O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


-MA’RUZA O`ZGARUVChAN TOK MAShINALARI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə43/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73
0 умумлаштирилган

6-MA’RUZA
O`ZGARUVChAN TOK MAShINALARI
O`zgaruvchan tok elektr mashinalari sinusoidal o`zgaruvchan tokda ishlashga mo`ljallab tayyorlanadi. O`zgaruvchan tok elektr mashinalarining (sinxron va asinxron mashinalarning) ishlash printsipi uchta chulg`amdan uch fazali tok o`tganda aylanma magnit maydonining hosil bo`lishiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularning nazariyasida umumiylik ko`p. Hozirgi vaqtda uch fazali o`zgaruvchan tok mashinalari juda keng ishlatilmoqda. O`zgaruvchan tok elektr mashinalari uch gruppaga bo`linadi: a) kollektorsiz asinxron mashinalar; b) kollektorli asinxron mashinalar; v) sinxron mashinalar.
O`zgaruvchan tok elektr mashinalari asosan ikki qismdan iborat bo`ladi: qo`zg`almas qism - stator; aylanadigan qism - rotor. Stator va rotor orasida havo oralig`i bo`ladi. Bu oraliq sinxron mashinalarda nisbatan kattaroq, asinxron mashinalarda kichkina (masalan, 0,2...3 mm) bo`ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi deyarli bir xil; lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan har xil bo`ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar juda keng ishlatiladi. Uch fazali mashinalar statorida uchta chulg`am; bir fazali mashinalarda esa bitta chulg`am bo`ladi. Sinxron va asinxron mashinalarning statorida joylashgan uch fazali chulg`amdan uch fazali tok o`tganda statorda aylanuvchan aylanma) magnit maydoni hosil bo`ladi. Sinxron mashinalarda rotorning aylanish tezligi (aylanish chastotasi) aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng, ya’ni rotor va aylanma magnit maydoni sinxron aylanadi. Bunday mashinalar sinxron mashinalar deyiladi. Sinxron mashinalar asosan o`zgaruvchan tok generatorlari sifatida ishlatiladi va ular turli xil elektr stantsiyalarida o`rnatiladi. Lekin sinxron mashinalar sinxron dvigatellar sifatida ham keng qo`llanadi.
Asinxron mashinalarda rotorining aylanish chastotasi aylanma magnit maydonining aylanish chastotasiga teng bo`lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi. Bunday mashinalar asinxron mashinalar deyiladi. Asinxron mashinalar asosan dvigatellar sifatida ishlatiladi. Xalq xo`jaligining turli sohalarida millionlab asinxron dvngatellar turli mexanizmlarni harakatga keltirmoqda. Umuman, sinxron va asinxron mashinalar generator sifatida ham, dvigatelь sifatida ham ishlay oladi. Bundan tashqari, sinxron mashinalar sinxron kompensatorlar sifatida; asinxron mashinalar esa elektromagnit tormoz va chastota o`zgartiruvchi mashina sifatida ishlatiladi.
O`zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo`lganligi sababli ular alohida gruppani tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar ko`proq dvigatelь sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash printsipi o`zgarmas tok mashinalarining ish printsipiga yaqin. O`zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi. Asinxron va sinxron mashinalar haqida keyinroq mufassal to`xtalamiz, avval o`zgaruvchan tok mashinalariga oid umumiy masalalar haqida gapirib o`tamiz.
Elektr mashinalarning ferromagnit o`zagi (magnit o`tkazgichi) va chulg`amlari uning asosiy aktiv qismlaridir. Qolganlari mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini ta’minlovchi konstruktiv qismlardir.
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo`ladi. Bunday mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po`lat plastinkalaridan yig`ilgan pulat o`zakdan iborat. Po`lat o`zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20° siljigan, uchta chulg`am o`rnatilgan. Bir fazali mashinalar statorida bitta chulg`am bo`ladi. Asinxron va sinxron mashinalarda stator chulg`amini, odatda, yakorь chulg`ami deyiladi.

7- MA’RUZA



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin