O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


-MA’RUZA MAXSUS TRANSFORMATORLAR



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə41/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73
0 умумлаштирилган

5-MA’RUZA
MAXSUS TRANSFORMATORLAR

Payvandlash transformatorlari
Payvandlash transformatorlari payvandlashning turiga qarab turli konstruktsiyada tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida payvandlash qurilmalarida ishlatiladi. Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki chulg`amli transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi chulg`amning qisqa tutashish sharoitida ishlashi normal sharoit xisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini kamaytirish maqsadida chulg`amlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash transformatorlarining quvvat koeffitsiyenti kichkina bo`ladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun bunday transformatorlarda maxsus konstruktsiyadagi chulg`am yoki ikkilamchi chulg`am zanjiriga qo`shimcha induktiv qarshilik ulanadi. Chulg`amning induktiv qarshiligini kattalashtirish uchun sochilma oqim qiymatini kattalashtirish lozim. Buning uchun chulg`am o`zakning ikkita yoki bitta sterjenida turli balandlikda o`rnatiladi. Magnit o`tkazgichda magnit shuntlarni qo`llash ham sochilma oqimni va chulg`amning induktiv qarshiligini ancha oshiradi (6.1–rasm, a).
Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg`amining kuchlanishi 60 . . .70 V va nominal yuklama bilan ishlaganda 30 V bo`ladi. Elektr yoyning uzluksiz va turg`un yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli o`zg`armasligi, induktivlik esa ancha o`zgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash uchun transformatornnng ikkilamchi chulg`amiga magnit o`tkazgichli induktiv g`altak ketma–ket ulanadi (6.1.–rasm, b). Payvandlash toki induktiv g`altakning reaktiv qarshiligini o`zgartirib rostlanadi. Tok qiymati elektrod diametriga qarab tanlanadi. Induk–tiv g`altakning o`zagi qo`zg`almas va qo`zg`aluvchan qismlardan iborat. G`altakning reaktiv qarshiligi uning ko`zg`almas va qo`zg`aluvchan o`zaklari orasidagi masofaga bog`liq bo`ladi.

Havo oralig`i (δ) katta bo`lsa, g`altakning reaktiv qarshiligi kamayadi, zanjirda tok qiymati oshadi va aksincha. Havo oralig`ini o`zgartirib zanjirda payvandlash tokini 70 A dan 300 A gacha o`zgartirish mumkin. Payvandlash vaqtida ikkilamchi chulg`am kuchlanishi 30 V gacha kamanishi mumkin.
Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatni ta’minlashi mumkin, lekin har bir apparat o`zining alohida reaktiv g`altagiga ega bo`lishi kerak. Reaktiv g`altak payvandlash qurilmasining tashqi xarakteristikasini keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (6.1.–rasm, v) Amalda induktiv g`altak transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham mumkin. Turli sohalarda STE–22, STE–34, STN–500 va boshqa markali payvandlash transformatorlari keng ishlatiladi. STE–34 markali payvandlash transformatorining texnik ta’rifi quyidagicha: Rn=30 kVA; U1/U2 = 220/60 V; I1/I2=147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; o`zak markasi E41 = 0,5; FIK 93%; tok zichligi 3,2 A/mm2. Induktiv g`altakniki: kuchlanishi 50 V, po`lat markasi 341-0,5; tok zichligi 3,48 A/mm2.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin