O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


TRANSFORMATOR ChULG`AMLARINI ULASh GURUXLARI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə39/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
0 умумлаштирилган

TRANSFORMATOR ChULG`AMLARINI ULASh GURUXLARI.
Uch fazali uch sterjenli transformatorda ayrim fazalarning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari bitta sterjenga o`raladi. Uch fazali transformatorda uchta birlamchi (yuqori kuchlanish) va uchta ikkilamchi (past kuchlanish) chulg`am bo`ladi. Yuqori kuchlanish chulg`amlarining bosh uchlari “A”, “V”, “S” va oxirgi uchlari “X”, “U”, “Z” harflari bilan, past kuchlanish chulg`amlarining bosh uchlari “a”, “v”, “s” va oxirgi uchlari esa “x”, “u”, “z” harflari bilan belgilanady (5.1– rasm). Agar transformator uch chulg`amli bo`lsa, uning o`rtacha kuchlanish chulg`amlarining bosh uchlari At, Vt, St va oxirgi uchlari Xt, Ut, Zt harflari bilan belgilanadi. Uch fazali transformatorning past va yuqori kuchlanish chulg`amlari, asosan ikki xil usulda ulanadi:
a) yulduz usulida (5.1–rasm, a), shartli belgisi: Y
b) uchburchak usulida (5.1–rasm, b), shartli belgisi: A
Agar transformatorning past yoki yuqori kuchlanish chulg`amlari yulduz usulida ulangan bo`lsa va uning neytral nuqtasidan nolь sim tashqi klemmaga chiqarilsa, bu klemma O harfi bilan belgilanadi. Bunday yulduz usulida ulashning shartli belg`isi Y bo`ladi. Uch chulg`amli transformatorda o`rtacha kuchlanishga teg`ishli chulg`amning neytral nuqtasidan chiqarilgan klemma Ot harfi bilan belgilanadi. Uch fazali transformatorning chulg`amlari yulduz usulida ulanganda: bo`lishini va uchburchak usulida ulanganda: bo`lishini esdan chiqarmaslik kerakI. Uch fazali elektr tarmog`ida ishlaydigan uchta bir fazali transformator chulg`amlarining uchlari yuqoridagicha belgilanadi hamda past va yuqori kuchlanish chulg`amlari ko`rsatilgan usullarda ulanadi. Odatda, uch fazali ikki chulg`amli transformatorning yuqori kuchlanish chulg`ami ulanish usulining shartli belgisi kasr suratida, past kuchlanish chulg`amlarining ulanish usulining shartli belgisi kasr maxrajida ko`rsatiladi. Masalan:
Y/Y, Y/ Y, Y/Δ, Δ/Y va hokazo.


Uch fazali transformator chulg`amlarining ulanish usullarini amalda to`g`ri bajarish uchun har bir chulg`amning bosh va oxirgi uchlarini aniq belgilab olish lozim. Uch fazali transformatorlarda chulg`amlarning ulanish usullari texnika–iqtisodiy mulohazalar asosida tanlanadi. Chulg`amlar yulduz usulida ulangan-da chulg`amning o`ramlar soni, uch-burchak usulida ulanishga qaragan-da marta kamroq bo`lishiga erishiladi, chunki bunda Ul= Uf. Kichik quvvatli transformatorlarning chulg`amlari ko`pincha yulduz-yulduz usulida ulanadi. Katta quvvatli transformatorning chulg`amlari odatda, yulduz–uchburchak usulida ulanadi. Bunda yuqori kuchlanish chulg`ami (masalan, yuqori kuchlanishi 35, 110 va 220 kV bo`lganda) yulduz usulida va past kuchlanish chulg`amlari (6,10 kV li) uchburchak usulida ulanadi.
Uch fazali transformatorking transformatsiya koeffitsiyenti, salt ishlash sharoitida, asosan birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar faza kuchlanishlarining nisbati bilan aniqlanadi:
(5-1)
Umuman, uch fazali transformatortsing transformatsiya koeffitsiyentini ikki usulda aniqlash mumkin: a) fazali transformatsii koeffitsiyenti: yuqori kuchlanish chulg`amining faza kuchlanishini past kuchlanish chulg`ami faza kuchlanishiga nisbati yoki yuqori va past kuchlanish chulg`amlarining o`ramlari soni nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:

b) salt ishlash sharoitida yuqori va past kuchlanish chulg`amlari liniya kuchlanishlarining nisbati bilan ham aniqlash mumkin, ya’ni

Y/Y va Δ/Δ ulanish sxemalari uchun fazali kuchlatsishlar bo`yicha va liniya kuchlanishlari bo`yicha transformatsiya koeffidiyentlari o`zaro teng, ya’ni: Kl = Kf.
Y/Δ ulanish sxemasi uchun Kl = Kf va Δ/Y sxemasi uchun bo`ladi.
Bir fazali transformatorning turli ish sharoitlari (masalan, salt ishlashi va yuklama bilan ishlashi) uchun qurilgan vektor diagrammalarda transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarida hosil bo`ladigan Ye1 va Ye2 EYuK lar vektorlarining yo`nalishi bir xil deb olingan edi. Haqiqatda esa ular yo bir tomonga yoki qarama–qarshi tomonga yo`nalgan bo`ladi. Ularning qanday yo`nalganligi transformator chulg`amlarining ulanish gruppalari bilan aniqlanadi.
Bir va uch fazali transformator chulg`amlarining ulanish gruppasi yoki Ė1 va Ė2 vektorlarning bir–biriga nisbatan qanday yo`nalganligi birinchidan, birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarni o`rash yo`nalishiga; ikkinchidan, chulg`amlarning bosh va oxirgi uchlarini (qismlarini) qanday belgilanishiga bog`liqdir.
Oldin bir fazali transformator chulg`amlarining ulanish gruppasini aniqlaymiz. Agar bir transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari sterjenlarga bir xil yo`nalishda o`ralsa va ularning bosh va oxirgi uchlari bir xilda ifodalansa (5.2.–rasm, a), EYuK lar Ye1 va Ye2 ning vektorlari bir tomonga yo`nalgan bo`ladi, ya’ni ular orasida siljish burchagi nolga teng. Agar transformatorning ikkilamchi chulg`ami uning birlamchi chulg`amiga nisbatan teskari tomonga o`ralsa yoki ikkilamchi chul–g`am uchlari teskari ifodalansa (masalan, bosh uchi «x» bilan; oxirgi uchi «a» bilan), Ye1 va Ye2 vektorlar qarama–qarshi yo`na- ladi, ya’ni vektorlar orasida siljish burchagi 180° bo`ladi (5.2.–rasm, b).


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin