O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


Transformatorlarning ishlash printsipi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə35/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
0 умумлаштирилган

. Transformatorlarning ishlash printsipi
Transformator ishlashi uchun uning birlamchi chulg`amini kuchlanishi i= UmsIn w t bo`lgan o`zgaruvchan tok manbaiga yoki elektr tarmog`iga ulanadi (14–rasm). Bunda birlamchi chulg`amdan o`zgaruvchan tok (tI = lt` sIn w t) o`ta boshlaydi Bu tok ferromagnit o`zakda o`zgaruvchan magnit oqimi (F = Ft • sIp w t) hosil qiladi. Ferromagiit o`zakning magnit qarshiligi havoning yoki trans–formator moyining magnit qarshiligidan ancha kichik bo`lgani uchun magnit oqimining asosiy qismi (ish oqimi) shu o`zak orqali tutashadi va ikkala chulg`amni ham qurshab oladi, natijada elektromagnit induktsiya qonuniga binoan ikkala chulg`amda ham EYuK hosil bo`ladi. Maksvell ta’rifiga asosan, chulg`am-larning har bir o`ramida hosil bo`la-digan EYuK bilan aniqlanadi.
Birlamchi chulg`am o`ramlari sonini wI, va ikkilamchi chulg`am o`ramlari sonnni w2 bilan belgilaymiz. Hosil bo`ladigan EYuK chulg`amlarning o`ramlari soniga proportsional bo`ladi. Demak, birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarda hosil bo`ladigan EYuK larning oniy qiymatlari quyidagicha aniqlanadi:
(2–1)
(2–2)
bu yerda I va 2 – birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar bilan ilashgan magnit oqimi; – magnit oqimining vaqt birligida o`zgarishi.
B irlamchi chulg`amda hosil bo`ladigan EYuK (yeI) tabiatan o`zinduktsiya elektr yurituvchi kuchidir. Ikkilamchi chulg`amda hosil bo`ladigan EYuK (ye2) o`zaro induktsiya elektr yurituvchi kuchidir. Demak, aniqroq qilib aytganda, transformator o`zaro induktsiya hodisasi asosida ishlar ekan. Transformatorning ikkilamchi chulg`amiga iste’molchi (yuklama) ulanadi. Ikkilamchi chulg`am EYuK iste’molchi uchun o`zgaruvchan tok manbai hisoblanadi.
Transformator faqat o`zgaruvchan tok tarmog`iga ulangandagina ishlaydi, o`zgarmas tok tarmog`iga ulanganda esa ishlamaydi, chunki birlamchi chulg`am o`zgarmas tok tarmog`iga ulanganda undan o`tadigan o`zgarmas tok ferromagnit o`zakda o`zgarmas magnit oqimi hosil qiladi. Magnit oqimi vaqt birligida o`zgarmaganligi sababli chulg`amlarda EYuK hosil bo`lmaydi. Lekin zanjirda elektr tokining har qanday o`zgarishi chulg`amlarda EYuK hosil bo`lishiga sabab bo`ladi. O`zgarmas tok tarmog`iga ulangan transformator chulg`amlarida EYuK ning hosil bo`lishi, transformator tarmoqqa ulanayotganda yoki uzilayotganda yaxshi seziladi, chunki transformator tarmoqqa ulanganda uning chulg`amida tok noldan biror qiymatgacha ortib boradi yoki u tarmoqdan uzilganda, tok kuchi biror qiymatdan nolgacha kamaya boradi. Demak, xuddi shu vaqtda chulg`amlar bilan ilashgan magnit oqimi vaqt birligida o`zgaradi va oqim qiymati turg`un bo`lganda EYuK hosil bo`lmaydi. Demak, transformator o`zgarmas tok tarmog`iga ulanganda ishlamas ekan. Lekin shuni e’tiborga olish kerakki, transformator o`zgarmas tok manbaiga ulanganda uning birlamchi chulg`amida EYuK hosil bo`lmaganligi sababli shu chulg`am tokining qiymati ko`payib ketadi. Tokning qiymati birlamchi chulg`amning faqat aktiv qarshiligi bilan ( ) aniqlanadi. Bu esa transformator uchun xavflidir.

2- MA’RUZA



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin