O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


Transformatorning qisqa tutashish sharoitida ishlashi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə38/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
0 умумлаштирилган

Transformatorning qisqa tutashish sharoitida ishlashi
Transformator normal yuklama bilan uzoq yillar ishlashga mo`ljallab tayyorlanadi. O`ta yuklama bilan uzoq vaqt ishlay olimaydi, Chunki bunda uning birlamchi va ikkilamchi chulg`am toklari nominal qiymatdan ortib ketadi, bu sharoitda transformator tez qiziydi va hatto ishdan chiqishi ham mumkin. Lekin amalda shunday hollar ham bo`ladiki, ikkilamchi chulg`am qismalari yoki iste’molchilar tarmog`i qisqa tutashib qolishi natijasida transformator qisqa muddat qisqa tutashish sharoitida ishlaydi (3.4.–rasm). Boshqacha aytganda, transformatorning ikkilamchi chulg`ami qismalari qisqa tutashtirilib uning birlamchi chulg`amiga kuchlanish U1 berilsa, transformator qisqa tutashish sharoitida ishlaydi va tez ishdan chiqadi. Bunda iste’molchining qarshiligi zn = 0 bo`lgani uchun ikkilamchi chulg`am toki I2 juda katta bo`ladi. Ikkilamchi chulg`am kuchlanishi esa U2 = I2 . zp = 0 bo`ladi. Transformator bunday sharoitda ishlay olmaydi. Chunki bu sharoitda birlamchi va ikkilamchi chulg`am toklari ularning nominal qiymatlaridan 8 ... 25 baravar yoki undan ortiq ko`payib ketadi. Qisqa tutashish sharoitida birlamchi va ikkilamchi chulg`amdan o`tadigan toklar qisqa tutashish toklari deyiladi va I1q, I2q bilai belgilanadi. Katta qisqa tutashish toklari chulg`amlarni tez qizdirib yuboradi. ularning izolyatsiyalarini buzadi. Bundan tashqari, qisqa tutashish toklari chulg`amlarda shunday elektrodinamik kuchlar hosil qiladiki, bu kuchlar ta’sirida transformator buziladi va hatto portlab ketishi ham mumkin. Nominal kuchlanishda qisqa tutashish tokining qiymati:

bilan aniqlanadi.
Bu yerda Uk%qisqa tutashish kuchlanishi.
Shuning uchun har bir transformator boshida ancha mustahkam va pishiq tayyorlanishi lozim. Shu bilan birga ishlatilayotganda chulg`amlarda tokning ko`payib keti shidan, ya’ni qisqa. tutashish toklaridan saqlash uchun transformatorlar maxsus sezgir saqlagich apparatlar bilan jihozlanishi lozim. Sezgir saqlagich apparatlar qisqa tutashish sharoiti vujudga kelishi bilan transformatorni elektr tarmog`idan juda qisqa (0,5 s va undan ham kam)

vaqt ichida uzib qo`yadi va uni buzilishdan saqlaydi. Agar saqlagich apparatlar ishlamay qolsa, transformator butunlay ishdan chiqadi. Shunday qilib, qisqa tutashish sharoiti transformator uchun juda xavfli avariya sharoitidir.

3- MA’RUZA



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin