar, almashlab ekishlar, ekinlarni sug’orish me’yori va muddatlari, bir nomdagi
ekinlar hosildorligi va boshqa ko’rsatkichlarga ko’ra taqqoslanishini hisobga olish kerak.
Yangi texnikani joriy qilishning maqsadga muvofiqligi korxona yoki halk xo’jaligi
yangi texnikani ishlab chiqarish va undan foydalanish natijasida oladigan ishlab chiqarish
resurslari (jonli mehnat, ishlab chiqarish va kapital qo’yilmalar chiqimlari) jamlama
tejamidan iborat yillik iqtisodiy samara asosida aniqlanadi. Yillik iqtisodiy samara ish
birligi hisobida bazaviy va yangi texnika bo’yicha hisoblangan sermehnatlik, tannarx
hamda keltirilgan sarflar ko’rsatkichlarini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi.
Yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligi birinchi galda undan foydalanish natijalariga
ko’ra baholanadi. Mashinalarni ishlatish chiqimlari qiymat shaklida namoyon bo’ladi va
butun (jonli va avvalgi) ishtimoiy mehnat sarflarini xarakterlaydi. Ular sug’orma
dehqonchilik mahsuloti tannarxiga tarkibiy qism bo’lib kiradi. Gektar sug’orish tannarxi
xisobi sug’orish texnikasini qo’llanishi iqtisodiy samaradorligini aniqlashning zarur
elementi hisoblanadi.
Sug’orish tannarxini hisoblash uchun bazaviy va yangi yomg’irlatish mashinasi
turlari bo’yicha yillik chiqimlarni aniqlash kerak bo’ladi. Shartli gektar–sug’orish tannarxi
ish birligi sifatida kalkulyatsiya qilinadi.
Sug’orish tannarxini pasaytirishdan olinadigan yillik iqtisodiy samara (Es) quyidagi
formula bo’yicha aniqlanadi:
Es q (Sb - Sn)
x
Atn
Bunda: Sb va Sn – bazaviy va yangi mashina yangi shartli gektar sug’orishining
tannarxi, sumG’s. ga – pol;
Atn – yangi mashina bajargan ishlarining yillik hajmi, s
/
ga – pol.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish sermehnatli jarayondir. Shuning uchun mehnat
unumdorligini oshirish ko’rsatkichi sug’orish texnikasini baholash uchun katta ahamiyatga
egadir. Sug’orma dehqonchiligidagi texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri ish
sermehnatligini kamaytirishni ta’minlashi lozim bo’lgan yuqori unumdor texnikani joriy
qilishdir. Tahlil qilinadigan variantlar gektar sug’orishining sermehnatligi bo’yicha yangi
texnika bilan sug’oriladigan sug’orish hisobli maydoniga qilingan mehnatning yillik tejami
aniqlanadi. Yangi texnikani qo’llanishi mehnatning yillik tejamiga olib keladi:
Et q (Tr.b – Tr.n)
x
At.n
Bunda: Et – yangi mashina joriy etishdan kelgan jonli mehnatning yillik tejami,
kishi – soat;
Tr.b va Tr.n – bazaviy va yangi mashina ishi (sermehnatlilik) birligiga mehnat sarflari,
kishi – soat
/
s. ga – pol.
Yangi sug’orish texnikasi ishlab chiqariladigan qishloq xo’jalik mahsuloti miqdoriga
bevosita ta’sir o’tkazmasa, variantni tanlash keltirilgan sarflar eng kam summasi bilan
aniqlanadi, yillik iqtisodiy samara (Ezp) esa ularning tafovuti bo’yicha hisoblanadi:
Ezn q (Sb Q Yen
x
Kb) – (Sn Q Yen
x
Kn)
x
At.n q (Zp.b – Zp.n)
x
At.n
Bunda: Kb va Kn – sug’orish bazaviy va yangi texnikasining ulushli kapital
qo’yilmalari, sum
/
s. ga – pol.
Zpb-bazaviy texnika bo’yicha keltirilgan harajat, so’m;
Zpn-yangi texnika bo’yicha keltirilgan xarajat; so’m.
Yangi texnika sug’orishda mehnat unumdorligini oshirgan va qishloq xo’jalik
ekinlari maxsuldorligi hisobiga mahsulot miqdori oshgan hamda yerdan foydalanish
koeffitsiyenti o’sgan hollarda takkoslanadigan variantlarni qiyoslanadigan ko’rinishga
keltirish kerak. Bunda eng ko’p samarani ta’minlovchi keltirilgan sarflar asos kilib olinadi.
Yaxshilangan sifat xarakteristikalariga ega bo’lgan yangi texnikadan
foydalanishning yillik iqtisodiy samarasini xisobilashda ikki sohada yangi texnikani
ishlatish soxasida hamda qo’shimcha qishloq xo’jalik mahsuloti olish soxasida olinadigan
iqtisodiy samarani hisobga olish zarurdir. Bazaviy variantni qiyoeslanadigan ko’rinishga
keltirish uchun keltirilgan sarflarga pirovard samaraning taqqoslanadigan variantlardagi
tengligini ta’minlaydigan koeffitsiyentlarni kiritish kerak. Mazkur holda bazaviy
variantning keltirilgan sarflariga mehnat unumdorligi o’sishi koeffitsiyentini va yangi
texnikani qo’llanishi hisobiga hosildorlik oshishi koeffitsiyentini kiritish, yillik iqtisodiy
samarada esa sug’orish yangi texnikasida shoxobcha KZI va KPDsi oshish hisobiga
olingan qo’shimcha sof daromadni hisobga olish zarur.
Yaxshilangan sifat xarakteristikalariga ega bo’lgan yangi sug’orish texnikasini joriy
qilishdan olingan yillik iqtisodiy samara (E) xisobi quyidagi formula bo’yicha o’tkaziladi:
Dostları ilə paylaş: |